|
Microsoft Word oqcharloq ziyouz com docBog'liq Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)www.ziyouz.com kutubxonasi
22
kifoya, deganding.
— Eslayman, albatta.
— Men tushunmayman, sen qanday qilib bu aqlidan ozgan qushlar to‘dasini yaxshi ko‘ra
olasan, axir, haligina ular seni o‘ldirmoqchi bo‘lishdi-ku?
— Oh, Fletch! Sen jaholatga botgan qushlar to‘dasini sevishing shart emas. Sen nafrat
va g‘azabga mehr-muhabbat bilan javob qilishga ham majbur emassan. Sen uzluksiz
mashq qilishing va mana shu qushlarning har birida haqiqiy olijanob oqcharloqni ko‘ra
bilishing hamda botinlaridagi olijanoblikni yuzaga chiqarishlari uchun ularga yordam
qilishing kerak. Men muhabbat haqida gapirganimda ana shuni nazarda tutib
gapirganman. Bilasanmi, buning amalga oshishi qanchalik quvonarli! Darvoqe, men bir
jo‘mard yigitni eslayman — chamamda uning ismi Oqcharloq Fletcher Lind edi — ana
shuni quvg‘in qilishganda, u butun bir To‘da bilan yoqalashishga tayyor edi. Va Uzoq
Qoyalarda u o‘zi uchun chinakam azob-uqubatlar maydonini — mislsiz og‘ir sinovlar
joyini hozirladi. O‘sha Fletcher hozir o‘zining osmonini yaratayotir va butun To‘dani o‘sha
yoqqa boshlab ketayotir.
Fletcher Jonatanga qaradi, uning ko‘zlarida qo‘rquv alomatlari aks etdi:
— Men?! Men boshlab ketayapmanmi?! Jon, bu bilan nima demoqchisan? Bu yerda
muallim — SYeNSAN. Sen bizni tashlab ketolmaysan.
— Tashlab ketolmayman? Nahotki, sen boshqa to‘dalar ham, boshqa Fletcherlar
borligini, ehtimol, ularga murabbiy sendan ham ko‘ra zarurroq ekanini o‘ylamasang.
Axir, sen endi nurli manzilga olib chiqadigan o‘z yo‘lingni topding...
— Men-a?! Jon, men — oddiy oqcharloqman, sen esa...
— ... xos va betakror Buyuk Oqcharloq O‘g‘lisan demoqchimisan? — chuqur xo‘rsindi
Jonatan. — Mening endi senga keragim yo‘q. O‘zingni anglab yetish yo‘lidagi
mashqlaringni davom ettir — sen uchun muhimi shu. Har kuni bir qadamdan bo‘lsa-da
olg‘a intilib, o‘zingning haqiqiy tabiatingni — asl Oqcharloq Fletcherni kashf etgin. U —
sening mualliming. Sendan uni tushunish va unday bo‘lish uchun tinimsiz mashq qilish
talab etiladi.
Bir lahzadan so‘ng Jonatanning tani jimirlab ko‘rindi, uning parlari nur taratdi va u
havoda eriy boshladi.
— Ularning men haqimda ahmoqona mish-mishlar tarqatishiga yo‘l qo‘yma, mendan
xudo yasashlariga izn berma, xo‘pmi, Fletch? Men — oqcharloqman. Men uchishni yaxshi
ko‘raman, ehtimol...
— JONATAN!
— Sho‘rlik Fletch! Ko‘zlaringga ishonmagin. Chunki ko‘zlarga bizning ozodligimizni
chegaralaydigan panjaralargina ko‘rinadi. Eng muhim narsani ko‘rmoq uchun tafakkurni
ishga solmoq lozim. Sen hammasini bilasan, faqat buni tushunishing zarur. Va shunda
barchasi oyday ravshan bo‘ladi, qanday uchish kerakligi-yu...
Jimirlash tugadi. Jonatan havoda erib bitdi.
Oqcharloq Fletcher o‘zini majbur qilib havoga ko‘tarilguncha xiyla vaqt o‘tdi. Birinchi
darsning boshlanishini sabrsizlik bilan kutayotgan o‘quvchilarning yangi guruhi uning
yo‘liga ko‘z tikib turishardi.
— Sizlar avvalo, — deya g‘amgin ohangda gap boshladi u, — bir muhim narsani
tushunib olishlaring lozim: oqcharloq — bu cheklanmagan ozodlik g‘oyasining
mujassami, Buyuk Oqcharloq timsolining tajassumi va sizning tanangiz yaxlit — bir
qanotingizning uchidan ikkinchi qanotingizning uchigacha — sizning fikringiz,
g‘oyangizdan boshqa narsa emas.
Yosh oqcharloqlar uning gaplariga tushunmay garangsib qarab turishardi. «E, muallim,
— deya o‘ylardi ular, — sening bu gaplaring «ko‘r tugun» mashqini uddalashimizga
Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax
|
| |