|
Microsoft Word oqcharloq ziyouz com docBog'liq Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)www.ziyouz.com kutubxonasi
2
Qissa nashr etilib, yozuvchiga shon-shuhrat olib kelgandan keyin ham muallif
«Oqcharloq Jonatan» bilan bog‘liq sirli hodisani ko‘p bor takrorlagan: o‘zi yozgan boshqa
romanlardan farqli o‘laroq, bu qissaga boshqa hech narsa qo‘sha olmasligini, Oqcharloq
g‘oyasi o‘ziga tegishli emasligini, g‘oyibdan eshitganini qog‘ozga tushirganini ta’kidlagan.
Xullas, nima bo‘lganda ham, «Oqcharloq Jonatan» rivoyat sifatida ham, falsafiy ertak
yoki nasrdagi doston sifatida ham, qanday ta’riflanishidan qat’i nazar — dunyoning
millionlab kitobxonlari sevib o‘qiydigan kitobiga aylandi. Ayrim adabiyotshunoslar asar
muvaffaqiyatini undagi voqealarning Injil syujetiga hamohangligi bilan bog‘lashsa,
ba’zilar uni «iste’molchilar jamiyati»dagi ma’naviy inqirozlar davrining dolzarb
muammosini ko‘tarib chiqqan asar sifatida baholaydi. Kundalik mayda g‘am-
tashvishlarda — baliq ichak-chavog‘iyu non ushoqlari uchun talashib-tortishib kun
o‘tkazishdan ko‘ra, cheksiz mashaqqat chekib bo‘lsa-da, yuksak parvoz san’atini puxta
egallash ishtiyoqida yongan Oqcharloq Jonatan , ayniqsa, o‘tgan asr ikkinchi yarmidagi
g‘arb yoshlariga ulkan bir ibrat namunasi, insoniy komillikka da’vatday ta’sir etgan edi.
Yoshlar bu majoziy obrazda o‘z botinlaridagi Parvozga ehtiyojni his etgandilar, ular
Jonatanda o‘zlarining amalga oshirilmagan, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istak-
xohishlarini ko‘rgan edilar. Bu qissa ular uchun ermakka o‘qiladigan kitob emas, balki
ruhni chiniqtirish, bardam qilish yo‘lidagi ma’rifiy mashg‘ulotga aylangandi.
«Ma’rifat» mushtariylariga Richard Baxning rivoyat-qissasi tarjimasini taqdim
etarkanmiz, avvalo, tarjima matni ustidagi ijodiy ishimiz, hali davom etayotganini, bu
asar qayta-qayta sayqal berishni talab etishini aytib o‘tish lozim, deb o‘ylaymiz. Va
ularga Oqcharloq Jonatanga xos parvoz ishtiyoqi, yuksala bilish zavqi hamroh bo‘lishini
tilaymiz.
|
| |