Talabalar bilimini baholashda umumiy qoidalar




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/158
Sana10.02.2024
Hajmi6,3 Mb.
#154089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158
Bog'liq
33740 Strategik boshqaruv

 Talabalar bilimini baholashda umumiy qoidalar 
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 
Yakuniy nazorat, Fizika matematika fakulteti fakultet dekani tomonidan ishlab 
chiqilgan (o’quv ishlari bo’yicha prorektor tasdiqlagan) Yakuniy nazorat turlarini 
o’tkazish jadvaliga muvofiq o’tkaziladi. 
Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning 
bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi 
tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi 
yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan nazorat turlarini o’tkazilish 
tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o’tkazilgan nazorat turlarining natijalari 
bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o’tkazilishi mumkin. 
Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar 
oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishlari shart.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» 
(qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. 
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi 
bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor 
hisoblanadi. 
Talaba uzrli sabablarga ko’ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan 
taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining 
farmoyishi asosida ruxsat beriladi. 
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan 
o’ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya 
tarkibi tegishli fan bo’yicha professor-o’qituvchi va soha mutaxassislari orasidan 
shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o’tkazish va talabani 
baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Berilgan muddat davomida mavjud bo’lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba 
bo’yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig’ini, 
filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) 
buyrug’i asosida kursdan qoldiriladi.
Talaba baholash natijasidan norozi bo’lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon 
qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba 
tomonidan berilgan apellyatsiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan 
Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko’rib chiqiladi. Talabaning 
apellyatsiyasini ko’rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. Apellyatsiya 


12 
komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqib, uning natijasi bo’yicha ushbu 
semestrda fanni o’zlashtirgani yoki o’zlashtira olmagani ko’rsatilib qaror qabul 
qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini ta’minlaydi. 
Nazorat turi bo’yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud 
«5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo’l 
qo’yilmaydi.

Download 6,3 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalar bilimini baholashda umumiy qoidalar

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish