|
Microsoft Word oqcharloq ziyouz com docBog'liq Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)www.ziyouz.com kutubxonasi
16
tevaragidan charx urib aylanib uchganmishman! Men, axir, shunchaki bir hazil uchun...
Mana, evaziga berishgan tuhfalari — Quvg‘in! Ko‘zlari ochiq basirlar! Miyalarini mog‘or
bosgan — hech nimaning fahmiga borishmaydi! Nahotki chinakam parvozni o‘rgansalar
oldilarida naqadar keng imkoniyatlar ochilishini bir daqiqa o‘ylab ko‘rmaydilar.
Ne bo‘lsa bo‘lar — menga endi baribir. Nima xayolga borishsa borishaversin. Men hali
ularga ko‘rsatib qo‘yaman! Hali ular ko‘zlari moshday ochilib uchishimni, chinakam
parvoz nimaligini ko‘rishadi. Qonundan tashqari, deyishdimi?.. Yaxshi, tashqarida bo‘lsak
bo‘la qolaylik, agar shu bilan ko‘ngillari joyiga tushsa... Biroq ular buning uchun
afsuslanishadi, o‘-ho‘, hali juda qattiq afsuslanishadi!..»
Shunda u qandaydir ovozni eshitdi, bu ovoz uning botinidan kelayotgan edi. G‘oyatda
sokin muloyim ovoz edi... Biroq baribir kutilmagan bu ovozdan Fletcher sarosimalanib
havoda go‘yo ko‘z ilg‘amaydigan to‘siqqa urilganday titrab ketdi.
«Ularni qoralama, Fletcher. Seni quvg‘inga duchor etib, ular faqat o‘zlariga ziyon
yetkazdilar. Va vaqt-soati kelib buni ular anglab yetadilar. Faqat bugina emas — ular,
bugun senga ayon bo‘lgan narsalarni ham tushunadilar. Sen esa, ularni kechirmog‘ing
va ulardan o‘z yordamingni ayamasliging kerak.»
Oqcharloq Fletcherning o‘ng qanoti bilan yonma-yon bir qush uchib kelardi. O‘zidan
ko‘zni qamashtiradigan oppoq nur taratayotgan bu oqcharloq dunyodagi eng shaffof
qush edi. U Fletcherning qavatida kuch ishlatmay bir maromda suzar, birorta patini ham
sermamas, uning uchish tezligi Fletcher o‘zi uchun eng yuksak tezlik hisoblagan
darajada edi.
— Nimalar bo‘layapti?! Men aqldan ozdimmi?! O‘ldimmikan, yo?! Bu kim?!
Ayni damda o‘sha — muloyim va sokin ovoz yana uning behalovat botinidan taraldi. Bu
gal savol talabchan ohangda eshitildi:
— Oqcharloq Fletchir Lind, parvoz qilishni istaysanmi?
— ALBATTA! MYeN PARVOZ QILIShNI ISTAYMAN!
— Oqcharloq Fletcher Lind, sening parvozga ishtiyoqing To‘dani kechirish va so‘ngra bir
kun kelib ular oldiga qaytish hamda ular bilan birga bo‘lib, parvoz ilmini egallashlar
uchun ularga yordam berishing uchun yetarli darajada kuchlimi?
Bu ustozning ovozi edi. Fletcher qanchalik mag‘rur bo‘lmasin va dili qanchalik og‘rigan
bo‘lmasin, bu nurli mavjudotni aldashning hech qanday iloji yo‘qligini bildi. Va u
itoatkorona javob qildi:
— Ha.
— Kelishdik, Fletch, — nurli mavjudotning ovozidan mehr-muhabbat yog‘ilardi, —
demak, mashg‘ulotni to‘g‘riga parvoz qilish san’atini mashq qilishdan boshlaymiz...
UCHINCHI QISM
Uzoq Qoyalar ustida aylanib parvoz etarkan, Jonatan yosh shogirdining uchishini zimdan
kuzatardi. Bu yigit — Oqcharloq Fletcher Lind — favqulodda iqtidorli shogird chiqib qoldi.
U tirishqoq, yengil va harakatchan, shu bilan birga, juda muhim xususiyatga ega —
parvoz san’atini egallashga ishtiyoqi nihoyatda baland.
Ayni damda Fletcher kulrang chaqmoqday shiddat bilan ustozining yonginasidan uchib
o‘tdi. Bu lahzada u soatiga bir yuz ellik mil tezlikda amalga oshirgan tik sho‘ng‘ishdan
chiqayotgan edi. Mana, u o‘n olti marta sekin charxpalak otib uchishni davom ettirdi, har
aylanganida o‘zini o‘nglab, ovozi boricha qichqirib sanashga urinadi:
— ... sakkiz... to‘qqiz... o‘n... Jonatan, qara, tezlikni yo‘qotayapman... o‘n bir... men
xuddi senday... aniq aylanishga erish... o‘n ikki... afsus, qurbim faqat... o‘n uch... bu —
so‘nggi uch aylanish... siz... o‘n to‘rt... a-a-a!!!
Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax
|
| |