• Har bir o ‘ quv jarayonida qo ‘ laniladigan keys quyidagi talablarga javob berishi zarur.
  • Ta’limda keys-stadi texnologiyasi mohiyati
  • Keys-stadi texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat
  • Keys-stadi texnologiyasi quyidagi vazifalarni o ‘ zida jamlaydi.
  • Keys-stadilarga 2 ta turli xil yondashuv mavjud
  • Keys–stadi muammoga nisbatan yechim talab qiladigan texnologiyadir.
  • Modul mavzusi: ta’lim tizimida keys-stadi texnologiyalaridan foydalanish mahorati




    Download 68,12 Kb.
    bet6/11
    Sana13.12.2023
    Hajmi68,12 Kb.
    #117778
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    mustaqil talim
    SONLI TENGLIK VA TENGSIZLIK ULARNING XOSSALARI, Fizikaviy kimyo, 2 5447253751037434268, Kiberxavfsizlik fanidan 55, pdf, Katalizator yuzi, Test 3-4 sinflar uchun, geokniga-kristallooptika, HiraganaKatakanaWorksheet, Gigiyena va sanitariya tekshirishlar texnikasi (S.Esonturdiyev, M.Qarshiboyeva), Mavzu. Ekonometrik tadqiqotlarda axborot texnologiyalar, Quyosh energetikasi, SBHA-54 GURUH TALABASI SOTVOLDIYEV MUXTORJON.pptx, Referat mavzulari ro’yxati-fayllar.org
    Ikkinchi kichik modul.
    Keys-stadi texnologiyasi ta’limda interfaol uslub bo‘lib talabalarda darsga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi, nazariy materiallarni amaliy tadbiq qilishni ko‘zlaydi, ta’lim jarayoniga nisbatan ijodiy motivlarni shakllantiradi. Shu bilan birgalikda bu uslub o‘qituvchi siymosini yangicha talqin qiladi, uni ijodiy izlanishga, fikrlashga yangilik yaratishga undaydi.
    Har bir oquv jarayonida qolaniladigan keys quyidagi talablarga javob berishi zarur.

    • ijro qilishda maqsadning aniqligi;

    • vaziyatning yechimlari mantiqiy o‘ziga xos murakkab bo‘lishi;

    • vaziyatda hayotning bir qancha qirralarini tasvirlash;

    • bugungi kunga nisbatan dolzarb bo‘lishi;

    • tipik vaziyatlarni tasvirlash;

    • analitik (analiz-sintez...) hayolni rivojlantirish;

    • munozarani tashkil qilish;

    • bir qancha yechimlarning mavjudligi;

    Ta’limda keys-stadi texnologiyasi mohiyati: mutaxassis o‘z tajribasidan kelib chiqib o‘z varianlarini yaratishida, o‘zida mavjud bo‘lganbilimlarni, amaliy, ijodiy, munozarali faoliyatga aylantira olishida ifodalaniladi.
    Keys-stadi texnologiyasining o‘ziga xos texnologik xususiyatlari mavjud bo‘lib ular orqali texnologiya boshqa uslublardan farq qiladi.
    Keys-stadi texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

    1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning mavjudligi moduli, ularda aks etgan holat ma’lum bir vaqt jarayonida ifodalanishi;

    2. Jamoa asosida qarorlarni ishlab chiqishi;

    3. Muammo yechimida ko‘p o‘xshashliklar bo‘lib, aniq qa‘tiy yechimini mavjud emasligi;

    4. Bilim faoliyatini baholashda guruh tizimida yondashishni mavjudligi;

    5. Ta’lim oluvchilarning emotsional holatlarini e’tiborga olinishi;

    Keys-stadi texnologiyasi quyidagi vazifalarni ozida jamlaydi.

    1. Uslub izlanuvchanlik, analitik texnologiyalarga ega bo‘lib, jaroyon ichida izlanuvchanlik va analitik (o‘xshashlik) operatsiyalar yo‘nalishini boshqaradi.

    2. Keys–stadi ta’limda jamoa texnologiyasi sifatida qo‘llanilib, asosiy vazifasi guruhda axborotlarning almashuvini amalga oshiradi.

    3. Keys-stadi texnologiyasining mazmuni guruhni o‘zora birlashtirish, bilimlarni ijodiy fikrlash orqali yuzaga chiqarish kabi vazifalarni amalga oshirishda namoyon bo„ladi.

    4. Keys-stadi texnologiyasi o‘zida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini birlashtirib, yakka tartibda, guruh va jamoa rivojlanishlarini inobatga olib ta’lim oluvchilarni ilmiy –ijodiy, shahsiy-axloqiy sifatlarni shakllantiradi.

    5. Keys-stadi uslubini qo‘llashda uni loyhalashtirish muhimdir, har qanday texnologiyani dars jarayonida qo‘llashdan oldin, uning texnologik xaritasi tuziladi. Oldindan rejalashtirilgan texnologik xaritada faoliyat maqsadlari, bosqichlari ko„rsatiladi. Loyhalashtirish jarayoni texnologiyani qo‘llashda muhim bosqichdir, negaki oldindan rejalashtirilmagan jarayon o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni to‘liq ifodalay olmaydi. Aynan bugungi kunda ta’lim jarayonini oldindan loyhalashtirish mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Loyhalashtirish orqali biz jarayoni oldindan bashorat qilish ko‘nikmasini o‘zimizda shakllantiramiz.

    6. Keys –stadi texnologiyasi o„zida oldindan samarali faoliyatga erish yo‘llarini rejalashtiradi, ma’lum bir yutuqlarga ega bo‘lish jarayonini oldindan faraz qiladi. Bu jarayonda talabalar faoliyatini faollashtirish, ularni rag‘batlantirish ham nazarda tutiladi.

    Keys-stadi texnologiyasi asosiy vazifasi talabalarni analitik faoliyat bilan yechib bo‘lmaydigan muammolarni tizimlashgan murakkab uslub bilan yechishga o‘rgatishdir. Keys-stadi talabalarning analitik va kommunikativ imkoniyatlarini faollashtiradi va rivojlantiradi.
    Keys-stadilarga 2 ta turli xil yondashuv mavjud:

    1. Analitik yondashuv: keys-stadi nima sodir bo‘lgan va nima sababdan sodir bo‘lgan degan savollarga javob topish uchun ham o‘rganiladi. Bunda muammolarni aniqlab, ularga yechim topish shart emas.

    2. Muammoga qaratilgan uslub: keys-stadi mavjud bo‘lgan asosiy muammolarni aniqlash va ularga yechim taklif qilish uchun tahlil qilinadi.

    Keys–stadi muammoga nisbatan yechim talab qiladigan texnologiyadir. Keys- stadi yozishda birinchi esda tutish lozim bo‘lgan narsa bu unining muammoga ega bo‘lishidir. Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda yetarlicha ma’lumotlar keltirilish o‘rinlidir, bu uni o„rganuvchilar uchun juda muhimdir. Ma’lumotlarning ko‘pligi vaziyatni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Qiziqarli keys-stadi yozish detektiv hikoya yozishga o‘xshab ketadi, bu orqali talabalarni vaziyatga qiziqtirib, fikrlashga undash mumkin.

    Download 68,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 68,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modul mavzusi: ta’lim tizimida keys-stadi texnologiyalaridan foydalanish mahorati

    Download 68,12 Kb.