• Keys yozishda uchta asosiy bosqich mavjud
  • Modul mavzusi: ta’lim tizimida keys-stadi texnologiyalaridan foydalanish mahorati




    Download 68,12 Kb.
    bet7/11
    Sana13.12.2023
    Hajmi68,12 Kb.
    #117778
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    mustaqil talim
    SONLI TENGLIK VA TENGSIZLIK ULARNING XOSSALARI, Fizikaviy kimyo, 2 5447253751037434268, Kiberxavfsizlik fanidan 55, pdf, Katalizator yuzi, Test 3-4 sinflar uchun, geokniga-kristallooptika, HiraganaKatakanaWorksheet, Gigiyena va sanitariya tekshirishlar texnikasi (S.Esonturdiyev, M.Qarshiboyeva), Mavzu. Ekonometrik tadqiqotlarda axborot texnologiyalar, Quyosh energetikasi, SBHA-54 GURUH TALABASI SOTVOLDIYEV MUXTORJON.pptx, Referat mavzulari ro’yxati-fayllar.org
    Uchinchi kichik modul
    Keys-stadi bilan tanishayotganda talaba o‘zini huddi keysningyozuvchisidek his qilib, sodir bo‘layotgan voqealarni o‘z boshidan o„takazayotgandek harakat qilishi kerak. Shundagina keys samarali faoliyatga aylana oladi. Keys tavsifida hamma ma’lumotlar yig‘iladi, xulosalar qilinadi, o‘quvchilarga vaziyat bilan tanishtiriladi va o‘qituvchi bu jarayonda boshqaruvchi vazifasini boshqaradi.
    Keysni tuzayayotgan paytdagi qanday qilib talabalarni qiziqishini ortirish mumkin, u qanday yozilsa talaba o‘zini uning qahromonidek his qiladi, izlanadi va jarayonga bo„lgan munosabati oshadi.
    Keys yozishda uchta asosiy bosqich mavjud: ma’lumot yig‘ish, tahlil va yozish. Jarayon ma’lumot yig‘ishdan boshlanadi, yakunlash bosqichiga yetib borganda ham yana orqaga qaytib ko‘proq ma’lumot yig‘iladi. Tadqiqot bosqichi:

    1. Kutubxona va internet ma’lumotlari. Mavzu borasida oldin yozilgan ma’lumotlarni toping va keysiningiz to’grisidagi muhim maqolalarni o‘qing. Shu jarayonni amalga oshirsangiz, yechim talab qiladigan muammoning javobiga duch kelishingiz yoki siz shunaqa qiziqarli g‘oyalarni o‘zingizni keys tuzilmangizda qo‘llashingiz mumkin. Misol qilib oladigan bo‘lsak, sizning keysingiz innovatsion pedagogik texnologiyalarni dars jarayonlarida qo‘llash mavzusida bo‘lsa, siz shu mavzu asosida ma’lumotlar yig‘asiz, afzaliklari, kamchiliklarni tahlil qilasiz. Birinchi navbatda dars jarayonlarini kuzatasiz, mavjud iqlimni o‘rganasiz, anketa, so‘rovnoma metodlaridan foydalanib talabalarning darsga bo‘lgan munosabatini tahlil qilasiz. Shundagina sizning keysingiz mavzusi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘iladi. Ma’lumotlarni o‘rganish jarayonida shu soha vakillari bilan ham suhbatlar olib boriladi, ularning mulohazalarini ham keysda aks etadi, shuningdek siz tuzayotgan keys o‘zining aniqligi dolzarbligi bilan ajralib turishi kerak, shundagina uning o‘quvchisida keskin, bahslashishga sabab bo‘luvchi fikrlar paydo bo‘ladi.

    2. Yana bir misol ta‘lim sohasida doimo yuzaga keluvchi bir muammo mavjud. Bu o‘qituvchi va o„quvchi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, buni yo„qotish yoki oldini olish har bir davrda ta‘lim oldida turgan muammo bo„lgan, bo„lip keliyapti. Hamisha ikki savol tug‘iladi, yomon o„qituvchilar bo„ladimi yoki yomon o‘quvchilarmi? Bu kabi muammolarni yechishda o„qituvchi faoliyatini, uning shaxsiy-kasbiy kasb malakalarini o‘rganishdan boshlash kerak, shuningdek o‘quvchining shaxs sifatida shakllanish bosqichlarini tahlil qilish lozim. Bu holatlarning yakuni keysning mukammal tuzilmasiga olib boradi

    3. Keys vaziyatidagi holatlarga duch kelgan o‘qituvchi, o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazish.

    Keysdagi vaziyat holatlaridan kelib chiqib, jarayoni o‘rganish maqsadida biror bir ta’lim muasasasi tanlab olinadi va shu yerdagi o‘qituvchi, o„quvchi o‘rtasidagi pedagogik munosabatlar o‘rganiladi. O‘rganish uchun asosiy vosita sifatida so‘rovnomalardan foydalanish mumkin. So‘rovnomalar o‘qituvchi va o‘quvchilarga alohida tayyorlanadi.
    So‘rovnomalarning javoblari keys uchun asosiy ma’lumot bazasi bo‘ladi, bu orqali o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining sabablarini tahlil qilish mumkin. Tahlil bosqichi.

    1. Hamma ma’lumotlarni bitta joyga yig‘ish. Tahlilning bu bosqichida barcha ma’lumotlar yig‘iladi, ya’ni so‘rovnoma javoblari,mavzuga tegishli maqolalar, kitoblar va h.k Ularda keltirilgan ma’lumotlarning vaziyatga tegishlilari tanlab olinadi. Ma’lumotlar asosida keysdagi vaziyat tuziladi, uning talabalar uchun tushunarli, qiziqarli bo‘lishi undagi ma’lumotlarning aniqligiga bog‘liq bo„ladi.

    2. Materialni har hil odamlarga bo‘lib berish. Har bir talaba yoki guruh nima haqiqatdan ham muhimligini, nima bo‘layotganini va keysni o‘rganuvchi uni tushunish uchun nimalarni bilishlari shartligini aniqlab olishi kerak. Masalan, o‘qituvchi va o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni bitta jadvalga kirgizish mumkin.

    3. Keys muammosining xulosasini shakllantirish. Bu jarayon amalga oshirishda, ko‘proq ma’lumot talab qilinadi. Muammoni shakllantirib bo‘lganingizdan so‘ng, siz talabalarni muammo tog‘risida fikrlashlarini, uni qismlarga bo‘lib o‘rganishlarini rejalashtirasiz. Har bir qism jumboqning bir bo‘lagi bo‘lib, ularni har biri muhokamani talab qiladi.


    Download 68,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 68,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modul mavzusi: ta’lim tizimida keys-stadi texnologiyalaridan foydalanish mahorati

    Download 68,12 Kb.