|
Microsoft Word oqcharloq ziyouz com docBog'liq Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)www.ziyouz.com kutubxonasi
19
yuksakka ko‘tarildi va sovuq shamoldan ko‘karib, biroq hayrat ichida, ertaga bundan-da
yuqori marrani zabt etishga ishonch bilan yerga tushdi.
Oqcharloq Fletcher — u yuksak parvoz san’ati bilan boshqalardan ko‘ra ko‘proq mashg‘ul
bo‘lardi — tik uchgan holatda biryo‘la o‘n olti marta charxpalak aylandi. Bu ham
yetmaganday, kutilganidan ham a’lo darajada qanoti osha uch marta aylanib uchdi.
Quyosh nurlari uning parlarida jilvalandi, qirg‘oqda esa son-sanoqsiz ko‘zlar uni
o‘g‘rincha kuzatardi.
Jonatan bir daqiqaga ham shogirdlarini tark etmadi. U tushuntirar, yangi yechimlarni
taklif etar, ba’zan yetakchi vazifasini bajarardi. Qorong‘u demay, yomg‘iru shamolga
qaramay u shogirdlari bilan birga uchar — parvoz zavqidan shodlanar, boshqa
oqcharloqlar esa bu payt zax tortgan rutubatli qirg‘oqda bir-birlarining pinjiga tiqilib
mudrashardi.
Har gal uchish mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng shogirdlar qirg‘oqda hordiq
chiqarishardi. Bunday paytlarda ular Jonatanning saboqlarini tinglashga ko‘nika
boshlashgandi. Uning g‘oyalari yosh oqcharloqlarga bir qadar g‘alati tuyular, shogirdlari
mohiyatni ilg‘ab ololmas, biroq ayrim fikrlarini tushunishar edi.
Asta-sekin Jonatanni qurshagan shogirdlari doirasi tegrasida yana bir doira hosil bo‘ldi.
Bu To‘dadagi qiziquvchan oqcharloqlar edi; ular yashirincha kelishar, soatlab
Jonatanning gaplariga quloq tutishardi. Qorong‘ulik quyuqlashganda kelishib, bir-biridan
yuzlarini bekitib o‘tirishadigan bu oqcharloqlar tun pardasi ko‘tarilmay g‘oyib bo‘lishar —
tanilib qolish yoki o‘zlari kimnidir tanib qolishdan o‘lgudek hayiqishardi.
Jonatan shogirdlari bilan qaytib kelganidan so‘ng oradan bir oy o‘tib shunday voqea ro‘y
berdi — taomilni buzgan birinchi oqcharloq To‘dadan ajralib chiqdi va uchishni o‘rganish
ishtiyoqi borligini izhor etdi. Bu Terrens Louell ismli oqcharloq bo‘lib, sarkashligi uchun
o‘sha kuniyoq Quvg‘inga hukm etildi va... Jonatan uni sakkizinchi shogird sifatida safga
qabul qildi.
Ertasi tunda Kerk Meynard ismli oqcharloq ham To‘dani tark etdi. U oqsoqlanib, qumda
zo‘rg‘a sudralar, o‘ng qanoti esa harakatsiz osilib qolgan edi. Shu alpozda kelib u
Jonatanning oyoqlari ostiga yiqildi va jon taslim etayotganday hirqiroq tovushda:
— Menga yordam ber. Bu dunyoda yagona orzuim — parvoz qilish, — dedi.
— Parvozga shaylan, — dedi Jonatan. — Men bilan baravar o‘rningdan qo‘zg‘al, birga
mashg‘ulotlarni boshlaymiz.
— Yo‘q, sen bilmaysan, mening qanotim... U menga bo‘ysunmaydi, uni men
qimirlatolmayman.
— Oqcharloq Meynard, bilib qo‘y: sening erking o‘zingda, sen o‘zligingni anglash
ixtiyoriga egasan va shu yerda, ayni chog‘da bunga erisha olasan, buning uchun senga
biror narsa to‘siq bo‘lolmaydi. Buyuk Oqcharloq Qonunida shunday deyilgan va bu —
mavjud yagona xolis qonundir.
— Sen meni ucha olasan, deb aytayapsanmi?
— SYeN OZODSAN — men shuni aytayapman.
Xuddi aytilganiday, Kerk Meynard qanotlarini osongina yoydi — hecham zo‘riqmadi — va
tun osmoni uzra ko‘tarildi. Uning tantanavor qiyqirig‘i uyqudagi To‘dani uyg‘otib yubordi.
Yuz futlar balandda parvoz etarkan, Kerk ovozi boricha qichqirardi:
— Men uchayapman! Eshitayapsizlarmi?! Men ucha olaman!!!
Quyosh bo‘y ko‘rsatgan pallada Jonatan va uning shogirdlari yoniga mingtacha qush
keldi, ular Meynardga hayrat bilan qarashardi. Endi o‘zlarini kimlardir kuzatib, ta’qib etib
turganiga ular beparvo, Jonatanning gaplarini jon quloqlari bilan tinglab, biror narsani
ilg‘ab olishga urinishardi.
Jonatan esa oddiy narsalar: oqcharloqning uchishga haqqi borligi, uni tabiat ozod
Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax
|
| |