-rasm. Mehnat bozorining turlari




Download 324,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana22.05.2024
Hajmi324,79 Kb.
#250175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi pdf

2.3-rasm. Mehnat bozorining turlari 
.Mehnat bozorining infratuzilmasiga uning amal etishini 
ta’minlaydigantashkilotlar (ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi davlat 
tashkilotlari, shuningdek,xususiy ish bilan bandlik xizmatlari, jamg‘armalar, 
moliya va sug‘urtamuassasalari,ish joylari to‘g ‘risida ma’lumot banklari, statistika 
axborotlari va boshqalar) kiradi.Mehnat bozori nazariyasida u turli belgilari 
bo‘yicha tasniflanadi. Ushbu belgilami umumlashtirgan holda ulami 
quyidagichaguruhlash mumkin. 
1. 
Hududiy mezonlar asosida: xalqaro, umummilliy, mintaqaviy, mahalliy va 
ichki firma mehnat bozori.Xalqaro mehnat bozori milliy va hududiy mehnat 
bozorlarini ham qamrab olib,mehnat va kapital migratsiyasini nazarda tutadi. 
Umummilliy mehnat bozori mamlakat butun ijtimoiy ishlab chiqarishini qamrab 
oladi. 
Mintaqaviy mehnat bozori mehnat resurslarini ish kuchi ortiqcha bo‘lgan 
hududlardan ish kuchiga talab yuqori bo‘lgan hududlarga taqsimlash imkoniyatini 
beradi.Mahalliy mehnat bozori ish kuchining xo‘jalik yurituvchi subyektlar o 
‘rtasida harakatchanligini ko‘zda tutadi. 
Ichki firma mehnat bozori esa xodimlaming bir korxona ichidagi harakatlanishiga 
asoslangan, bunda xodim yoki o‘zi ishlab turgan ish joyida 
bajarayotgan ishlar va xizmati xususiyatiga o‘xshash yangi ish joyiga o‘tadi, yoki 
yuqoriroq xizmat mansabi va razryadiga o‘tkaziladi. 
2. 
Raqobat belgisi bo‘yicha: mukammal raqobat, monopsoniya, kasaba 
uyushmalari ishtirokidagi va ikki tomonlama monopsoniya mehnat bozorlari. 
Mukammal raqobat bozorida: 
- ko‘p miqdordagi firmalar mehnat bozorida muayyan mehnat turini yollashda 
bir-birlari bilan raqobatda bo‘ladi; 
- bir xil malakaga ega ko‘p sonli malakali ishchilar mehnat bozorida bir-biridan 
mustaqil ravishda mazkur mehnat xizmatini taklif etadilar;- firmalar ham, 
yollanma xodimlar ham ish haqining bozor stavkasi ustidan 
nazoratni amalga oshira olmaydi. Ular ish haqi darajasi qanday bo‘lishini belgilay 
olmaydi. 
Monopsoniya mehnat bozori. Uni bir xaridor monopoliyasi bozori deb ham 
atashadi. Mehnat bozorining mazkur modelida ish kuchini xarid qiluvchi monopol 
kuchga ega bo‘ladi. Ushbu model uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: 
- monopol xaridor kuchiga ega firmada ish bilan bandlar mehnatning muayyan turi 
bilan band bo‘lgan xodimlaming asosiy qismini tashkil etadi; 
- mehnatning mazkur turi geografik omillarga ko‘ra nisbatan harakatchan 
bo‘lmaydi yoki xodimlar ish topa olmasliklari sababli yangi kasb-komi egallashga 
yoki malaka oshirishga majbur; * 
- ish haqi darajasi qanday bo‘lishini monopol firma belgilaydi. Bunda firma 
yollanma xodimlarga to‘laydigan ish haqining stavkasi u tomondan yollanadigan 
xodimlar soniga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Monopsoniya mehnat bozoriga kichik 


shaharlar hamda olisda joylashgan tumanlardagi mehnatga layoqatli aholi uchun 
asosiy ish joylari taklif etadigan yagona korxona mavjudligi xosdir. Agar mahalliy 
mehnat bozorida ish kuchi xaridori sifatida bir nechta (uchta yoki to‘rtta) firma 
monopol huquqqa ega bo‘lsa,bu oligopsoniya mehnat bozori hisoblanadi. 
Kasaba uyushmalari ishtirokidagi mehnat bozori. Mehnat bozorining bu turi 
uchun kasaba uyushmalari ish haqini oshirish talabini qo‘yishlari xosdir. Ular 
o‘zlarining bu iqtisodiy maqsadlariga quyidagicha erishishlari mumkin: 
- mehnat xizmatiga talabni tazyiq yordamida oshirish. Ba’zi kasaba uyushmalari 
ish beruvchilarga talabdan ortiqcha xodimlami ish bilan ta’minlash tazyiqini 
o‘tkazish orqali ham ta’sir ko‘rsatadi; 
- mehnat unumdorligini oshirish orqali. Buning uchun korxonalarda ishchi - 
ma’muriy qo‘mitalar tashkil etiladi; 
- ish haqi stavkalarini oshirish orqali. Kasaba uyushmalari yollanma xodimlami 
birlashtirib, mehnat taklifini o‘z nazoratlari ostiga olishlari hamda ish 
beruvchilarga raqobat darajasidan yuqori bo‘lgan ish haqi stavkasini 
o‘matishtazyiqini o‘tkazishlari mumkin. Ikki tomonlama monopsoniya bozori. 
Mehnat 
bozorining bu modeli kuchli tarmoq kasaba uyushmalari mavjud boigan 
monopsoniya bozori uchun xosdir.Boshqacha aytganda, monopsoniya modeli 
kasaba uyushmalari faoliyati hisobga olinadigan model bilan qo‘shilganda ana 
shunday bozor hosil bo‘ladi. Mehnat bozorining bu turi uchun kasaba 
uyushmalarining ish kuchi sotuvchisining monopol huquqqa egaligi xosdir. Bunda 
kasaba uyushmalari ish haqi miqdorini ish bilan bandlikni kamaytirish yoki 
ko‘paytirish hisobiga o‘zgartiradigan monopsonik ish beruvchilarga qarshi turadi. 
3. 
Mehnat bozorida mehnat munosabatlarining rivojlanish darajasi 
bo‘yicha: ular tartibga solingan, tashkillashtirilgan va pinhona (tartibga 
solinmaydigan) turlari bilan tasniflanadi. 
Tartibga solinadigan mehnat bozorida mamlakat qonunchiligi amal qiladi, 
ijtimoiy mehnat munosabatlari mehnat shartnomalari asosida yo‘lga qo‘yiladi. 
Tashkillashtirilgan mehnat bozori eng rivojlangan mehnat bozori hisoblanadi. 
Bunday mehnat bozorida davlatning ish bilan bandlik siyosatini izchil amalga 
oshirish maqsadida uning infratuzilmasi rivojlantirilgan bo‘ladi, iqtisodiyotdagi 
tarkibiy o‘zgarishlar hisobga olinadi.Pinhona (tartibga solinmaydigan) mehnat 
bozori - pinhona iqtisodiyot mahsulidir. Mehnat bozorining bunday turida 
yollanma xodimlar biron-bir ijtimoiy himoyaga ega bo‘lmaydi. Shu bilan birga, 
bunday bozorlarda yollanma xodimlar muayyan darajada yuqori moddiy 
rag‘batlantirish hisobiga, ish bilan bandlik hamda mehnat muhofazasi kafolatlari 
bo‘lmasa ham, ishlashga tayyor bo‘ladi. 
4. 
Iqtisodiyot tarmoqlarida tarkib topgan kasblar, mehnat faoliyatining 
turlari, yosh va jinslar bo‘yicha: bunda fuqarolar toifalaridan kelib chiqqan holda 
tarkibiy mehnat bozorlarining turlari farqlanadi. Ular, asosan, quyidagilardan 
iborat: - kasblar va mehnat faoliyatining turlari bo‘yicha (o‘qituvchilar, 
hisobchilar, huquqshunoslar, tibbiyot, san’at, adabiyot va boshqa sohalar 
xodimlari) mehnat bozorlari; 
- yosh va jins xususiyatlari bo‘yicha (yoshlar, xotin-qizlar va boshqalar) 


mehnatbozorlari. Shu bilan birga mehnat bozori ish kuchini taklif etayotgan turli 
toifalaming segmentlarini mujassamlashtirgan bo'ladi. Bu segmentlaming har 
birida o‘zaro raqobatlashadigan, ammo mehnat bozorining ish kuchi resurslari 
boshqa toifalari segmentlaridagi ish kuchi resurslariga raqobatchi bo‘la 
olmaydigan xodimlar jamlangan. Shundan kelib chiqib birlamchi va ikkilamchi 
mehnat bozorlari ham farqlanadi (2.4-jadval). 

Download 324,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 324,79 Kb.
Pdf ko'rish