Международный научный журнал № 7 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
920
bir kuyni ijro etaman, kayfiyatini aniqlang. («Masxarabozlar» kuyi ijro etiladi). Bolalar: — Bu
kuy quvnoq, sho‘x ekan. Musiqa rahbari: — To‘g‘ri, quvnoq kayfiyat, sho‘x ohangga ega. Bu
kuyga qanday harakat qilsa bo‘ladi? Bolalar: — Bu kuyga o‘ynasa, sakrasa boladi. Musiqa
rahbari: — To‘g‘ri, shuning uchun ham bu kuyning nomi «Masxarabozlar». Masxarabozlar
kimlar, ulami qayerda ko‘rgansiz? Bolalar: — Masxarabozlarni sirkda, xalq sayillarida
ko‘rganmiz. Ular odamlami kuldiradilar. Musiqa rahbari: — To‘g‘ri, mana ular (rasm yoki
o‘yinchoqlari ko‘rsatiladi). Bolalar, kuyni yana bir marotaba tinglang. (Ijro). Endi yana
qo‘shiq kuylab beraman. Uning nima haqida ekanligini aytib berasiz. (Ijro). Bolalar: — G
‘ozlar va bolalar haqida. Musiqa rahbari: — To‘g‘ri. Bolalar, kuyning yo‘nalishiga qarab
qo‘llaringiz bilan harakatni ko'rsatasiz («g‘oq-g‘oq» so‘zlariga qo‘l bilan ko‘rsatib, sof
ovozda aniq kuylab beradilar). Musiqa rahbari: — Hozir qo‘shig‘imizni eshitasiz. «Bolalar va
g‘ozlar» (Bolalar qo‘shiqning kirish qismidan nomini topib aytadilar). Endi shu qo‘shiq
kuyiga ovoz sozlaymiz. Musiqa rahbari: — Endi sizlarga 2- qo‘shiqni ijro etib beraman.
Uning nomi «Aziz bo‘ston — O’zbekiston*. Bu qo‘shiqning musiqasini kompozitor Dilorom
Omonullayeva, she’rini esa shoir Mirpo‘lat Mirzo yozgan. O’zbekiston nima uchun
bo‘stonga qiyoslanadi? Bolalar: — Chunki O’zbekistonda bog‘lar, dalalar ko‘p. Musiqa
rahbari: — O’zbekiston kimning Vatani? Buyuk bobolarimiz kimlar? Bolalar: — O’zbekiston
— bizning Vatanimiz, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Amir Temur, Navoiy, Ulug‘bek, Boburlar
bizlarninig bobolarimizdir. Musiqa rahbari: — Endi shu qo‘shiqni dildan kuylashni
o‘rganamiz. (Ijro). Mana, yangi qo‘shiqni ham ijro etdik. Bu qo‘shiq sizlarga yoqdimi? 80
Musiqa rahbari qo'shiq so'zlarini ohang ritmida o'rgatadi, o‘ng qo'lda kuyini chalib, chap
qo‘lda dirijorlik qiladi. Bolalar qo'shiqni naqarotidan boshlab kuylaydilar. Musiqa rahbari:
— Bolalar, o'rningizdan marsh ostida turib, juftingiz bilan yonmayon turasiz. Raqsimizni
boshlaymiz. Bugun yangi harakatni bajaramiz. Uning nomi «Arqonni tort» («Andijon
polkasi») kuyi (qizlar qo‘llarini yonga, o‘ngga, chapga qarab silkitadilar). Musiqa rahbari: —
Doira shaklini saqlagan holda «Kim chaqqon?» o'yinini o'ynaymiz («Yugurish». S.Abramova
musiqasi). O’yin sharti: Bolalar doira hosil qilib chapak chalib turadilar. Bitta bola doira
ichida (qo‘lida bubencha yoki dastro‘mol) musiqaga mos harakat bajaradi (marsh, raqs,
yugurish). Musiqa to‘xtashi bilan bola ham to‘xtaydi. Doiradagi 2 ta bola doira tashqarisiga
chiqib, qarama-qarshi tomonga yugurishi va o‘z joyiga birinchi bo‘lib yetib kelishi kerak.
Musiqaga mos ritmni his etib harakatlanish talab etiladi