Microsoft Word oqcharloq ziyouz com doc




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana13.06.2024
Hajmi98,91 Kb.
#263246
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
uchun talashib-tortishadigan bir vositaga aylantirib olishgan edi... Biroq gohi-gohida ular 
bexosdan Jonatanning yodiga tushib qolardi. 
Shu zayl, bir kuni tong pallasi Jonatan — yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi ustozi bilan qanotlarni 
yig‘ib aylanib uchish mashqini bir necha marta takrorlashgach, qirg‘oqda dam olib 
o‘tirishganida — ular yodiga tushdi. 
— Menga qara, Salliven, qolganlar qaerda? — ovoz chiqarmay so‘radi Jonatan. U 
allaqachon bu joyda odat tusiga kirgan telepatik aloqa san’atini o‘zlashtirib ulgurgan, bu 
usul chirqillab yoki chug‘urlab dudmol va chalkash gapirishdan ming bor afzal edi. 
— Nega biz bu yerda kamchilikmiz? Axir, u yoqda — men kelgan yoqda...
— ... behisob — ming-minglab oqcharloqlar bor edi, demoqchisan, tushundim. — 
Salliven boshini sermadi. — Mening javobim shunday: sen — kamyob qushlar 
sirasidansan, sendaylar, nari borganda, milliondan bitta. Biz qanday bo‘lsak 
shundayligimizcha, qaerdan kelganimizni unutib va qaerga ketayotganimizning hech bir 
tashvishini tortmay bir olamdan boshqasiga uchib o‘taveramiz. Biz shunchaki o‘tayotgan 
lahzalar bilan qanoat qilib yashaymiz. Sen tasavvur qilasanmi: yashashdan maqsad — 
qorin to‘yg‘azish, ozuqa talashib janjallashish yoki To‘daga hokim bo‘laman deb kuyib-
pishishdan iborat emasligini anglab yetish uchun har qaysimiz nechta umrni yashab 
ko‘rishimiz lozim bo‘larkan?.. Minglab umrni, Jon, o‘n minglab umrni. Shundan keyin esa 
dunyoda komillik degan tushuncha ham borligini fahmlashimiz lozim bo‘ladi. Bunga yana 
necha yuzlab umrlar kerak. Yana yuzlab umrlar esa, hayot mazmuni — komillik yo‘lidagi 
izlanishlarga sarflanadi; bizning har birimizning vazifamiz — botinimizda komillikka xos 
fazilatlarni tarbiyalash va ayni paytda, turish-turmushimizni, xatti-harakatlarimizni ham 
shu maqsadga uyg‘unlashtirib bormoqdan iborat. Tiriklikning barcha bosqichlarida bitta 
qonun ustuvor: keyingi olamga biz shu yerda — bu olamda orttirgan ilmimiz 
vositasidagina kirib bora olamiz. Agar biz avomligimizcha qolsak va bilimimizning 
sayozligiga befarq bo‘lsak — keyingi olamimiz hozirgisidan hech qanday farq qilmaydi, 
jamiki to‘siqlar yo‘limiz ustida yana ko‘ndalang bo‘lib turaveradi va o‘zimiz tag‘in 
qo‘rg‘oshinday og‘ir qanotlarimizni sudrab o‘sha to‘siqlardan o‘tishga baribir majbur 
bo‘lamiz. 
Salliven qanotlarini yoydi va yuzini shamol esayotgan tomonga burdi. 
— Biroq sen, Jon, bir umr mobaynidayoq juda ko‘p ilmni egallay bilding, shu boisdan 
ham, to‘g‘ri bu yoqqa kelib tushding, sen kamida mingta umr sarf bo‘ladigan mehnatni 
ado qilding. 
Bir lahza o‘tib ular yana osmonda paydo bo‘lishdi. Mashg‘ulot davom etdi. Charxpalak 
yasab uchish — juda murakkab mashq. Jonatan, parli panjalari yordamida tepaga uchdi, 
ayni damda, qanotlarini qanday bukish lozimligini miyasida o‘ylab-chamalab olishiga 
to‘g‘ri keldi. Buni u ustozining harakatlariga mutlaqo uyg‘un tarzda amalga oshirishi 
shart edi. 
— Qani, yana bir marta, — qayta-qayta takrorladi Salliven. 
Yana bir marta... Yana... Va nihoyat: 
— Ana endi — yaxshi! 
Shundan so‘ng ular sirtmoq shaklida uchish mashqiga o‘tishdi. 
Shom pallasi edi. Tungi parvozga chiqmagan oqcharloqlar to‘dalashib qumda o‘tirishar 
va churq etmay o‘y surishardi. Jonatan o‘zini qo‘lga olib, qat’iyat bilan Ulug‘ Ustoz 
qoshiga yo‘l oldi. Yaqin-orada u bu olamni tark etib, Koinot sari yo‘l oladi, degan gaplar 
yurardi. 
— Ustoz Chiang... — biroz hayajonli ohangda Jonatan Ulug‘ Ustozga murojaat qildi. 
— Nima gap, o‘g‘lim? — Ulug‘ Ustozning qarog‘ida mehr nurlari balqidi. 


Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax 

Download 98,91 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish