125
II BOB
RAQAMLI AVTOMATIKA ASOSLARI
§ 10. AVTOMATIKANING FUNKSIONAL ELEMENTLARI
§ 10.1. Umumiy tushunchalar
Raqamli o‘lchash asboblarini (RO’A) o‘lchash deganda qiymatini avtomatik
ravishda aylantirish va kodlash nushuniladi.
RO’A ko‘rsatishlari raqamli shaklda taqdim yetiladi. Analog o‘lchash asbobi
(AO’A) dan farqli o‘laroq RO’Ada o‘lchanayotgan kvantlash amallari qiymat darajasi
bo‘yicha, uni vaqt bo‘yicha
diskretlash
va kodlash albatta amalga oshiriladi (10.1-
rasm).
10.1-rasm. RO’A umumlashgan struktura sxemasi
O’lchangan analog qiymat x(t) birlashtiruvchi o‘lchash o‘zgartirgich (BO’O’)
uzatiladi, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi: bo‘luvchi, kuchaytirgich, to‘g‘rilagich,
filtrlar, lineyka o‘zgartirgichlar va hokazolar.
Me’yorlangan analog signal y(t) daraja va vaqt x(t) bo‘yicha kvantlash
operatsiyalarini bajaruvchi analog-raqamli o‘zgartirgich (ARO’) ga kiritiladi, u o‘z
navbatida x(t) ni vaqt va daraja bo‘yicha kvantlash operatsiyasini bajaradi, va x(t) ni
o‘lchagich M taqqoslb natijalarni kodlaydi.
Bu holda chiqishda diskret DC signali hosil bo‘ladi, u raqamli axborot ko‘rsatish
qurilmasida (RAKQ) raqamli o‘qish N ga aylanadi yoki kompyuterga kod ko‘rinishida
uzatiladi. Boshqaruv qurilmasi (BQ) kerakli o‘lchash algoritmini amalga oshiradi.