Microsoft Word Avtorefarat Buzrukov òóãðèñè




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/30
Sana30.11.2023
Hajmi3,8 Mb.
#108500
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
8530dde0-c348-4c39-9f95-a9d1e82eafac
19-04 12-38, Reja Xususiy yarim o’tkazgichlar haqida tushunchalar, 3chi snf harakatli o\'yinlar, asad, СЎРОВНОМА — lotinchasi, 1-маъруза кинематика, 9-SINF MONITORING TEST savollari, 8-sinf uzb mavzulashtirilgan testlar, dorixonalar, Fluktuasiya nazariyasi. Termodinamik parametrlarning fluktuasiya-fayllar.org, 3-Budjet hisobi - BHA ўзбек (2), manfaatlar-toqnashuvi 1 (1), videouroki-v-shkole (1), 13610108
 
3-rasm. Dastlabki, oraliq hamda yakuniy nazorat natijalarni solishtirish 
Tajriba
guruhi DN
2021 yil (98)
Nazorat
guruhi DN
2021 yil
(100)
Tajriba
guruhi ON
2022 yil
(102)
Nazorat
guruhi ON
2022 yil (99)
Tajriba
guruhi YN
2023 yil
(106)
Nazorat
guruhi YN
2023 yil
(103)
5 "a'lo"
15
16
22
17
28
15
4 "yaxshi"
28
30
36
32
50
31
3 "qoniqarli"
36
36
32
35
24
38
2 "qoniqarsiz"
19
18
12
15
4
19
15
16
22
17
28
15
28
30
36
32
50
31
36
36
32
35
24
38
19
18
12
15
4
19
0
10
20
30
40
50
60


21 
ekanligi va ularda oʻqitish metodlari turlicha boʻlganligini hisobga olib, 2023 yilda 
erishilgan 11,08 % samaradorlik ma’qullanadi. 
Bu esa tadqiqot ishimiz orqali ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning 
pedagogik nuqtai nazaridan ishonchliligini hamda statistik jihatdan ahamiyatga ega 
boʻlgan 
ijobiy 
natijalarga 
olib 
kelganligini 
tasdiqlaydi. 
Samaradorlik 
(
> 1) 1,16 barobar yoki 11,08 % ga oshganligini koʻrish mumkin.
Oʻtkazilgan tadqiqotlar ilgari surilgan ilmiy farazning toʻgʻri ekanligini 
tasdiqladi. 
XULOSALAR 
Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan ilmiy tahlillar va izlanishlar, taqdim 
etilgan taklif va tavsiyalarni umumlashtirgan hamda ularning samaradorlik darajasini 
baholagan holda quyidagi xulosalarga kelindi: 
1. 
Amalga oshirilgan tadqiqotlar umumta’lim maktab oʻquvchilarida fizik 
tushunchalarni masalalar yechish asosida shakllantirishning mazmuni, shakli, 
metodlari, vosita va texnologiyalarini takomillashtirish zarurligini koʻrsatdi. 
Yuqoridagi holatlar fizika oʻqitishda fizik tushunchalarni masalalar yechish asosida 
shakllantirish imkoniyatlari hamda uning komponentlari, oʻquv-metodik ta’minoti, 
takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishga imkon berdi. 
2. 
Masalalar yechishni tabiiy fanlarda hamda fizika oʻqitishda qoʻllashning 
pedagogik 
imkoniyatlari 
takomillashtirildi, 
oʻquvchilar 
ongida 
masalalar 
yechishning, ahamiyati 
va oʻrni aniqlandi. Tegishli boʻlimlardagi fizik 
tushunchalarni masalalar yechish asosida oʻqitishninig didaktik imkoniyatlari hamda 
ta’lim mazmunini takomillashtirish tamoyillari (bogʻliqlik va reprezentativlik, 
toʻliqlik, izchillik) asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar ilmiy jihatdan asoslab 
berildi. 
3. 
Oʻquvchilarning 
masalalar 
yechish 
haqidagi 
tushunchalarini 
shakllantirish uchun ularning yosh-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda 
turli tipdagi masalalar (matnli, hisoblashga doir, eksperimental, grafik) tanlash va 
yechishga doir misollar keltirildi. 
4. 
Fizika oʻqitishda masalalar yechish darslarini fanlararo bogʻlanish 
asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish, turli predmetlar mazmuni 
oʻrtasidagi oʻzaro moslik va uzviylik ta’minlanishi natijasida oʻqitish samaradorligi 
oshishi tasdiqlandi. 
5. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining fizika darsliklaridagi masalalar yechish 
asosida oʻrganiladigan mavzular tahlil qilinib, mavjud holat aniqlandi, ularning 
mazmuniga masalalar yechish gʻoya va tushunchalar singdirilib, oʻrganilish davri 
mazmun jihatdan moslashtirildi. 
6. Umumiy oʻrta ta’lim maktabida molekulyar fizika va termodinamikaga oid 
masalalar yechish asosida oʻqitishni samarali ekanligi koʻrsatib berildi va ularni 
amalda qoʻllash metodikasi moduli ishlab chiqildi. 
7. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida fizika oʻqitishda turli tipdagi masalalarni 


22 
yechish metodi orqali fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishni uchun takliflar va 
milliy dastur va oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda xizmat qildi. 
8. 
Oʻquvchilarda 
fizikadan 
masalalar 
yechish 
asosida 
fanga 
oid 
kompetensiyalarni shakllantirish metodini takomillashtirish amaliyotga joriy etilishi 
natijasida oʻquvchilarda oʻzlashtirish samaradorligi 11,08 % ga ortganligi matematik-
statistik tahlil metodi yordamida aniqlandi.
TAVSIYALAR 
1. 
Oʻquvchilarda fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid 
kompetensiyalarni tanlash darsning didaktik maqsadlaridan kelib chiqqan holda 
amalga oshirish. 
2. 
Oʻquvchilarda fizikadan masalalar yechish asosida fizik tushuncha va 
qonuniyatlarni fanlararo aloqadorlik asosida oʻqitish metodikasini takomillashtirish. 
3. 
Oʻquvchilarning turli tipdagi masalalar yechish va tasavvurlarini 
kengaytirish uchun koʻrgazmali dasturiy-pedagogik vositalar va jixozlarni ishlab 
chiqishda aniqligi hamda texnik sifatiga e’tibor qaratish. Oʻquvchilarning 
kompetentlikka oid kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish uchun dars va 
darsdan tashqari toʻgarak mashgʻulotlarida ham fanlararo bogʻlanishni inobatga olish. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word Avtorefarat Buzrukov òóãðèñè

Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish