Microsoft Word oqcharloq ziyouz com doc




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana13.06.2024
Hajmi98,91 Kb.
#263246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
barchasi barham topsa, koshkiydi. 
Jonatan suvga chuqurroq sho‘ng‘idi va shu tobda ich-ichidan g‘alati bir ovoz jarangladi: 
«Barchasi bekor. Men — oqcharloqman. Qismatim — imkoniyatimning cheklanganidan. 
Tez uchishni va parvoz san’atini mukammal egallashim uchun, aslida, tug‘ilganimdayoq 
tanam shunga mos sifatlarga ega bo‘lishi lozim edi va o‘shanda aqlim ham shuni taqozo 
etadigan darajada ishlardi. Tez uchish uchun qirg‘iyning qanotlari zarur, menda esa
bunday qanotlar yo‘q. Men, qaynoq qumdagi kalamushlar bilan emas, suvdagi sovuq 
baliqlar bilan oziqlanaman. Otamning aytgan gaplari to‘g‘ri. Bu befoyda mashg‘ulotlarni 
bas qilish kerak. Uyga qaytay — Galaga — va tirik yurganimga, borligimga shukr qilib 
yuraveray. Axir, men — bir notavon oqcharloqman, imkoniyatlarim cheklangan va men 
bunga tan berishim lozim». 
Ovoz o‘chdi. Jonatan rozi bo‘ldi. Tunda oqcharloqning qo‘nalg‘asi — qirg‘oqda. U o‘ziga 
va’da berdi: shu daqiqadan e’tiboran u oddiy oqcharloqday yashay boshlaydi. Shunday 
qilsa, bu barchaga ma’qul ish bo‘ladi. 
Jonatan holsiz suv betiga tayanib zo‘rg‘a ko‘tarilib olib, qirg‘oq tomon ucharkan, kam 
kuch sarflab pastlab uchishni o‘rganib olgani uchun taqdiriga shukr qildi. 
«Ammo endi, — o‘yladi u, — baribir, mashqlarni butkul yig‘ishtiraman. Nimaki bilgan, 
o‘rgangan bo‘lsam barisi — tugadi, unutaman endi. Oqcharloqdan qirg‘iy chiqmaydi, 
men kimman — oddiy hamma qatori bir oqcharloqman. Va hamma qatori tinchgina 
uchib-qo‘nib yuraveraman endi.» 
Shunday o‘ylar bilan Jonatan, og‘riqqa bardosh berib, amallab yuz fut ko‘tarildi. 
Qanotlarini og‘ir silkigancha qirg‘oqqa yo‘l oldi. 
Endi To‘daga — oqcharloqlar qatoriga qo‘shilib, ular kabi yashashga qaror qilganidan 
vujudida yengillikni his etdi. Bu qarori bilan u uchish ilmini egallashga o‘zini tobe qilib 
qo‘ygan Kuchga bog‘langan rishtalarni uzgan edi. Shu tariqa, kurashlardan ham, 
mag‘lubiyat alamlaridan ham biryo‘la qutilgan edi. O‘ylamay, bosh qotirmay shunchaki 
yashash istagi, tun qo‘ynida uzoq qirg‘oq ortida jilvalangan gulxanga talpinib jimgina 
uchish unga huzur bag‘ishladi. 
— Zulmat! — tuyqusdan yangragan tashvishli ovoz sukunatni buzib yubordi. — 
Oqcharloqlar tunda uchmaydi! Hech qachon! 
Negadir Jonatan ovozga zarracha e’tibor ham qilmadi. Bunga uning holi yo‘q edi. 
— Biroq shunday bo‘lgani yaxshi! — o‘yladi u. — To‘lin oy, qirg‘oqdagi gulxanlar
jimirlagan suv betida yo‘l ko‘rsatib—belgi berib turgan shu’lalar... Tinch-osuda, 
xotirjam... Juda yaxshi! 
— Darhol qirg‘oqqa tush! Hech qachon oqcharloqlar qorong‘u zulmatda uchgan emas! 
Bunga tug‘ma qobiliyat kerak! Boyqushning ko‘zlari, qirg‘iyning kalta qanotlari kerak!
Tuyqusdan tunda, yuz fut tepada Jonatanga g‘oyibdan eshitildi bu ovoz. Va vujudidagi 
og‘riqlar, haligina ont ichib kelgan qat’i qarori — barisi, go‘yo hech qachon 
bo‘lmagandek, zumda yo‘qoldi. 
Mana, parvozning siri qaerda! «Qirg‘iyning kalta qanotlari! Jumboqqa javob — shu! Shu 
qadar ahmoq bo‘lmasam men! Axir, qanotni kaltaroq qilolsam kifoya edi-ku! Buning 
uchun qanotlarni yig‘ib olib, faqat dum qismini yoyiq holda tutib harakatlanish kerak edi, 
xolos. Kalta qanotlar — shu-da!» 
Borliqni unitib, na o‘lim va na mag‘lubiyatni o‘ylab, Jonatan shu zumdayoq tungi 
qoramtir dengiz uzra ikki ming fut osmonga ko‘tarildi, qanotlarining keng-mo‘l qismlarini 
badaniga mahkam yig‘ib-bosib, faqat yoysimon uchqur dumini bostirib kelayotgan havo 
oqimiga qarshi yoydi va quyiga tik tashladi. 
Boshida shamolning vahimali guvillashi... Soatiga yetmish mil, to‘qson, bir yuz yigirma... 
Tezlik muntazam oshib borayotir! Soatiga bir yuz qirq milga yetdi, bosim esa, yoyilgan 


Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax 

Download 98,91 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish