Microsoft Word oqcharloq ziyouz com doc




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana13.06.2024
Hajmi98,91 Kb.
#263246
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
safidan quvg‘in qilinadi. To‘dadan haydalib, Olis Qoyalarga surgun etilgan quvg‘indi 
oqcharloqning qismati esa yolg‘izlikka mahkumdir. 
— ... va sen — Oqcharloq Jonatan Livingston — bir kun kelib mas’uliyatsizlik qanday 
oqibatlarga duchor etishini anglab yetasan. Bizga hayot mohiyatini anglashga urinish 
buyurilmagan. Faqat bir narsa ayon: bu dunyoga biz rizqimizni topib yeyish va shuning 
evaziga imkon boricha uzoqroq umr ko‘rish uchun kelganmiz, xolos. 
Kimki Oqcharloqlar Kengashi muhokamasiga tortilgan bo‘lsa, To‘da ahli bilan majlisda 
bahslashishi taqiqlangan edi, biroq Jonatan o‘zini tutib turolmadi:
— Beandishalik deysizmi?! — xitob qildi u. — Sizlarga nima bo‘ldi, birodarlar?! Hayotning 
mohiyatini tushunishga urinish, katta maqsadlarga olib boradigan yo‘llarni izlash — axir, 
buning nimasi beandishalik? O‘zingni bu olijanob ishlarga bag‘ishlash — mas’uliyatni 
to‘la his etish-ku! Axir, biz hozirgacha nimani tushunib yetdik — baliqning ichak-
chavog‘ini talashib minglab yillarni boy berdik... Endi bizda ibtidomizni — nima uchun 
yashayotganimizni anglash imkoniyati paydo bo‘ldi. Kashf etish, tushunish, ozod bo‘lish 
imkoniyati! Menga bir martagina imkon bering, nima topganimni ko‘rsatishga izn 
so‘rayman... 
Jonatanning qarshisidagi To‘da tosh qotdi. 
— Biz senga birodar emasmiz, yo‘ldan ozgan?! — bir ovozdan baqirdi oqcharloqlar va 
quloqlarini mahkam bekitishib unga orqa o‘girib olishdi. 
Qolgan kunlarini Oqcharloq Jonatan Livingston yolg‘izlikda o‘tkazdi, u Olis Qoyalardan 
ham uzoqroqqa uchib ketgan edi. Uning bag‘rini ezayotgan alam yolg‘izlik azobi emas, 
balki oqcharloqlarning yuksak parvoz shavqini tuyushni istamagani edi. Ular ko‘zlari 
ochilishini va olamni ochiq ko‘z bilan ko‘rishni rad etishdi. 
Kun osha Jonatanning bilimi ortib bordi. U katta tezlikda sho‘ng‘ishni o‘rganib olgach, o‘n 
futlar suv ostida to‘da-to‘da bo‘lib suzadigan kamyob va juda xushta’m baliqlarni ovlay 
boshladi. Endi uning tirikchilik g‘amida baliqchi kemalarga uchib-qo‘nib yurishiga, 
mog‘orlagan, ivib ketgan non bo‘laklariga ehtiyoji qolmagan edi. U endi, yo‘lidan 
adashmay, uchayotib ham uxlab olishga o‘rgandi. Bunda unga tunda quruqlikdan 
esadigan yengil shabada qo‘l keladi, kun botgandan tong otgunga qadar yuzlab mil 
masofani shu zayl bosib o‘tadi. Jonatan quyuq dengiz tumani orasida uchishda ham 
o‘zining ichki nazorat tartibini saqlay bildi, muntazam yuqorilab parvoz etib tumandan 
tepaga — shaffof osmonga ko‘tarila bildi... bu payt boshqa barcha oqcharloqlar yer 
bag‘irlab o‘tirar va ularning ko‘rgan-bilgani faqat yomg‘iru rutubatli g‘ira-shira 
qorong‘ulik edi. Yuksak-yuksaklarda yelday uchgan Jonatan esa qirg‘oqdan uzoqlarga — 
quruqlikning ichkarisiga kirib borar, bu joylarda turli-tuman hasharotlar — mazali 
ozuqalar serob edi. 
U erishgan ne’matlaridan yolg‘iz o‘zi bahramand bo‘lar, ularni To‘dadagi barcha 
oqcharloqlar bilan baham ko‘rishni niyat qilardi. U chuqur shamollarga basma-bas uzoq-
uzoqlarga uchishni o‘rgandi va bu yo‘lda chekkan ranju alamlariga hecham o‘kinmadi. 
Yurakni siqadigan xunobgarchilik, qo‘rquv, kin-adovat — umrning zavoli. Shuni anglab 
yetib, Jonatan fikru xayolini diqqatbozlikdan, qo‘rquv va adovatdan xalos etdi va 
chinakam baxt-saodatga muyassar bo‘ldi.
Keyin ular kelishdi — shom mahali — va uni topishdi. Bu payt u yolg‘iz o‘zi jonajon 
osmonida xotirjam uchib yurardi. Bir juft oqcharloq yonginasida paydo bo‘ldi va 
qanotlarini uning qanotlari bilan bir zayilda qoqib, ikki yonida ucha boshlashdi. Bu 
oqcharloqlar qorong‘u tun osmonida tiniqligi yulduz nuriga monand yog‘du taratar va bu 
yog‘du ezgulik bilan yo‘g‘rilgan edi. Biroq hammasidan ham ularning parvoz mahorati 


Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax 

Download 98,91 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish