Microsoft Word oqcharloq ziyouz com doc




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana13.06.2024
Hajmi98,91 Kb.
#263246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
U qanotining uchidagi birgina pat bir dyumga joyidan qo‘zg‘atilganda vujudi katta 
tezlikda havoda egri chiziqli yo‘l hosil qilib bir tekis uchishini bilib oldi. Biroq Jonatan 
buni tushunib olgunga qadar boshqa bir qaltis xavfni — agar shunday tezlikda uchayotib 
bittadan ortiq patni joyidan qo‘zg‘atsa, tanasi miltiqdan otilgan o‘qday buralib-aylanib 
chirpirak bo‘lib ketishini anglab yetgan edi... Shunday qilib, Jonatan yuksak parvoz 
san’atining sir-asrorlarini egallagan Yerdagi birinchi oqcharloq bo‘ldi. 
Shu kuni boshqa oqcharloqlar bilan muomala qilishga uning bo‘sh vaqti bo‘lmadi. Kun 
botgunga qadar mashq qildi. Kumrovni yechib, yarim charxpalak, to‘la charxpalak 
yasab, tik ko‘tarilib, doira yasab tik tashlab uchish sirlarini kashf etdi. 
Jonatan sohilda dam olayotgan To‘daga kelib qo‘shilganida tun yarmidan oqqan edi. U 
holdan toydi, boshi aylandi, biroq o‘zidan mamnun kayfiyatda qo‘nishdan oldin sohil 
ustidan keng doira hosil qilib, yerga tushguncha esa bir karra charxpalak yasab, keyin 
qo‘ndi. «Ularga buning hammasini aytib bersam, ular bu Kashfiyotlarni eshitsa, boshlari 
osmonga yetguday xursand bo‘lishadi, — deb o‘yladi Jonatan. — Endi hayot juda 
qiziqarli bo‘ladi! Avvallari zerikarli mayda tashvishlarda — qirg‘oqdan kemaga, kemadan 
qirg‘oqqa uchib-qo‘nib umr o‘tardi, endi parvozning mazmuni o‘zgacha bo‘ladi, endi 
uchishda katta maqsad bo‘ladi!» 
«Bizda g‘aflatni tark etishga imkonimiz bor, biz o‘zimizdagi kuch-qudratni, aql-idrokni 
ishga solishimiz kerak. Biz o‘z ozodligimizni qo‘lga kiritishga qodirmiz. Nihoyat biz 
chinakam parvozga o‘rgana olamiz!» 
Oldinda quvonchlarga to‘la, orzu-umidlarning ushalishini daraklayotgan baxtiyor damlar 
kutayotir, ochilayotgan beqiyos imkoniyatlarning ishtiyoqida yurak hapqiradi. 
Yerga qo‘nib, Jonatan To‘daning umumiy majlisi ustidan chiqqaniga guvoh bo‘ldi. Majlis 
allaqachon boshlangan, oqcharloqlar Jonatanni kutishayotgandi. 
— Oqcharloq Jonatan Livingston! — Jamoa oqsoqoli xuddi tantanali marosimdagiday 
dabdabali ohangda gapirdi. — Sen Oqcharloqlar Kengashi muhokamasiga 
chaqirilgansan! 
Kengashga chaqirish kimnidir muhokamaga tortib sharmandayu sharmsor qilmoqni yoki 
olqishlarga ko‘mmoqni anglatardi. 
«Tushunarli, — o‘yladi Jonatan, — demak, gap ertalab nonushta mahali ro‘y bergan 
voqea haqida. Ular mening To‘dani yorib uchib o‘tganimni ko‘rishgan! Biroq olqishu 
maqtovlarning menga keragi yo‘q. Sardor bo‘lishga ham xohishim yo‘q. Men o‘zim kashf 
etgan usullarni o‘rgatishim, aslida har birimizda bor bo‘lgan aql bovar etmaydigan 
imkoniyatlarni namoyish etishim mumkin, xolos.» 
U shu o‘ylar bilan Kengash ahli davrasi tomon odimladi.
— Oqcharloq Jonatan Livingston! — davom etdi o‘sha ohangda jamoa Raisi. — O‘rtaga 
o‘t, qilmishlaring uchun ta’na-dashnomlarni eshit, To‘dadagi birodarlaring guvoh 
bo‘lishsin buning barisiga... 
Bu zardali gaplar xuddi tomdan tarasha tushganday qo‘qqisdan aytildi — Jonatan 
boshiga zarba yeganday gangib qoldi. Tizzalari qaltiradi, qanotlari shalvirab tushdi
quloqlari esa tushinarsiz shovqindan tom bitdi. Sharmandalik? To‘daning o‘rtasiga — 
ta’na-dashnom eshitish uchun?! Biroq bunday bo‘lmasligi kerak! Axir, u kashfiyot qildi-
ku! Ular buni tushunmabdi! Bu yerda qandaydir tushunmovchilik bor! Ha-ha, xato 
qilishayotir, ular nohaq! 
— ... zotan, sen yo‘l qo‘ygan mislsiz beandishalik va mas’uliyatsizlik Oqcharloqlar 
Jamoasining yuksak axloqiy an’analarini oyoq osti qilish bilan barobarki, shu bois, sen 
sharmandayu sharmsor etilishga loyiqsan... 
Umumiy majlisda ta’na-dashnom olgan jamoa a’zosi, albatta, Oqcharloqlar Jamoasi 


Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax 

Download 98,91 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish