|
Microsoft Word oqcharloq ziyouz com docBog'liq Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)www.ziyouz.com kutubxonasi
21
shoshilmay yengib o‘tishga intilamiz. Toshni yorib o‘tish, bizning dasturimizga ko‘ra,
keyinroq kirishiladigan mashg‘ulot.
— Jonatan!
— Buyuk Oqcharloq O‘g‘li nomi bilan ham ma’lum, — vazminlik bilan dedi murabbiy.
— Sen bu yerda nima qilayapsan? Qoya qaydan paydo bo‘ldi? Nahotki men... axir,
men... o‘ldimmi?
— Qo‘ysang-chi, Fletch... O‘zing o‘yla: agar sen hozir men bilan gaplashayotgan
bo‘lsang, demak, o‘lmagansan, shundaymi? Sening tafakkur miqyosing keskin o‘zgardi,
shu xolos. Xohlasang — shu darajangda qolishing mumkin, darvoqe, bu sening oldingi
darajangdan ancha yuqori. Ortga qaytishing va To‘dada boshlagan ishingni davom
ettirishing ham mumkin. To‘da oqsoqollari birortamizning falokatga yo‘liqishimiz va
barcha ishlarimiz oxir-oqibat fojea bilan yakun topishini kutishgan. Biroq ular buning
hozir ro‘y berishini kutishmagan, chog‘i.
— Albatta, men To‘daga, boshlagan ishimga qaytaman. Axir, yangi guruh bilan
mashg‘ulotlarni endigina boshlagandim.
— Juda yaxshi, Fletcher. Sen bilan: vujud — fikr-g‘oyadan boshqa narsa emas, deb
gaplashganimizni eslaysanmi?
Fletcher boshini qimirlatib qo‘ydi, qanotlarini rostladi va ko‘zlarini ochdi: u qoyaning
etagida yotardi, atrofini esa To‘da qurshab olgandi. Uning qimirlaganini ko‘rgan
oqcharloqlar bezovtalanishdi, har tarafdan malomatli baqirgan ovozlar eshitildi:
— Tirildi! U o‘ldi va yana — tirik!!!
— Unga qanotini tekizdi! Uni tiriltirdi! Buyuk Oqcharloqning O‘g‘li!
— Yo‘q! Uning o‘zi aytdi — O‘g‘li emas! U — iblis! IBLIS! To‘dani mahv etish uchun
kelgan!
Mo‘’jizadan dahshatga tushgan to‘rt mingtacha oqcharloq baravariga: «Iblis!», deya
qichqirar va bu shovqin-suron To‘daning ustida to‘fon mahalidagi quturgan shamolday
yelib uchdi.
Ko‘zlari yongan, tumshuqlari qattiq siqilgan — qonsiragan oqcharloqlar to‘rt tomondan
siqib kelar va ikkalasini ham qiymalab tashlashga tayyor turardi.
— Nima deysan, Fletcher, hoziroq bu yerdan ketganimiz ma’qul emasmi? — qiziqsindi
Jonatan.
— Men, albatta, bu yerdan uzoqroqda bo‘lishimizga qarshi emasmanu...
Bir lahza ichida ular qoya etagidan yarim mil narida hozir bo‘lishdi, jaholatga botgan
oqcharloqlarning qahru g‘azab bilan ochilgan tumshuqlari bo‘m-bo‘sh havoni cho‘qilardi.
— Nega, — deya yozg‘irardi Jonatan, — nega ozod qushni uning ozod ekaniga ishontirish
shunchalar mushkul. Axir, uning o‘zi bunga o‘zini ishontirishga qodir-ku! Faqat
mashqlarga biroz vaqt sarflash kifoya, xolos. Nega bunday?
Voqeaning bu tarzda kechganidan hanuz o‘ziga kela olmayotgan Fletcher so‘radi:
— Sen nima qilding? Biz qanday qilib bu yerda paydo bo‘lib qoldik?
— Axir, o‘zing aytding-ku, bu yerdan ketganimiz ma’qul deb... Aytmadingmi shunday
deb?
— Aytdim. Biroq qanday qilib sen...
— Juda oddiy, Fletcher. Xuddi boshqalar qilgani singari. Bu tajriba, xolos.
Ertalabga kelib To‘da o‘zining johilligini unutgan, biroq Fletcher biror narsani yodidan
chiqarmagan edi:
— Jonatan, eslaysanmi, bir paytlar — bunga ko‘p bo‘ldi — sen aytganding: qalbingda
To‘daga muhabbat bo‘lsa bas, ortga qaytish va ularga ta’lim berish uchun shuning o‘zi
Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax
|
| |