Mom darslik doc




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/62
Sana27.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#43711
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
Bog'liq
“Бошланғич синфларда математика
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, Узбекистон республикаси олий ва урта, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
2.MASSA (vazn, og‘irlik ). 
Bu bo‘limda o‘quvchilar massa (vazn) tushunchasi va uning o‘lchov 
birligi - «kilogramm» bilan tanishadilar. Bu mavzuni o‘rganishdagi atama-
larga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Sababi, so‘nggi vaqtlar-
gacha massani oddiy tarozda tortib, uning ko‘rsatkichlarini «og‘irlik» deb 
atar edilar. Vaholanki, massa va og‘irlik bir xil narsa emas. Og‘irlik – mas-
sani tezlanishga ko‘paytmasidan iborat bo‘lgan kuchdir. Shuning uchun bo-
lalarga savol berilganda «ushbu predmetni og‘irligi qancha?» deb emas, 
«ushbu predmetning massasi qancha?» deb so‘rash joiz bo‘ladi.
Savolning bunday shaklda qo‘yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan. 
Massa haqida tasavvurni shakllantirish metodikasida quyidagi bosqich-
larni ajratish mumkin. 
Bolalarda massa haqida qanday tushuncha borligini aniqlab olish kerak. 
Buning uchun o‘qituvchi shunday vaziyatdan foydalanish mumkin. 
Stolga ikkita bir xil rangli va o‘lchamli ikkita kubikni qo‘yish lozim. (Ularn-
ing birini yog‘ochdan, ikkinchisini kartondan yasash mumkin. Ularning 
tashqi tomondan farqi bo‘lmasligi kerak).O‘qituvchi bu ikkala kubik bir xil 
bo‘lsa ham, ularning o‘rtasida farqlar borligini tushuntirishi kerak. Shunda 
bolalarda bu farq nimada ekanligiga qiziqish uyg‘onadi. Ba’zi bolalar esa 
kubiklarni yaqindan va hatto ko‘tarib ko‘rishga harakat qilishadi. Shunda 
o‘qituvchi «og‘irroq» va «yengilroq»predmetning massasi bilan bog‘liq si-
fati ekanini tushintiradi. Matematikada «og‘irroq» va «engilroq» so‘zlari 
o‘rniga «Ushbu predmetning massasi ko‘p (yoki kam)» degan iboralar ish-
latiladi. So‘ng o‘qituvchi har bir o‘quvchiga (massasiga ko‘ra bir-biridan 
farq qiluvchi) ikkita kitobni ikki qo‘liga olib, ulardan qay biri og‘iriroq ekanini 
so‘raydi. Javob turlicha bo‘lishi mumkin. Shunda o‘qituvchi predmetlar 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


70 
massasini qo‘lga olib chamalash mushkul ekanligini uqtiradi. Bunday hol-
larda eng oddiy pallali tarozilardan foydalanish mumkinligini tushintiradi va 
predmetlar massasini taqqoslash jarayonida undan foydalanish yo‘llarini 
tushuntiradi. Zaruriy tajribaga esa amaliy mashqlar davomida erishiladi. 
O‘quvchilarning diqqatini taroz pallalari bo‘sh vaqtida ko‘rsatkich tillarning 
holatiga, so‘ngra esa, pallalarga har xil buyum qo‘yilgandan keyingi ho-
latga qaratiladi. 
O‘qituvchi bolalarga, uzunlikni o‘lchashda qo‘llanilgani kabi, massani 
o‘lchash uchun o‘lchov birligi zarurligini ma’lum qiladi. Bunday o‘lchov birligi 
sifatida «kilogramm» qabul qilingan. 
O‘qituvchi 1 kg, 2 kg, 5 kg li taroz toshlarini namoyish etadi. O‘quvchilar 
toshlarini o‘lchash (tortish) bo‘yicha mashqlarni o‘tkazadilar. Buning oqi-
batida ular miqdorlar haqida tasavvurni kengaytirish o‘lchov bilan boshqa 
mavzularni kengroq anglash, hisob-kitob bo‘yicha ko‘nikmalarini mukam-
mallashtiradilar.
Massalarning yig‘indisi, ayirmasi yoki qoldig‘ini topish bilan bog‘liq ma-
salalarni yechish jarayonida o‘quvchilar bir xil nomdagi birliklarda ifodalan-
gan miqdorlarni qo‘shish va ayirishga oid vazifalarni bajaradilar. 
4. Hajm. 
Hajm tushunchasi va uning o‘lchov birligi litr tushunchasi bilan bolalar 
birinchi sinfda tanishadilar. 4- sinfda hajm o‘lchov birligining sodda 
ko‘rinishlari o‘rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o‘rganishda bir nomli 
ko‘rsatkichdan boshqa nomli ko‘rsatkichga o‘tish, ikki xil nomdagi hajm 
miqdorini qo‘shish va ayirish kabi jarayonlar bo‘lmaydi. 
Hajm va uning o‘lchov birligi litr bilan tanishish jarayonida quyidagi 
muammoli holatlardan foydalanish mumkin. 
1. O‘qituvchi stolida suv to‘latilgan ikki xil idish turibdi. Har ikkovida suv 
bir xil to‘latigan bo‘lsa ham idishlardan biri ingichka, ikkinchisi esa yo‘g‘on 
va ikki xil hajmda ikkita stakan (ularni 1 va 2 deb belgilaymiz) va suvni 
quyish uchun ishlatiladigan yana boshqa uchinchi idish bor.
O‘qituvchi 1 sonli stakan bilan har ikkala idishdagi suvlar hajmini 
o‘lchashni topshiradi. O‘quvchilar katta idishda 10 stakan, kichik idishda 5 
stakan suv borligini aniqlaydilar. Bundan tegishli xulosa chiqariladi.
Keyin ikkinchi stakan bilan har ikki idishdagi suv o‘lchanadi. Bu holatda 
katta idishdagi suv 4 stakan, kichik stakandagi suv 2 stakan chiqadi. Ya’ni 
xulosa qilinadi.
Endi o‘qituvchi katta idishdagi suvni ikkinchi stakan bilan, kichik idish-
dagi suvni birinchi stakan bilan o‘lchashni topshiradi. Yakunlarni muho-
kama qilish o‘quvchilarni shunday xulosalarga olib keladiki, idishlardagi suv 
hajmini o‘lchash va taqqoslash uchun bitta o‘lchov birligidan bitta stakan-
dan foydalanish zarur ekan. Bu holatda uzunlikni santimetr bilan, massani 
esa kilogramlar bilan o‘lchashni misol keltirib, hajmni o‘lchash uchun litrdan 
o‘lchov birligi sifatida foydalanishni tushuntiradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


71 
2. Suvli ikki idishdan biri kengroq ikkinchisi uzunchoq bo‘lib, ikkinchisi-
dagi suvning balandligi birinchisiga nisbatan yuqoriroq. O‘qituvchi savol 
beradi: «Bu idishlarning qaysi birida suv ko‘proq?». Javoblar turlicha 
bo‘ladi. Qaysi idishda suv ko‘proq ekanligini hal etish kerak. 
O‘quvchilarning o‘zlari idishlardagi suvni o‘lchash uchun uchinchi idishdan 
foydalanishni taklif etadi. Bolalar suvni o‘lchash jarayonida har ikkala 
idishda ham bir xil hajmdagi bir xil suv bor degan fikrlarga kelishlari ham 
mumkin. O‘qituvchi o‘lchovlar yakuni bo‘yicha qo‘yidagicha xulosaga ke-
ladi: turli hajmli idishlarda turli miqdorda suv bo‘lishi mumkin va ularni 
yuzaki chamalash mumkin emasligini, o‘lchov yo‘li bilan aniq natijaga erish-
ish mumkinligini tushuntiradi. Hajmning o‘lchov birligi kiritilganidan so‘ng 
turli amaliy mashqlar bajariladi. Masalan: «Bir idishda 5 l suv bor, ikkinchis-
ida 3 l suv bor. Har ikkala idishdagi suvlar hajmi teng bo‘lishi uchun nima 
qilishi kerak?». (Birinchi idishdan ikkinchisiga suv quyilsa unda ikkala 
idishda 4 litrdan suv bo‘ladi, yoki birinchi idishdagi 2 l suv to‘kib tashlansa,
har ikkala idishdagi suvning hajmi teng bo‘ladi). «Bir idishda 3 l. suv bor. 
Ikkinchisida esa 2 l. ko‘proq. Nima qilsak, ikkinchi idishda birinchi idishga 
nisbatan 1 l suv ko‘proq bo‘ladi?». 
Birinchi masala kabi, bu ham bolalarda fikrlash haqiqiy javobni topish 
davomida aqliy harakatni yuzaga keltiradi. Masalan, bolalar, birinchi 
idishga 1 l suv qo‘shimcha quyishni, yoki birinchisiga 2 l, ikkinchisiga 1 l 
suv yana quyishni taklif etishlari mumkin. Bu takliflarning hammasi amalda 
bajarilib ko‘rilishi kerak, ya’ni, hajmni o‘lchash bo‘yicha mashqlarga aylan-
ishi kerak. Yuqorida keltirilgan vazifalar bolalarda oddiy holat – idishdagi 
suvni stakan bilan o‘lchashga nisbatan ko‘proq qiziqish uyg‘otish mumkin.
5.Vaqt. 
Mavjud dastur bo‘yicha vaqt miqdori va uning o‘lchov birliklari bilan tan-
ishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish 
jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi 
sinfdanoq boshlamoq lozim. 
O‘quvchilarning kunlar va oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar 
soni qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ish-
lar birinchi sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi.
2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar 
o‘rganiladi. 3-sinfda esa, sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bola-
larda vaqt haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt 
birliklari haqida tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish 
yaxshi samara berishi mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan 
so‘ng bir minut o‘tgach,bolalar ham qarsak chalishini tushuntiradi. (bolalar 
bir minut vaqt o‘tishi uchun 60 gacha sanashlari kerak ). Kalendar bilan ish-
lash ham yaxshi natija beradi. Darslikda keltirilgan mashqlarni bajarish 
davomida bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va 
ularning davomiyligini bilib oladilar. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish