Microsoft Word oqcharloq ziyouz com doc




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/24
Sana13.06.2024
Hajmi98,91 Kb.
#263246
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
yaratgani va hech narsa — na urf-odatlar, na shubha-gumonlar va taqiqlar uni tabiat ato 
etgan ozodligi uchun izza qilolmasligi haqida so‘zlardi. 
— Hatto To‘da Qonuni hammi? — so‘radi oqcharloqlar to‘dasidan bir ovoz. 
— Yagona xolis qonun mavjud — bu ozodlik qonunidir, — javob qildi Jonatan. — 
Boshqacha qonun yo‘q. 
— Xuddi sen kabi parvoz qilishni qanday qilib o‘rganishimiz mumkin? — so‘radi yana bir 
ovoz to‘dadan. — Sen — Yaratganning inoyatiga musharraf bo‘lgan xos qushsan, qolgan 
jamiki qushlardan a’losan... 
— Fletcherni ko‘r! Louellga qara! Charlz-Roland! Judi Li-chi? Ular ham seningcha 
Yaratganning inoyatiga musharraf bo‘lgan xos qushlarmi? Sizlardan ortiq joyi yo‘q 
ularning. Men ham shular qatoriman. Faqat, sizdan farqli o‘laroq, ular o‘zligini tanigan va 
o‘z bilimiga amal qilib yashayotgan qushlar. 
Bu gapdan keyin uning Fletcherdan boshqa shogirdlari bezovtalanib tebranishdi. Chunki 
amalga oshayotgan maqsadlar, Ustozi aytganchalik, oddiy ekaniga hali ular ishona 
olmasdilar. 
Jonatan va uning shogirdlari atrofida yig‘ilayotgan oqcharloqlar soni kun sayin ortib 
borardi. Ular savollar berishar, tahsin aytishar, bazilari malomat qilardi. 
— To‘dada seni yerga tushgan Buyuk Oqcharloqning O‘g‘li bo‘lsa kerak, deyishmoqda, — 
dedi Fletcher ertalabki yuqori tezlikda uchish mashqidan so‘ng Jonatanga, — agar 
bunday bo‘lmasa, u holda, demak, sen o‘z zamoningdan ming yil ilgarilab ketgan 
emishsan. 
Jonatan chuqur nafas oldi. «Tushunmovchilik oqibati bu, — o‘yladi u. — Seni osongina 
shaytonga yo rahmonga chiqarib qo‘yishadi». 
— Xo‘sh, sen nima deb o‘ylaysan, Fletch! Biz o‘z zamonimizdan shunchalik o‘zib 
ketganmizmi? 
Uzoq jimlikdan so‘ng Fletcher ishonchsiz ohangda dedi: 
— Albatta, umuman olganda, hamma davrlarda ham bunday uchishni o‘rgansa bo‘ladi. 
Balki, ehtimol, biz urfga aylanib qolgan uchish usulini ortda qoldirgandirmiz. Biz 
oqcharloqning uchishi haqidagi mavjud tasavvurni inkor etdik. 
— Bu, endi, nisbatan aniqroq javob, — dedi Jonatan qanoti osha ag‘darilib bir muddat 
chalqancha ucharkan. — Baribir bu zamondan o‘zib ketishdan ko‘ra tuzukroq. 
Oradan atigi bir hafta o‘tib, falokat ro‘y berdi. Fletcher yoshlar guruhiga katta tezlikda 
uchish usulini o‘rgatayotgan edi. U yetti ming futlar balandlikdan boshlagan 
sho‘ng‘ishdan endi chiqayotgan — juda katta tezlikda uchib kelayotganda qirg‘oqdan 
endi qanot chiqargan bir palopon onasini yo‘qlab chirqillagancha yo‘liga ko‘ndalang 
bo‘ldi. To‘qnashuvga sanoqli soniyalar qolgan bir vaziyatda Oqcharloq Fletcher Lind 
keskin burilib, o‘zini chapga oldi. Chap tarafda esa... rangdor tosh qoya devorday qad 
rostlab turardi.
Uning ko‘ziga bu qoya o‘zga olamga kiriladigan kattakon metin darvozaga o‘xshab 
ko‘rindi. Dahshat ro‘y berdi, behushlik... va nafasni bo‘g‘adigan darajadagi zulmat... 
Keyin esa notanish osmonda orombaxsh holat... xotiralar, behushlik... yana xotiralar va 
tag‘in—behushlik. Dahshatli qo‘rquv keyin g‘am va afsus-nadomatlar bilan almashdi. 
Afsus-nadomatlarning esa cheki yo‘q edi... 
Aynan o‘sha — Jonatan Livingston ismli oqcharloq bilan dastlab uchrashgan kundagi — 
ovozni eshitdi: 
— Gap shundaki, Fletch, biz o‘z imkoniyatlarimiz sarhadlarini asta-sekin, tartib bilan, 


Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax 

Download 98,91 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish