www.ziyouz.com kutubxonasi
24
kelgan Asl Jonatanga ham ishora qiladi. Bu ishora — Komillikka chorlov.
Bu ishorada
e’tiqod, ilm yo‘lida tinimsiz izlanishlar bilan bog‘langan, qadimgi qadriyatlarga uyg‘un
an’analar mujassam. Ayni shu xususiyatlar rivoyat-qissa
mazmuniga teranlik
bag‘ishlagan.
«Oqcharloq Jonatan Livingston» o‘smirlarning sevimli
kitobiga aylanib ulgurdi,
jahon
bolalar adabiyoti
majmualaridan joy oldi, ko‘plab tillarga tarjimasi amalga oshdi. O‘tgan
yili rossiyalik noshirlar tomonidan bu asarning biryo‘la to‘rtta nashri chiqarildi.
Bolalar
uchun mo‘ljallab chiqarilgan bu kitoblar ham Jonatanning parvozi bardavomligini
ko‘rsatib turibdi.
Sevimli «Ma’rifat» gazetamizning qadrli o‘quvchilari ushbu
rivoyat-qissa va uning
tarjimasi haqida fikr-mulohazalarini
bildiradilar, degan umiddamiz.
Ahmad OTABOYEV
“Marifat” gazetasidan olindi.
www.ziyouz.com