Mom darslik doc




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
 Bilimlarni nazorat qilish turlari
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


53 
Bilimlarni nazorat qilishning quyidagi turlari mavjud: 
1) Joriy ( kundalik) nazorat. 
2) Oraliq ( tematik) nazorat . 
3) Yakuniy ( davriy ) nazorat. 
Joriy nazorat qilishda bilimlarni har bir sinf uchun mo‘ljallangan darslik 
va dastur bo‘yicha olib boriladi. Har bir darsda o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirish 
sifatini aniqlaydi va har bir darsda daftardagi uy vazifasini, o‘tilgan mavzuni 
o‘zlashtirilganini tekshiradi va baholaydi.
Joriy nazoratning asosiy metodi uy vazifasini tekshirish va ular bilan 
savol-javob o‘tkazishdir. O‘qituvchi darsda nimani va kimdan so‘rashligini 
rejalashtirib kelishi zarur. O‘qituvchi har bir darsda ilgari o‘tilgan materi-
aldan foydalanadi, chunki har bir yangi tushuncha ilgari o‘rganilgan bilimlar 
asosida tushuntiriladi. Joriy nazorat o‘tilgan materialni qayta eslashga im-
kon beradi, yangi material bilan ilgari o‘rganilgan material o‘rtasidagi uzviy 
bog‘lanishni vujudga keltiradi. O‘qituvchi har bir darsni rejalashtirayotganda 
joriy nazoratning quyidagi uch xil ko‘rinishini e’tiborga olishi kerak:
a) o‘tgan darsning materialini so‘rash ;
b) ilgari o‘tilgan bo‘lib, hozir o‘tiladigan darsga bevosita bog‘liq bo‘lgan 
materialni so‘rash; 
v) darsda tushuntirilgan materialni mustahkamlash maqsadida so‘rash. 
O‘qituvchi darsga tayyorlanganda har uchchala tur nazorat uchun ham 
savollar majmuasini tuzib kelishi zarur.
2) Oraliq (tematik nazorat). 
O‘quv dasturidagi asosiy tushunchalar darslar tizimi orqali o‘tib 
bo‘lgandan keyin, yoki darslikdagi biror bob tugagandan keyin oraliq na-
zorat o‘tkaziladi. Oraliq nazorat uchun maxsus uquv, malaka va 
ko‘nikmalarni nazorat qilish darsi o‘tkaziladi, u o‘qituvchining ish rejasida 
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Har bir bobda o‘zlashtirilgan tushunchalar keyingi o‘quv ishini muvaf-
faqiyatli olib borish uchun zarurdir. Shu sababdan oraliq nazorat darsini 
o‘tkazishga oldingi bobdagi asosiy tushunchalarni takrorlash, kamchiliklarni 
to‘g‘rilash zarurati tug‘iladi.
So‘rash rejasiga o‘qituvchi savollar majmuasini tuzadi, misol, masala-
larni yechishni aniqlaydi. Natijada oldingi o‘tilgan o‘quv materialining qaysi 
savollarini yaxshi, qaysi savollarini yomon o‘zlashtirilganligi aniqlanadi. 
Yomon o‘zlashtirilgan savollarga aniqlik kiritiladi, qayta takrorlanadi. 
O‘quvchilar bilimiga yarasha baholanadi. 
Masalan, 2-sinfda «20 ichida sonlarni qo‘shish va ayirish» bobidan
keyin oraliq nazorat o‘tkaziladi. 
Yakuniy nazorat 
Bu nazorat chorak, yarim yil, yil oxirilarida o‘tkazilib, unga ham max-
sus «O‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish» darsi ajrati-
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


54 
ladi. Shu vaqt davomida olgan bilimlar yuzasidan savollar tuziladi, yozma 
ish o‘tkaziladi va baholanadi.
Yakuniy nazoratda olgan ballarini to‘plash va uni baholashda
o‘qituvchi maxsus daftarida quyidagicha qaydnoma yuritsa yaxshi bo‘ladi.
Baholash va baho me’yorlari  
O‘quvchilarning bilimi va malakalaridagi asosiy kamchiliklarining hi-
sobga olib borilishi o‘qituvchiga o‘zi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni bilishga va
o‘quvchilarning yutuq va kamchiliklarini aniqlashga katta yordam beradi. 
O‘quvchilar bilimi, malakasi, ko‘nikmasini tekshirish har doim baholash bi-
lan olib boriladi. 
O‘qituvchi qo‘ygan baho o‘quvchilar o‘z-o‘ziga beradigan baho bilan 
bir xil bo‘lgandagina eng ko‘p samara beradi. O‘quvchilarning bilimini
tizimli baholash, ularning yutuq va kamchiliklarini xarakterlash o‘qituvchiga
sinfdagi mavjud o‘zlashtirish vaziyatini aniqlashga olib keladi. 
O‘quvchilarning o‘zlashtirishini xarakterlash uchun baho ham zarurdir. 
Chunki, o‘quvchi qancha ko‘p baholansa, shunchalik ko‘p tayyorlanishga,
uy vazifasini bajarishga intiladi, doimo dars uchun sergak bo‘lib turadi. 
Hozirgi paytda baho normalari 100 ballik bo‘lib, uni 5 ballikka aylan-
tirish orqali amalga oshirilmoqda. 
«2» baho «55» ballgacha. 
«3» baho «55-70» ball. 
«4» baho «71-85» ball. 
«5» baho «86-100» ballar orasida qo‘yiladi. 
Nazorat savollari: 
1.O‘qitish vositalari deyilganda nimalar tushuniladi va ularning asosiy 
vazifalari nimalardan iborat? 
2.Darsliklar bilan ishlash qanday yo‘nalishlarda olib boriladi? 
3.Ko‘rsatmalilikdan foydalanishning ahamiyati va maqsadlari nimalar-
dan iborat? 

Download 0.6 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish