|
Microsoft Word oqcharloq ziyouz com docBog'liq Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)www.ziyouz.com kutubxonasi
15
Bu yerga Yoshlar kelishadi — ular ancha yuqorilab ucha olishadi, shu bois, sening
aytganlaringni tushunishga, ko‘rsatganlaringni uqishga qobil.
Salliven biroz jim qoldi, keyin qo‘shimcha qildi:
— Tasavvur qilib ko‘r, agar Chiang o‘z vaqtida bu yerdan ketib, o‘zining eski dunyosiga
qaytganida nima bo‘lardi? Unda sening o‘zing bugun qaerda bo‘larding?
Sallivenning gapida jon bor, shubhasiz, u haq edi. Oqcharloq qancha baland uchsa,
shuncha uzoqni ko‘radi — buni tan olmay iloj yo‘q.
Va Jonatan shu yerda qolib, Yoshlar bilan shug‘ullandi. Ularning barisi g‘oyatda iqtidorli
bo‘lib, bir ko‘rganini ilib-o‘zlashtirib olardi. Biroq unutilayozgan tuyg‘u yana paydo bo‘ldi
va hammasi qaytadan boshlandi: Jonatanni o‘sha yoqda, Yerda ham bilim olishga
mushtoq ikkita yoki hech bo‘lmaganda bitta oqcharloq bor, degan o‘y bezovta qilardi.
Axir, agar o‘zi o‘sha quvg‘inga uchragan kunlarda Chiangga duch kelganida juda ko‘p
narsani bilib olgan bo‘lardi!
Oxir-oqibat Jonatan chiday olmadi:
— Salli, men qaytishim zarurligini sezayapman. Yoshlarni boshqarishda senga
shogirdlaring ko‘maklashar — endi ularning qo‘lidan keladi bu ish.
Salliven xo‘rsindi, biroq e’tiroz bildirmadi. Faqat shunday dedi:
— Menga sening qadring o‘tadi baribir, Jon.
— Salli, uyalmaysanmi! — dedi yozg‘irib Jonatan. — Bo‘lmag‘ur gapni gapirma! Ayt-chi,
marhamat qilib, bu yerda biz kun bo‘yi nima bilan mashg‘ulmiz o‘zi? Agar bizning
birodarligimiz va o‘rtamizdagi ahil aloqa makon va zamon kabi shartlilikka bog‘liq bo‘lsa,
demak, biz o‘zimiz, makon va zamonni yenga olgan paytda — o‘sha daqiqadayoq
do‘stligimiz ham barham toparkan-da! Biroq makondan ustun kelgach, bizning tark
etadiganimiz yolg‘iz Shu yer. Zamondan ustun kelganimizda esa qoladigani — faqat
Hozir. Nahotki bizga endi Shu yer va Hozirning orasidagi biror-bir joyda bir-ikki marta
uchrashish boshqa nasib etmaydi, deb o‘ylasang.
Oqcharloq Sallivenga bu gaplar qattiq botdi, biroq u kulib turib javob qilishga o‘zida kuch
topdi.
— Sen g‘alatisan, — dedi u mehrli ohangda. — Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi: agar
kimdir Yerda birovni minglab mil masofadagi narsani ko‘rishga o‘rgata olsa, o‘sha
kimdir, shubhasiz — Oqcharloq Jonatan Livingston bo‘ladi.
Shunday deb, Salliven qumga termuldi.
— Xayr, omon bo‘l Jon.
— Xayr, Salli. Biz hali uchrashamiz.
Shu so‘zlarni ayta turib Jonatan qalb ko‘zi bilan o‘zga vaqt o‘lchamida okean qirg‘og‘ida
oqcharloqlarning juda katta to‘dasini ko‘rdi. Va tajribalari bois, hech qanday
zo‘riqishlarsiz shubhalarga o‘rin qoldirmaydigan bir haqiqatni teran his etdi: yo‘q, u —
bir siqim par, suyak va badandan iborat emas, u — ozodlik va parvoz g‘oyasining
mukammal mujassami, uning imkoniyatlari cheku chegarasiz.
***
Oqcharloq Fletcher Lind hali juda yosh edi, biroq shunga qaramay o‘zining To‘dasi
boshqa biror-bir To‘da hech qachon qilmaydigan o‘ta qo‘pol va adolatsiz qarorga qo‘l
urganini bilardi.
«Menga baribir, xohlagancha javrayverishsin, — deb o‘ylardi u Uzoq Qoyalar tomon yo‘l
olarkan; ichidan toshib kelgan g‘azabdan ko‘zlari xira tortardi. — Parvoz — bu shunchaki
qanotlarni qoqish degani emas-ku, u yoqdan-bu yoqqa uchib-qo‘nishmas axir, xuddi...
xuddi... allaqanday pashshaga o‘xshab! Shu ham bahona bo‘ldiyu — Oqsoqolning
Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax
|
| |