Microsoft Word oqcharloq ziyouz com doc




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana13.06.2024
Hajmi98,91 Kb.
#263246
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
xosiyatini izchil o‘rganishga kirishdi. 
Tezlikni soatiga ikki yuz ellik milgacha oshirib, Jonatan to‘g‘riga uchish tezligining 
so‘nggi nuqtasiga yeta boshlaganini his etdi. Ikki yuz yetmish uch mil tezlikni olganida 
esa, endi bundan ortiq tez ucholmasligini angladi. Bu uni biroz ranjitdi. Yangilangan 
vujudning imkoniyatlari, har jihatdan afzalligiga qaramay, cheklangan edi. To‘g‘riga 
uchishda Jonatan olgan bu eng yuqori tezlik oldin o‘zi erishgan yutuqlardan ancha yuqori 
edi, biroq baribir oldda to‘siq — devor ko‘ndalang turar, uni yorib o‘tish behad ko‘p kuch 
sarflashni talab etardi. «Ha-ya, — o‘yladi u, — go‘yo osmonda hech qanday to‘siq 
bo‘lmasligi kerakday.» 
Biroq, mana, bulutlar joyidan jilib ora ochildi va uni kuzatib kelgan qushlar havoga 
singishib ketarkan, xayr-xo‘shlashib qichqirishdi: 
— Jonatan, eson-omon qo‘nish nasib etsin! 
U dengiz ustida uchardi, oldinda ko‘rfazlar bilan tilingan qoyali qirg‘oq tasmalari elas-
elas ko‘zga tashlanardi. Oqcharloqlar — ular kamchil edi — qirg‘oqdagi qoyalarni 
bag‘irlab uchib yurardi. Uzoq shimol tarafda — naqd ufqda bir nechta qushning qorasi 
ko‘rinardi. 
«Yangi ufqlar, yangi muammolar, — o‘yladi Jonatan. — Nega qushlar bu qadar oz? Axir, 
Osmonda gala-gala oqcharloqlar bo‘lishi kerak-ku! Nimadan toliqdim — men negadir 
juda qattiq charchabman... Axir, oqcharloqlar Falakka chiqqanda toliqmasligi kerak-ku. 
Uyqulari ham kelmaydi, deyishardi.» 
Qiziq, bu haqda qaerda eshitgan edi? Yerdagi hayoti uning xotirasidan butkul faromush 
bo‘lgan, o‘chib ketgan. Shubhasiz, Yer uning ko‘p narsani o‘rganib bilgan makoni, bilib 
olganlari endi o‘ziniki. Biroq o‘tgan voqealarning tafsilotlari yodida qolmagan — ular 
biror-bir ahamiyatga ega ham emas. Yodida uzuq-yuluq qolgani oqcharloqlarning ozuqa 
talashib tortqilashganlari-yu, o‘zining Quvg‘indiga aylangani... 
Qirg‘oqda mashq qilayotgan oqcharloqlar — ular o‘n choqli edi — unga yaqinlashishdi. 
Biror so‘z aytilmadi, shunga qaramay, Jonatan o‘z qalbida sohir tuyg‘ularni tuydi: ular 
uni xo‘shlashayotir, demak, u qabul qilindi, endi bu makon — uning uyi. Kun esa 
oyoqlayotir, bu kun Jonatan uchun juda barakali va uzundan-uzoq kun bo‘ldi — kunning 
avvali hatto xotirasidan ko‘tarilayozdi. 
Jonatan qirg‘oq tarafga burildi, yerdan bir dyum yuqorilagancha to‘xtamoqchi bo‘lib 
qanotlarini silkidi va qumga ohista qo‘ndi. Boshqa oqcharloqlar ham qo‘nishdi — biroq 
qanot qoqmay, hatto biror pat-parini silkimay turib yerlashishdi. Ular yoyilgan qanotlari 
bilan qarshidan esgan shamolni tutishar va quyiga sho‘ng‘ishning yakunida bir tekis 
ko‘tarilib olishar, keyin qandaydir sezilmas tarzda qanotlarining holatini o‘zgartirishib, 
yerga yetgan daqiqada — ayni nuqtaga aniq qo‘nishardi.
— Mana buni uchishni nazorat qilish desa bo‘ladi! — dedi Jonatan ichida tan berib. — 
Chiroyli qo‘nish! 
O‘zi ham bunga bir urinib ko‘rardi-yu, biroq juda charchadi. Shuning uchun u qo‘ngan 
joyidayoq uyquga ketdi. Hech kim uning oromini buzmadi. 
Keyingi kunlar mobaynida Jonatan bu yangi makonda parvoz san’ati borasida umri bo‘yi 
o‘rganganlaridan ko‘ra ko‘proq ilmni egallashi lozimligini angladi. Bu yerda xuddi o‘zi 
kabi fikrlaydigan oqcharloqlar bor edi. Ularning har birida dildan mehr qo‘ygan 
mashg‘ulotini mukammal egallashga ishtiyoq kuchli edi. Uchishni hamma narsadan ortiq 
ko‘rishar, barisi birday — chindan matonatli qushlar edi. Ular kunning har bir soatini 
osmonda o‘tkazishar, tinimsiz mashq qilishardi. 
Jonatan o‘zi voyaga yetgan muhitni hecham eslamasdi. O‘sha muhitda oqcharloqlar 
To‘dasi — jonzotlar jamoasi istiqomat qilardi. Ular ko‘zlari ochilishini va parvoz zavqini 
ko‘rishni mutlaqo istashmas, shu bois, o‘z qanotlarini qorin to‘yg‘izadigan va ozuqa 


Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax 

Download 98,91 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish