• 100 ICHIDA RAQAMLASH ME ТODIKASI Mavzuni o‘rganish masalalari
  • Mom darslik doc




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/62
    Sana27.02.2023
    Hajmi0.6 Mb.
    #43711
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
    Bog'liq
    “Бошланғич синфларда математика
    Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    PDF created with pdfFactory Pro trial version 
    www.pdffactory.com


    61 
    100 ICHIDA RAQAMLASH ME
    ТODIKASI 
     
    Mavzuni o‘rganish masalalari: 
    1.O‘quvchilarni yangi sanoq birligi o‘nliklar bi-
    lan tanishtirish. 
    2.Xonalar bo‘yicha tushuncha, ikki xonali 
    sonlar ikkita raqamdan, birlik va o‘nlikdan ibo-
    ratligini, bitta o‘nlik esa o‘nta birlikdan iborat-
    ligini o‘rgatish. 
    3. 46 sonidagi ikkita raqam bitta sonni 
    bildirishini tushuntirish 
    4.Raqamlar xonasini bilganlikka asoslangan 
    holda 
    qo‘shish 
    va 
    ayirish 
    ko‘nikmalarini 
    shakllantirish. 
    5.Ikki xonali sonlarni bilganlikka asoslanib 
    yangi o‘lchov birliklari uzunlik (dm, m) haqida 
    tushuncha berish. 
    6. 
    100 
    ichida 
    sonlarni 
    raqamlashni 
    o‘rgatishda predmetlarni bittalab va guruhlab 
    sanashga o‘rgatish: 
    7. 100 ichida sonlarni o‘qish va yozishga 
    o‘rgatish xona birliklari bilan tanishtirish. 
    Raqamlashni o‘rgatish ikki bosqichga ajratiladi: 
    11–20 sonlarni raqamlash va 21–100 sonlarni raqamlash. 
    10 dan katta sonlarni yozma raqamlash sanoqda birliklarni o‘nli guruh-
    lashga va raqamlarning o‘rin qiymatlari tamoyilini qo‘llanishga asoslangan: 
    o‘ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o‘ringa, o‘nliklar ikkinchi 
    o‘ringa yoziladi. 20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni 
    mustahkamlash bo‘yicha ish davomida o‘quvchilar bir xonali son va ikki 
    xonali son atamalari («Bir xonali son» va «Ikki xonali son» atamalarini 
    o‘quvchilar o‘zlashtirishlari, ularni tushunishini va o‘z nutqlarida ulardan 
    foydalana olishni o‘rganishlari kerak) bilan tanishadilar.O‘quvchilarga quyi-
    dagi ko‘rinishdagi topshiriqlarni berish yo‘li bilan bu atamalardan tez-tez 
    foydalanish kerak: 
    PDF created with pdfFactory Pro trial version 
    www.pdffactory.com


    62 
    1) Quyidagi sonlar qatoridan bir xonali va ikki xonali sonlarni alohida-
    alohida ajratib yozing: 1, 11, 7,9, 12, 14, 10, 13, 15, 6, 19…………. 
    2) 6 ta bir xonali ixtiyoriy son yozing va har birini 10 ta ortiring. Ularni 
    o‘qing?. 
    3)1 va 2 raqamlari yordamida avval bir xonali, so‘ngra ikki xonali 
    sonlarni yozing. 
    4) Faqat 2 raqamidan foydalanib bir xonali va ikki xonali son yozing. 
    Bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilarning e’tiborini 22 sonini yozish 
    uchun bitta 2 raqamining o‘zidan ikki marta foydalanilgan, bu son bir xil ik-
    kita belgi yordamida yozilganligiga qaratish kerak. 
    O‘quvchilarni 20 ichida, so‘ngra 100 ichida sonlarni o‘rganishda avval 
    tayyorgarlik bosqichi olib borilib so‘ngra og‘zaki raqamlash va yozma 
    raqamlash amalga oshiriladi. 
    20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkam-
    lashga doir ish davomida o‘quvchilar bir xonali son va ikki xonali son ata-
    malari bilan tanishadilar.Masalan: 3, 8, 10, 12, 17, 20. 
    Raqamlash jarayonida 11-20 sonlarini hosil bo‘lishi didaktik materiallar 
    bilan mustahkamlanadi. 
    1. Sonlar kassasidan 10 ta birlik oling va buni boshqacha qanday aytish 
    mumkin? ( bitta o‘nlik) 
    2. O‘n ikki sonida nechta o‘nlik va nechta birlik bor? 
    3. Sanoq cho‘plar yordamida 15 ta cho‘pni ajrating, 10 ta cho‘pni alo-
    hida o‘nlik qilib bog‘lang, bu nechta o‘nlik va nechta birlik bo‘lishini ayting. 
    4.Uzunligi 13 ta bo‘lgan qatorni chizing, 10 ta katakni bo‘yang. Nechata 
    katak bo‘yalgan? 
    5.Bir o‘nlik va beshta cho‘p oling - hammasi qancha bo‘ldi? 
    6.Qanday son bir o‘nlik va 9 birlikdan iborat?……… 
    100 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishda o‘qituvchining vazifasi bo-
    lalarni quyidagilarni o‘rgatishdan iborat. 
    1. Predmetlarni bittalab, o‘ntalab, va yuztalab guruhlarga birlashtirib 
    yozish. 
    2. 100 ichida sonlarni o‘qish va yozishni hamda ularning natural qa-
    torida kelish tartibini bilish. 
    3. Sonlarni yuzliklardan, o‘nliklardan va birliklardan hosil qila olish ( ya’ni 
    sonlarning o‘nli tarkibini bilish) 
    4. O‘ngdan chapga hisoblaganda birliklar (xona birliklari) o‘nliklar (2-
    xona) yuzliklar (3-xona) qaysi o‘ringa yozilishini aniqlash. 
    5. Sonni (ikki va uch xonali) xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida 
    ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish.
    1-topshiriq. Birinchi sinf darsligidan : 
    a)o‘quvchilar raqamlashni o‘zlashtirishini tekshirishga oid mashqlar 
    tanlang. 
    b) ikkki xonali sonlarni o‘qish va yozish malakasini shakllantiradigan 
    mashqlar tuzing. 
    PDF created with pdfFactory Pro trial version 
    www.pdffactory.com


    63 
    2-topshiriq. Yuz ichida raqamlash jarayonida uzunlik o‘lchov birligi 
    (dm)ni kiritish qanaqa ahamiyatga ega ekanligini tushuntiring. Uzunliklarni 
    o‘lchashning yangi birligi – detsimetr bilan tanishtirish, kesmalarni santimetr 
    va detsimetr bilan o‘lchashga oid mashqlar natijasida detsimetr va santi-
    metrlarda ifodalangan sonlar hosil bo‘ladi, ikkinchi o‘nlik sonlarini raqam-
    lashni o‘zlashtirishga yordam beradi. Ikki xil o‘lchov birligi bilan o‘lchash 
    o‘quvchilarga sonlarning o‘nlik va birliklarda hosil bo‘lishini o‘zlashtirishga 
    yordam beradi: agar kesmaning uzunligi 1 dm va 5 sm bo‘lsa, demak, unga 
    1 o‘nlik sm va 5 sm sig‘adi, degan so‘zdir. 
    3-topshiriq. O‘quvchilar ikki xonali sonlar tarkibini o‘rganishda beriladi-
    gan bilim, hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalarga oid mashqlar tuzing. ( 
    tanlang) 
    Birinchi xona birliklari, ikkinchi xona birliklari sonlarning o‘nli tarkiblarini 
    tahlil etish jarayonida amaliy ravishda kiritiladi. Masalan, 35 sonida 3 o‘nlik 
    va 5 birlik bor deyiladi yoki 35 soni birinchi xonaning 5 birligidan va 2-
    xonaning 3 birligidan tashkil topgan. O‘quvchilarning raqamlashga doir 
    bilimlari keyinchalik 100 ichida qo‘shish va va ayirish amallarini o‘rganish 
    uchun zamin hozirlaydi. 
    100 ichida sonlarni raqamlash metodikasini 
    o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalar, 
    malakalarni egallab olishlari kerak: 
    1. 100 ichida raqamlashda sonlarning nomlarini 
    o‘zlashtirish, ular o‘nliklardan va birliklardan qanday 
    hosil bo‘lishini tushuntirish 
    2..Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish. 
    Sonlarning natural ketma-ketligidagi o‘rinlarini bil-
    ganlikka asoslanib sonlarni taqqoslab olish. ( 45 
    katta 35, chunki to‘rt o‘nlik katta uch o‘nlik........ 4 
    o’nl.5 bir.> 3 o’nl.5 bir ).
    3. 100 ichida sonlarni yozish va o‘qiy bilish 
    4.Natural ketma-ketlikka asoslanib sonlarni
    ( 39+1, 50–1, 27+1, 27–1, 75–1....., ko‘rinishdagi) 
    qo‘shish 
    va 
    ayirishni, 
    sonlarni 
    xona 
    qo‘shiluvchilarining yig‘indisi bilan (68=60+8) al-
    mashtirish malakasini egallab olish.
    PDF created with pdfFactory Pro trial version 
    www.pdffactory.com


    64 

    Download 0.6 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish