Mom darslik doc




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


59 
10 IChIDA Raqamlash ME
ТODIKASI 
 
«O‘nlik» mavzusida sonlarni raqamlash, tayyorgarlik davri. 
Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayy-
orgarlikka ega bo‘ladi. Bolalar bog‘chasi yoki ba’zi oilalarda tayyorgarligi 
bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o‘qish, sanash, teskari sanash, yozish 
malakalariga ega bo‘ladilar. Ba’zan, mutlaqo tayyorgarlikka ega bo‘lmagan 
bolalar keladilar. Shuning uchun o‘qituvchinig vazifasi 1-sinfga kelgan bola-
larning tayyorgarligini individual aniqlashdir. Bu ish o‘qish boshlanguncha 
yoki birinchi haftadayoq amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi tax-
miniy savollar bo‘lishi mumkin:
1. Sanashni bilasizmi? Sanang-chi? 
2. Doiracha, cho‘p, bayroqchalarni sanang-chi? 
3. Stolda qancha qalam bo‘lsa, shuncha bayroqcha oling. 
4. Qaysi doirachalar ko‘p? Qizillarimi, ko‘klarimi? 
5.
Тartib bilan qo‘yilgan narsalarni tartib bilan sanang. 
6. 5–1, 8–2, 4–3 kabi savollar. 
Har bir o‘quvchining bilim darajasini hisobga olish maqsadida o‘qituvchi 
quyidagi jadval bilan qaydnoma tuzadi: 
№VaqtiFamiliyasi 
ismi...ga 
cha sanay oladipredmet sano 
g‘iqancha bo‘lsa 
shunchako‘zda chama- 
labqayta sanash taqqoslashung- 
dan chapgayuqorigapastga 
1. 25.08Ahmedov A9+ + -+ + + + - 
2.25.08Valiyeva S15-+ + + -+ + - 
Тayyorgarlik davrining (6–7 mashg‘ulot) asosiy vazifasi raqamlashni 
o‘rganishga o‘tish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar, malakalar va 
ko‘nikmalarni aniqlash. 
1-sinfning 1- mavzusi 1-o‘nlik sonlarini raqamlashdan iborat. Bunda bo-
lalar sanoq malakasini hosil qilish, 1–10 ta son haqidagi tasavvur shakllan-
tirish, sonlar qatorini hosil qilish kabi ishlarni bajarish kerak. 10 ichida 
raqamlashda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini 
shakllantirish va 1–10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib 
berishi va bu asosda natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan ibo-
rat. Raqamlashni bilish natijasida o‘quvchilar quyidagilarga erishadilar: 
1. 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini to‘la o‘zlashtirish. 
2. Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‘rsatilganda har bir narsaning 
tartib raqamini aytib bera olishi. 
3. Sonlarning 1 dan 10 gacha har bir son qanday hosil bo‘lishi (1 ni 
qo‘shish yoki 1 ni ayirish bilan). 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


60 
4. Raqamlarni o‘qiy olishlari va har bir raqamga mos keladigan narsalar 
to‘plamini mos keltirishi. 
5. Sonlarning katta, kichik, tengliklarini bilish. 
6. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarini bir necha qo‘shiluvchilardan iborat 
qilib yoza olishni. 
7. 2+1, 4-1, 1+3 kabi yozuvlarni o‘qiy olishi va natijasini hisoblay olishi; 
8. Doira, kvadrat, uchburchaklarni bir-biridan farqlab, nomlarini aytish va 
ularni chiza olishi; 
Natijada quyidagi savollarga qiynalmasdan javob bera oladigan bo‘lsin: 
1. U yoki bu son qanday hosil qilinishi mumkin? 4+1=5, 6-1=5 kabi. 
2. Son qanday ataladi va u bosma va yozma raqamlar bilan qanday 
yoziladi? 
3. Berilgan son bilan qo‘shni sonlar orasida qanday munosabatlar 
mavjud (<,>, =) 
10 ichida sonlarni raqamlashda quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni 
egallab olishi kerak. 
1. 1–10 raqamlashni va ularning ketma-ketligini. 
2. Har qanday sonning sonlar qatoridagi o‘rnini. 
3. Sonlarni taqqoslashni (<,>, =) belgilarni qo‘ya olishi 
Bu bosqichda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini 
shakllantirish va 1–10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib 
berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida 
ta’riflashdan iborat. 
Bu vazifalardan kelib chiqib mavzuni o‘rganish rejasi tuzuladi. Natural 
raqamlar tartibi o‘quvchilarda bu qatorning hosil bo‘lish tushunchalarini 
ongli o‘zlashtirishiga imkon beradi. Shunga e’tibor qilish kerakki har gal 
avvalgi o‘tilgan raqamlar qatori qayta ko‘rib chiqiladi va o‘rganilayotgan 
yangi raqamlar ilgarigi tartibni davomi ekanligiga diqqat qaratiladi. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish