• SO‘NGSO‘Z O‘RNIDA
  • Microsoft Word oqcharloq ziyouz com doc




    Download 98,91 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet23/24
    Sana13.06.2024
    Hajmi98,91 Kb.
    #263246
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
    Bog'liq
    Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)

    www.ziyouz.com kutubxonasi 
    23
    yordam berishi dargumon». 
    Fletcher chuqur nafas oldi va aytgan gaplari ularning ongiga yetib bormaganini payqab
    dedi: 
    — Xo‘-sh... demak... Mayli, mashg‘ulotlarni to‘g‘riga uchish mashqlarini o‘zlashtirishdan 
    boshlaymiz. 
    Shu so‘zlarni aytgan zahoti u favqulodda bir sirdan voqif bo‘ldi — Jonatanga xos bo‘lgan 
    g‘aroyib shuur o‘ziga ham begona emasligini angladi. 
    «Cheklovlar yo‘q, deysanmi Jonatan? — o‘yladi u. — Unday bo‘lsa, mening osmon 
    ostidan sening qirg‘og‘ingga sho‘ng‘ib chiqadigan kunim uzoq emas ekan, o‘shanda 
    senga qanday uchish kerakligi haqida ba’zi bir gaplarni aytaman!» 
    U o‘quvchilari ko‘ziga qattiqqo‘l bo‘lib ko‘rinishga harakat qildi, biroq kutilmaganda... 
    ularni aslida qanday bo‘lishsa shundayligicha ko‘rdi — ularning botiniga nazari tushdi. Bu 
    uzoqqa cho‘zilmadi — qandaydir lahzada kechdi, biroq ko‘rganlari unga yoqdi, u juda 
    shod bo‘ldi. Fletcher qalbida barcha shogirdlariga cheksiz mehr-muhabbat hissini tuydi. 
    «Cheklovlar yo‘q, deysanmi, Jonatan?» — xayolidan o‘tkazdi u va mamnun jilmaydi. 
    Endi komillik sari uning o‘zining yo‘li boshlandi.
    SO‘NGSO‘Z O‘RNIDA 
    Mashhur adib Rey Bredberi «Oqcharloq Jonatan Livingston» qissasining ta’rifini shunday 
    keltiradi: «Richard Baxning bu kitobi biryo‘la ikki taraflama ta’sir ko‘rsatadi. U menga 
    Parvoz tuyg‘usini daraklaydi va ayni damda meni yoshligimga qaytaradi.» 
    Asarning janri, badiiy xususiyatlariga berilgan ta’riflarda esa «Oqcharloq Jonatan 
    Livingston» — rivoyat, falsafiy ertak, nasrda yozilgan doston singari tavsiflarni o‘qiymiz. 
    Shunday kitoblar bor — ularni qiziqib o‘qiymiz, berilib o‘qiymiz. «Juda qiziq»ligidan bosh 
    ko‘tarmaymiz. Yana shnday kitoblar ham bor — ular o‘ziga tortadi, o‘ziga ergashtiradi. 
    «Oqcharloq Jonatan Livingston» keyingi ta’rifga mansub asarlar sirasidan. U o‘quvchini 
    komillikka undaydi — o‘ylab ko‘rib, ongli ravishda qiyinchiliklarga o‘zini safarbar etishga 
    ruhlantiradi. 
    Ehtimol, hurmatli gazetxonlar Richard Baxning bu asarini tarjimamizda o‘qib, o‘zlari ham 
    shunday xulosalarga kelishgandir. Modomiki, ular Jonatanning jasoratidan rag‘bat olib 
    Parvoz tuyg‘usini his etishgan, navqironlik sururini qayta boshdan kechirgan bo‘lsalar — 
    bu barchamizning yutug‘imiz. 
    Richard Bax qissasining yutug‘ini belgilagan omillar esa talay. Ularning ayrimlariga 
    qisqacha izoh berib o‘tsak, bu asardan olingan taassurotlarni mustahkamlashga va uning 
    «o‘ziga ergashtirib» ketadigan jihatlarini chuqurroq tushunishga ko‘maklashadi, deb 
    o‘ylaymiz. 
    Ma’rifatli kitobxon Jonatanning kechmishida — quvg‘in qilinishida, yolg‘iz o‘zi komillik 
    yo‘lida ranju mashaqqatlar chekishida, va’z o‘qishida, mo‘’jizalar ko‘rsatishida va 
    asardagi boshqa ayrim voqealar tasvirida Injilning syujetiga xos jihatlarni, dzen-buddizm 
    falsafasiga oid unsurlarni kuzatgan bo‘lishi kerak. Asarni o‘qib, yozuvchi bularni 
    yashirmaganiga, aksincha, ko‘hna qadriyatlarga hozirgi zamon odamlarining ma’naviy 
    ehtiyoji kuchli ekanini to‘g‘ri ilg‘ay olganiga guvoh bo‘lamiz. Muallif maqsadiga xizmat 
    qilgan bu tasvirlarning yana bir jihati bor. G‘arbda «zamonaviy ommaviy 
    madaniyat»ning avj olgani, pornografiyaning qonunlashtirilgani, zo‘ravonlikni keng 
    miqyosda targ‘ib etayotgan tomoshalarning yoshlar ongini band qilayotganini nazarda 
    tutib, Jonatanning umid va intilishlarini tushunishga urinib ko‘rsak, bu «g‘alati 
    oqcharloq»ning sarkashligi boisi ayon bo‘ladi. Richard Bax nafaqat zamondoshlarining 
    «har birida yashaydigan Oqcharloq»qa, balki azaldan insoniyat qalbida va ongida yashab 


    Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax 

    Download 98,91 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




    Download 98,91 Kb.
    Pdf ko'rish