2.1-rasm . Mehnat bozorining tarkibiy qismlari Mehnat sohasidagi davlat boshqaruvini 0 ‘zbekiston Respublikasi Bandlik va
mehnat vazirligi hamda uning hududiy organlari amalga oshiradi.
Davlat bozor munosabatlarining subyekti sifatida quyidagi funksiyalami
bajaradi (2.2-rasm):
- ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ish joylari
yaratilishini rag‘batlantirish orqali ish bilan bandlikni ta’minlash;
- qonunchilik funksiyalari - ijtimoiy mehnat sohasiga doir normativ-huquqiy
hujjatlami ishlab chiqish, qabul qilish va ijrosini ta’minlash;- tartibga soluvchi
funksiyalar.
a) mehnat bozorini bilvosita usullar bilan tartibga solish;
b) bozor subyektlarining huquq va majburiyatlarini belgilash;
g) ish bilan bandlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
d) mehnat bozori subyektlari o‘rtasida har yilgi Bosh va tarmoq kelishuvlarini
tuzish;
- himoya qilish funksiyasi - mehnat bozori subyektlarining huquqlarini himoya
qilish;
- ish beruvchi funksiyasi - davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalari;
- hakamlik funksiyasi - yollanma xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi
mehnat nizolarini hal qilish
.
2.2-rasm. Davlatning bozor munosabatlarining subyekti sifatidagi funksiyalari Mehnat bozori amal qilishining huquqiy asoslari 0 ‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi
qonun, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, 0 ‘zbekiston
Respublikasi VazirlarMahkamasining qarorlarida mustahkamlab qo‘yilgan. Ularda
fuqarolaming mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida
ishlash va qonunda belgilangan iartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqlarining
kafolatlari belgilangan.
Mehnat bozorining konyunkturasi deyilganda, mehnat bozorida ish kuchiga talab
va uning taklifi nisbati tushuniladi. Shu ma’noda mehnat bozori konyunkturasining
ish kuchi taklifi ortiqchaligi, ish kuchi taklifi kamligi hamda ish kuchiga talab va
uning taklifi mutanosibligi turlari farqlanadi