• 1.1-rasm. Ish bilan bandlik ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishning institutsional modeli
  • Mehnat bozorini tartibga solish




    Download 324,79 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/13
    Sana22.05.2024
    Hajmi324,79 Kb.
    #250175
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    kurs ishi pdf

    1.1Mehnat bozorini tartibga solish 
    usullari 
    0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi 
    tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasawurlardan voz kechib, 
    ma’muriybuyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish jarayonida 
    islohotlami izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanladi. 
    Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun 
    o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga 
    oldi. 
    Mamlakatda iqtisodiyotni isloh etishda, eng awalo: 
    - iqtisodiy barqarorlikka erishish; 
    - institutsional va bozor o‘zgartirishlarini o‘tkazish; 
    - davlat investitsiyaviy dasturlari hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga 
    iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish chora-tadbirlari ko'rildi. 
    Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va iqtisodiy muvozanatni saqlash, ishlab 
    chiqarishning keskin pasayib ketishi va ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, 
    shuningdek, pulning qadrsizlanishining oldini oluvchi dasturlar asosida aniq 
    maqsadni ifodalovchi ishlar amalga oshirildi. (3.7-rasm) 
    1.1-rasm. Ish bilan bandlik ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga 
    solishning institutsional modeli
    Davlatning mehnat bozonni tartibga solishdan 
    ko‘zlangan maqsad ish kuchiga 
    bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirish va ish kuchi samarali taklifini qoilab-quwatlashga 
    ko‘maklashishdan iboratdir. Bu quyidagilardan iborat: 
    - iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini kengaytirish uchun mehnat resurslari salohiyatini 
    shakllantirish va ularni iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga muvofi qlashtiri sh; 
    - aholi turli guruhlarining ish bilan bandlik darajasini oshirish, ishsizlikni 
    kamaytirish orqali ijtimoiy tanglikni yumshatish; 
    - global inqiroz sharoitida ish bilan bandlikni barqarorlashtirish, ish kuchiga talabni 
    butun choralar bilan oshirish. 
    0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida insonning eng muhim iqtisodiy va 
    ijtimoiy huquqlari qatorida: «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, 
    adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan 
    himoyalanish huquqiga egadir»1, deb ko‘rsatilgan. 
    Buyuk ajdodlarimiz ham fuqarolaming mehnat qilish huquqlariga alohida e’tibor 
    qaratganlar. Xususan, Sohibqiron Amir Temur o‘zining tuzuklarida saltanatda 


    kasb-hunar egalari qanchalik muhim o‘rin tutganliklarini alohida ta’kidlab 
    o‘tganlar. 
    Kaykovusning «Qobusnoma»sida ham «Hunar o‘rganmoqda mehnat qilmoq, 
    badanni yalqovlik, ya’ni bekorchilikdan qutqarmoq foydalidir», deyiladi. 
    Davlat mehnat bozoridagi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. 
    Ushbu yo‘nalishlar mehnat bozorini tartibga solishning turli bosqichlarida amalga 
    oshiriladi. 
    1. 
    Mamlakatimizda mavjud mehnat bozorida quyidagilar ко ‘zda tutiladi: 
    - iqtisodiyot real sektorini qo‘llab-quwatlash, shuningdek, daromadlami qayta 
    taqsimlash va tartibga solishga yo‘naltirilgan soliqqa tortishning eng maqbul 
    darajasini o‘matish; 
    -kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoTlab-quwatlash: ish o‘rinlari sonini 
    ko‘paytirish maqsadida kreditlar ajratish, soliq imtiyozlari berish, ya’ni mehnat 
    xizmatiga talabni rag‘batlantirish;- ish kuchi harakatchanligini ta’minlash, xususan, 
    oilalami ish kuchi ortiqcha 
    bolgan mintaqalardan ish kuchi yetarli bo‘lmagan mintaqalarga ko‘chib o‘tishlari 
    uchun subsidiyalar berish va kreditlar ajratish yo‘li bilan ta’minlash; 
    - mehnat bozorida raqobatbardosh boTmagan aholi qatlamini davlat omonidan qo ‘ 
    llab-quwatlash; 
    - ishchilar umumiy ta’lim darajasini oshirish, ulami mehnat bozorida barqaror 
    talabga ega kasblarga o‘qitish va qaytadan o‘qitish. 
    2. 
    Mintaqa mehnat bozorida quyidagilar ко ‘zda tutiladi. 
    - har bir ish qidiruvchi uchun kasblar, tarmoqlar va mamlakat mintaqalari bo‘yicha 
    bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar bankini yaratish va to‘liq ma’lumotlami 
    taqdim etish; 
    - mintaqaviy ish bilan bandlikni faollashtirish yo‘llarini izlash maqsadida, asosan, 
    yollanma xodimlaming himoyasiz guruhlari uchun ijtimoiy choralami ko‘zda 
    tutish; 
    - mintaqa iqtisodiyoti tarkibini hisobga olgan holda, kichik korxonalarga, ayniqsa, 
    tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga imtiyozlar berish; 
    - ishga joylashtirish xizmatlarini tashkil etish; 
    - mintaqa iqtisodiyotidagi tarkibiy-texnologik o‘zgarishlami tahlil etish; 
    - mintaqa iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda inson kapitaliga mablag‘ 
    sarf qilishni tartibga solish; 
    - mehnat bozori statistikasi va marketing tadqiqotlarini tahlil etish, ular asosida 
    aholi uchun eng qulay yo‘nalishlarda tegishli shart-sharoitlar yaratish. 
    3. 
    Ichki firma darajasida quyidagilar к о 'zda tutiladi: 
    - korxona moliyaviy ahvolidan qat’i nazar bir xil mehnatga bir xil ish haqi toiash 
    kafolati; 
    - ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o‘rtasidagi shartnomaviy mehnat 
    munosabatlarini tartibga solish; 
    - mehnatga haq to‘lash yagona tariflarini yaratish va hokazolar (3.8-rasm). 
    Mintaqaviy darajada zaruratga qarab mehnat bozorini tartibga solishning bilvosita 
    usullaridan foydalanish yoki maqsadli dasturlami amalga oshirish mumkin. 
    Shuningdek, qonunchilik usullari - milliy qonunchilikka muvofiq, lekin mintaqa 


    xususiyatlarini hisobga oladigan normativ hujjatlar qabul qilishdan ham foy dal 
    ansa bo‘ladi. 
    Rossiya Fanlar akademiyasi Ish bilan bandlik instituti olimlarining fikricha, ish 
    bilan bandlik siyosatiga bo‘lgan yangi talablar rivojlangan va ijtimoiy 
    muvofiqlashtiriladigan mehnat bozorini shakllantirish hamda uning 
    qonuniyatlaridan foydalanishni taqozo etadi. Aholi ish bilan bandlik darajasining 
    yuqoriligi korxona va tashkilotlarda ortiqGha ish kuchlari saqlab turilishi bilan 
    emas, balki yangi ish o‘rinlari yaratilishi bilan ta’minlanishi lozim; ikkinchidan, 
    mehnatga haq to‘lash darajasi ish kuchini qayta hosil qilish uchun zarur sarf 
    xarajatlar miqdoriga yaqinlashtirilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi kerak. 
    Davlat ish bilan bandlikni tartibga solish maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan 
    holda, mehnat bozoriga ta’sir ko‘rsatishning turli usul va vositalarini tanlaydi (1.2- 
    jadval). 

    Download 324,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 324,79 Kb.
    Pdf ko'rish