Международный научный журнал № 7 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
916
❖
musiqaviy qobiliyat, musiqaga emotsional munosabat, musiqani tinglay bilish,
ritmni his etish malakalarini shakllantirish.
❖ bolalarda musiqa hamda ashula aytish, ritmika, bolalar musiqa asboblarini chalish
faoliyatlarida eng oddiy ijrochilik malakalarini shakllantirish.
❖ umumiy musiqa qobiliyati, individual qobiliyatlar, ashulachilik ovozi va
harakatlarning ifodaliligini o‘stirish.
Musiqiy tarbiya vazifalari:
1. Musiqaga muhabbat va qiziqishni o‘stirish.
2. Bolalarning musiqiy tajribasini boyitish (musiqiy asarlar asosida).
3. Bolalarni oddiy musiqiy tushunchalar
bilan tanishtirish, musiqa tinglash, kuylash,
musiqiy ritmikasi borasida malakalarni rivojlantirish.
4. Bolalarda emotsional hisni shakllantirish. Ularda lad hissi, ritm tuyg‘usini o‘stirish.
5. Musiqiy didni o‘stirish (musiqiy taassurotlar asosida).
6. Bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish (barcha faoliyatlar asosida).
Musiqiy asarlar bolalarning psixologik xususiyatlarini, ularning qiziqishlari va
dunyoqarashlarini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Maktabgacha bo‘lgan davr
psixologiyada ilk bolalik davri deb yuritiladi hamda bolalikning eng go‘zal va esda qoladigan
damlarini o‘z ichiga oladi.
Musiqa tarbiyasi bolalar bog‘chasi va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida umumiy
fanlar tarkibida o‘qitiladi. Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga
musiqiy-estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo‘yadi: –
bolalarni tabiat
go‘zalliklarini, badiiy asarlarni idrok etish; – estetik did va hissiyotni shakllantirish; –
hayotda go‘zallik tushunchasini to‘liqligicha anglashni o‘rgatish; – bolalarga badiiy
ijodkorlikni shakllantirish; – bolalarda go‘zallikni o‘z hayotlariga, o‘z
faoliyatlariga olib
kirish. Uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim muhim o‘rin egallaydi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ahamiyati uzluksiz ta’limning
oldingi bosqichi sifatida muhim rol o‘ynamoqda. Shuning uchun har bir fanning alohida
o‘qitilish ahamiyati oshib bormoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir mashg’ulotning asosiy vazifasi bolalarni
fikrlash va o‘ylashga o‘rgatishdir. Musiqa san’atining ahamiyati musiqa shunday san’at
turiki, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi
aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar
qalbida turli-tuman kechinmalar uyg’otishining o‘zini bir mo‘jiza deb atash mumkin.
Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Inson shaxsini
shakllantiruvchi yetakchi omillardan biri – ta’lim-tarbiyadir. Estetik tarbiya esa uning
tarkibiy qismi sifatida go‘zallikning
mohiyati, estetik va axloqiy hissiyotlarning birligi,
san’atning xalqchilligi to‘g‘risidagi ta’limotga suyanib, bolalarning ob’yektiv dunyo haqidagi
bilimini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, ijodiy qobiliyatini va iste’dodini o‘stiradi hamda
ularda yuksak ma’naviy fazilatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Odatda, estetik
Международный научный журнал № 7 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
917
tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his-tuyg‘u va fikrlarni rivojlantirish, go‘zallikni ko‘ra
bilish va ulardan
zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi.
Aslida estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari bu bilan chegaralanib qolmaydi.
Bolalarni go‘zallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kulfatni anglash va ko‘ra
bilishga o‘rgatadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror topishiga xizmat
qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, histuyg‘ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga,
dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulqatvoriga ta’sir o‘tkazadi.
Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish tug’risidagi masalaga to’xtaymiz. Idrok san’ati
o’zidan keyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi, musiqa san’ati
asarlarini tushunish
masalasi o’zidan o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak. Musiqa asarlarini
idrok etish hissiyotidan boshlanadi.
Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu
holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo’lishidir.
Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.
Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:
1. Musiqa materialini ajratib olish.
2. Tarbiya va ta’lim metodlarini sistemalashtirish.
3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish.
4. Musiqa asarlarining turli-tuman namunalaridan foydalanish.
5. Musiqa asarining obrazlar soni va formasiga qarab asta-sekin murakkablashib
borish.
Estetik va emotsional muhit musiqa olamida bolaga emotsional qulayliklar yaratib,
undagi ijodga bo‘lgan qiziqishni shakllantiradi. Biroq, musiqiy muhitning samaradorligi
faqat tashqi sharoitlargagina bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki bola musiqiy rivojlanishini
tartibga
soluvchi muloqot, musiqiy-nazariy hamda psixologik bilimlarga ham bog‘liqdir.