Microsoft Word oqcharloq ziyouz com doc




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana13.06.2024
Hajmi98,91 Kb.
#263246
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
Yoshi bir joyga borganiga qaramay, u kuchdan qolmagan, aksincha — o‘tgan yillar 
mobaynida kuch-g‘ayratda yanada yuksalgan edi. U tengsiz bir san’at bilan parvoz etardi 
va To‘dada u bilan bellasha oladigan jo‘mard topilmasdi. Chiang allaqachon zabt etgan 
mahorat cho‘qqisiga boshqalar yaqinlashishga endigina urinib ko‘rishayotgan edi. 
Ustoz Chiang, bu olam... har qalay, Osmonu Falak emas-ku, to‘g‘rimi? 
Oy nur taratardi. Ulug‘ Ustozning tabassum qilayotgani ko‘rinib turardi. 
— Oqcharloq Jonatan, sen tag‘in bilim olishga kirishayapsan, — javob qildi u. 
Bu yaxshi, biroq bizni oldinda nimalar kutayotir? Biz qayoqqa yo‘l olganmiz? Aftidan, 
Falak deganlari aslida yo‘q joymikan? .
— Sen haqsan, Jonatan, bunday joy chindan ham yo‘q. Zotan, Falak — na makon va na 
zamon — balki bizning o‘zimiz erishgan komilligimizdir.
Biroz jim qolib, Ulug‘ Ustoz beixtiyor so‘radi: 
— Sen juda tez uchasan, to‘g‘rimi? 
— Men... ha, men tezlikni yaxshi ko‘raman, — dedi Jonatan biroz iymanib, biroq Ulug‘ 
Ustoz o‘zining san’atiga e’tibor qaratganidan xiyla g‘ururlandi. 
— Nima ham derdim, demak, sen Falakka chiqa olasan, Jonatan, sen mukammal tezlikni 
egallaganingda shunday bo‘ladi. Mukammal tezlik esa — bu soatiga minglab mil ucha 
olish emas. Million mil uchish ham emas. Bu yorug‘lik tezligi ham emas. Zotan, har 
qanday son mohiyatan chegarani, me’yorni anglatadi, chegara esa har doim cheklab 
qo‘yadi. Komillik chegara nimaligini bilmaydi. Demak, mukammal tezlik, o‘g‘lim, bu — 
borishga taraddudlangan joyingda hozir bo‘lishingdir. 
Shunday deb Chiang g‘oyib bo‘ldi va shu lahzadayoq suv yoqasida — oldin turgan 
joyidan o‘n besh fut narida ko‘rindi. Keyin yana ko‘zdan yo‘qoldi va bir sekundning 
mingdan bir ulushicha fursatda Jonatanning yonida paydo bo‘ldi. 
Bu shunchaki hazil, — dedi u. 
Jonatan hayratda qolgan edi. Osmonu Falakka taalluqli savollar bir zumda unut bo‘ldi. 
— Bu qanday qilinadi? Bu tarzda qancha masofagacha ko‘chib o‘tish mumkin? 
— Xohlagan makonga borish va istalgan zamonga ko‘chib o‘tish mumkin, — javob qildi 
Ulug‘ Ustoz. — Hammasi sening tanlovingga bog‘liq: qaerda hozir bo‘lishni niyat qilgan 
bo‘lsang, o‘sha joyda paydo bo‘lasan. Shu tariqa, makon va zamonda sayohat qilib, men 
o‘zim istagan barcha joylarda xohlagan vaqtimda hozir bo‘ldim.
Chiang dengizga qaradi.
— Qiziq, — deya davom etdi u. — sayohatni afzal ko‘rib komillikka intilishni rad etgan 
oqcharloqlar hech bir manzilga borolmaydi, chunki harakatlari juda sust ularning. 
Aksincha, makonda u yoqdan bu yoqqa uchib-qo‘nib yurishdan voz kechish evaziga 
komillikka erishish yo‘lini tanlaganlar ko‘z ochib yumguncha fursatda o‘zlari xohlagan 
joyda bo‘la olishadi. Demak, Jonatan, yodingda tut: Falak makon va zamonda mavjud 
allaqanday joy emas, zero, bunda joy va vaqt hech qanday ahamiyatga ega emas. Falak 
— bu...
— Menga qara, sen meni shunday uchishga o‘rgata olasanmi? — Jonatan o‘ziga noayon 
olamning yana bir ko‘chasini zabt etish imkoniyati ochilayotganini his etib, sabrsizlikdan 
titrardi. 
— Agar sen o‘rganishni xohlasang, albatta.
— Xohlayman. Qachon boshlaymiz? 
Hoziroq boshlashimiz mumkin, sen e’tiroz bildirmasang. 
— Men shunaqa uchishni o‘rganishni xohlayman, — dedi Jonatan va uning ko‘zlarida o‘t 
chaqnadi. — Ayt, nima qilishim kerak. 
Chiang vazmin ohangda, Jonatandan sinchkov nigohini uzmay gapira boshladi: 
— Fikr tezligida o‘zing xohlagan joyda hozir bo‘lishing uchun sen dastlab o‘sha joyga 


Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax 

Download 98,91 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish