Microsoft Word oqcharloq ziyouz com doc




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/24
Sana13.06.2024
Hajmi98,91 Kb.
#263246
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Jonatan Livingston-Oqcharloq(Kutubxona)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
mobaynida bu Qonunni hech kim buzolgani yo‘q. Qonun taqiqlaydi: qaytishni xayolga 
ham keltirmaslik kerak. Jonatan esa o‘ylab o‘tirmay qaytaveringlar, dedi. 
Suv ustida uchib borayotgan Jonatan ulardan ancha uzoqlashib ketdi. Agar ular yana o‘y 
o‘ylab o‘tirishadigan bo‘lishsa, g‘anim To‘da bilan Jonatan yolg‘iz o‘zi yuzma-yuz kelishi 
tayin edi. 
— Bizni quvg‘in qilishdi. Biz To‘daga mansub emasmiz. Qaysi mezonga ko‘ra To‘da 
Qonuniga bo‘ysunishimiz kerak ekan? — dedi Fletcher boshqalardan ko‘ra ko‘proq 
o‘ziga-o‘zi murojaat etayotgan ohangda. — Boz ustiga, agar Jonatanga tashlanib 
qolgudek bo‘lishsa, u yoqda biz kerak bo‘lamiz.
O‘sha kuni tong pallasi mag‘ribdan ular — sakkiz nafar oqcharloq qo‘shaloq romb 
shaklida qanotlarining uchlarini bir-biriga tekizgan holatda yaxlit saf — bir bo‘g‘in bo‘lib 
uchib kelishdi. Soatiga bir yuz o‘ttiz mil tezlikda odatda To‘daning umumiy majlisi 
o‘tadigan qirg‘oq ustidan uchib o‘tishdi: Jonatan — oldda, Fletcher — uning o‘ng tarafida 
bir tekis suzib, Genri Kevin esa shamolni mardona yengib va parvozning umumiy 
maromini buzmay chapda kelardi. Keyin bir tekis harakatlanib, o‘ngga engashib 
uchishdi... yaxlit safga tizilishdi... panjalarini tepaga ko‘tarishib ag‘darilishdi... yana ipga 
tizilgan munchoqday bir tekis saflanishdi, shamol esa ularning qanotlariga shafqatsiz 
urilardi. 
Qirg‘oqdagi odatdagi g‘ala-g‘ovur va tortishuvlar kutilmaganda suv sepganday tinchidi-
qoldi — sakkiz ming ko‘z kiprik qoqmay osmonga — Jonatan boshliq guruhga qadalgan, 
oqcharloqlar go‘yo boshlari uzra ulkan shamshir aylanayotgandek tosh qotishgandi. 
Sakkiz nafar qush birining ortidan biri tik ko‘tarilishdi, «ko‘r tugun» yasab uchishdi va 
tezlikni eng so‘nggi sarhadgacha kamaytirishib qumga qo‘nishdi. Shundan so‘ng 
Jonatan, go‘yo hech qanday hodisa ro‘y bermaganday, parvoz davomida yo‘l qo‘yilgan 
xatolarni tahlil eta boshladi. 
— Xo‘sh, — dedi u miyig‘ida kulib, — tahlilni shundan boshlasak: hammalaringiz safdagi 
o‘z o‘rinlaringizni biroz kechikib egallayapsizlar. 
Shu lahzada ayni bir fikr yashin tezligida To‘dadagilarning xayolidan kechdi: axir, bu 
qushlarning barisi — Quvg‘indilar-ku! Bu yetmaganday, qaytib kelishibdi-ya! Biroq bu... 
bunday bo‘lishi mumkin emas! Fletcher janjal bo‘lishidan behuda xavotirlangan ekan — 
To‘da esankirab qolgan edi. 
— Xo‘sh, nima bo‘pti Quvg‘indilar bo‘lsa, albatta, Quvg‘indilar, biroq ular bunday 
uchishni qaerda o‘rganishgan ekan? 
Oqsoqolning Buyrug‘i To‘dadagilarning qulog‘iga yetib borguncha bir soatcha vaqt o‘tdi: 
— Ularga e’tibor qaratishga jur’at etilmasin. Inkor etilsin. Quvg‘inlar bilan muloqotga 
kirishgan har qanday nokasning o‘zi ham quvg‘inga mahkum etilsin. Quvg‘indilar 
parvozini kuzatish Qonunga xilof deb hisoblansin. 
Shu daqiqadan e’tiboran To‘dadagi oqcharloqlar Jonatanga ters o‘girilib olishdi, biroq u, 
aftidan, bunga e’tibor qilmadi. U majlis o‘tadigan qirg‘oq ustida mashg‘ulot o‘tkazar va 
birinchi marta o‘z shogirdlarining nimaga qodir ekanliklarini to‘la yuzaga chiqarishlari 
uchun urinardi. 
— Martin! — osmonda uning ovozi yangradi. — Sen kichik tezlikda ucha olaman deysan. 
Aytish boshqa, lekin buni amalda ko‘rsatish kerak. Qani, uch! 
Kichkina Oqcharloq Martin Uilyam ustozining qahriga duchor bo‘lishdan qattiq qo‘rqardi, 
shu boisdanmi, o‘zi ham hayron qoladigan darajada kichik tezlikda uchib, mo‘’jizali 
usullarni namoyish etdi. 
U parlarini shunday holatda tutdiki, kuchsiz shamol uni bulutlargacha olib chiqdi va u 
qanotlarini bir marta ham qoqmay yerga tushib oldi. 
Oqcharloq Charlz-Roland esa Buyuk Shamollar Qoyasigacha — yigirma to‘rt ming fut 


Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax 

Download 98,91 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish