|
Microsoft Word oqcharloq ziyouz com docBog'liq Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)www.ziyouz.com kutubxonasi
9
hayratlanarli edi — bu oqcharloqlarning qanotlari uchlari bilan Jonatanning qanotlari
uchlari orasidagi bir dyumli oraliq har qanday harakatdan keyin ham hech o‘zgarishsiz
qolardi.
Jonatan bir so‘z demay, ularni sinovga oldi — bu sinovga biror-bir oqcharloqning
bardosh berishi dargumon edi. U qanotlarini shunday bir holatga keltirgan edi, uchish
tezligi keskin tushdi — yana bir milgina shunday uchsa, qulab tushishi tayin edi. Ikkala
qush ham uning harakatini aynan takrorlashdi, biroq Jonatanning harakatiga nisbatan
ularning holatida tirnoqcha o‘zgarish sezilmadi. Ular ohista uchish san’atini ipidan-
ignasigacha egallashgan ko‘rinardi.
Jonatan qanotlarini yig‘ib, o‘zini bir o‘ngga, bir so‘lga tashlab oldi. Va soatiga bir yuz
to‘qson mil tezlikda tuyqusdan quyiga sho‘ng‘idi. Ular ham, safdagi harakat va holatni
to‘la saqlagan ko‘yi, Jonatan bilan bir zayl sho‘ng‘ishdi.
Va nihoyat, Jonatan tezlikni tushirmay, tepadan tik tashlab «ko‘r tugun» usulini amalga
oshirdi. Ikkala qush beg‘araz kulishib, u bilan birday ayni usulni bajarishdi.
— Juda zo‘r-ku! Xo‘sh, sizlar kim bo‘lasizlar?
— Biz — Sening To‘dangdanmiz, Jonatan. Biz — Sening birodarlaring. Seni izlab keldik.
Yuksaklarga ko‘tarilish fursati keldi, endi uyga qaytish vaqti yetdi.
— Mening uyim yo‘q. To‘dam ham yo‘q. Axir, men — Quvg‘indiman. Boz ustiga, hozir biz
Shamollarning Buyuk Cho‘qqisida — eng yuqori nuqtada uchayapmiz. Chamamda,
qartayib qolgan tanamni yana iki-uch yuz futlar tepaga ko‘tarilishga majbur qilolmasam
kerak.
— Uddalaysan. Chunki Sen parvoz ilmini egallading. Bir maktabning sabog‘ini olding,
endi navbatdagisini boshlashing kerak.
Bu madadkor dalda umr bo‘yi uning yo‘lini yo‘lchi yulduzday yoritib keldi, ayni damda
esa yana yaraqlab qalbiga shavq va ishtiyoq nurini soldi. Ular haq gapni aytishdi. U
bundan-da yuksakroqqa ko‘tarila oladi, uyiga ham qaytadi, axir, uyga qaytish fursati
ham haqiqatdan yetgan ko‘rinadi.
U oxirgi marta yer osmoniga va yerning o‘ziga bir qur nazar soldi — bepoyon bir diyor
kumushday tovlanib yotardi. O‘zi juda ko‘p narsalarni o‘rgangan aziz makonga uzoq
tikilib qaradi. Keyin dedi:
— Men tayyorman.
Va ular uchovlon — Oqcharloq Jonatan Livingston va yulduzsifat bir juft qush — shitob
bilan yuqorilab, qorong‘u samo qa’riga singib ketishdi.
IKKINCHI QISM
— Ajabo, Osmonu Falak deganlari shunaqa ekan-da, — o‘yladi u va o‘zining
hayratlanganidan kulgisi qistaganini yashira olmadi. Ehtimol, bepoyon Falakka baho
beradigan nazar bilan qarash endigina uchib kelgan qush uchun odobdan sanalmas.
Yerdan uzoqlashib, uchovlon bir ixcham bo‘g‘in bo‘lib bulutlarni quyida qoldirib tobora
yuqorilab borarkan, Jonatan vujudi shaffoflanib o‘ziga hamroh qushlarning vujudiday nur
tarata boshlaganini ko‘rdi. Shubhasiz, botinida u aslicha qolgan — o‘sha yovqur,
ko‘zlarida olov chaqnab turgan Jonatan, biroq tanasining shaklu shamoyili o‘zgargan edi.
Garchi tani oqcharloqniki esa-da, Jonatanga hozirgiday parvoz hech qachon nasib
etmagandi. «G‘alati-ya, — o‘yladi u, — ikki baravar kam kuch sarflayapmanu, biroq ikki
karra tez uchayapman, Yerda o‘tgan eng omadli damlardan ko‘ra ikki hissa ko‘p
ishlashga kuch topa olayapman!»
Uning patlaridan haroratli nur taralar, qanotlari esa ishlov berilgan kumushday silliq edi.
Jonatan harakatlarining muntazamligini oshira borib, yangi mukammal qanotlar
Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax
|
| |