Международный научный журнал № 7 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
922
- -Bolalarda go’zallikni o’z hayotlariga, o’z faoliyatlariga olib kirishni o’rgatish va
hokazo.”
Bundan kelib chiqib, maktabgacha ta'limda musiqaga oid bir nechta vazifa belgilab
olingan.
1. Bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish.
2. Bolalarni ashula aytish va musiqaviy-ritmik malakalarga o’rgantish. Ularda musiqani
qabul qilish, his etish va tushunish qobiliyatlarini tarbiyalash.
3. bolada badiiy va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish”
Maktabgacha ta’limda musiqa mashg’ulotlarini olib borishda musiqa tinglash orqali
bolada musiqaning mazmunini tushinishga o’rgatish mumkin. Musiqiy-ritmik harakatlarni
bajarish oddiy qo’l, oyoq harakatlaridan boshlab o’rgatiladi. Bu orqali ilk musiqiy ritmik
ko’nikmalarni hosil qilishga erishish mumkin. Kuylash asosan, jamoaviy tarzda olib borilib,
kuylash jarayonida to’g’ri nafas olish, musiqiy cholg’uga jo’r bo’lish kompetensiyalarini
bolalarda rivojlantiradi.
Bog’cha yoshidagi bolalar kuylash bilan birgalikda qo’shiq mazmunini yanada
yaxshiroq tushunishlari uchun so’zlarga mos harakatlar bajarishi maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyada musiqa mashg’ulotlari jarayonida bolalarni musiqiy
cholg’ular bilan tanishtirib borish ham yo’lga qo’yilishi zarur. Bola kichik yoshidanoq butun
umri davomida kerakli bo’ladigan bilim, ko’nikmalarga ega bo’lib borar ekan, maktabgacha
ta’lim va tarbiyada musiqa madaniyati bola ma’naviyati, tasavvur dunyosining
shakllanishida yetakchi o’rin egallaydi. Ta’lim tizimining bu bo’g’inida musiqa tarbiyasining
qay tarzda yo’lga qo’yilganligi esa, ertangi avlod axloqiy tarbiyasi, estetikasi, ma’naviyat-u
madaniyatini belgilab beradigan omillardan bo’lib qolaveradi.