bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha faol siyosat olib borish;
- mehnat resurslari balanslari asosida ish joylari tashkil etish hamda kadrlami
tayyorlash bo‘yicha maqsadli dasturlami ishlab chiqish;
- mehnat munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha bozor sharoitlariga muvofiq
keladigan chora-tadbirlami ishlab chiqish;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda mehnat
resurslari prognoz balanslarini ishlab chiqish, aholining ish bilan samarali band
bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar
kompleksini asoslash;
- migratsiya jarayonlarini tahlil etish, tashqi mehnat migratsiyasini hamda
0‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari mehnat faoliyatini tashkil
etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- ishsizlar va ish bilan band bo‘lmagan aholi hisobini olib borish;
- kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan bandligini tadqiq etish
va shu asosda ta’lim muassasalarida ishchi kadrlar va mutaxassislar kasbiy
tayyorgarligi yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqish;
- yoshlar hamda ish bilan band bo‘lmagan aholini kasbga yo‘naltirish masalalari
bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etish;
- manfaatdor vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari bilan birgalikda ish joylari tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va bu
dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish;
- aholining o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlashini rag‘batlantirish va qo‘llabquwatlash
bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- mehnat bozori infratuzilmasi amal qilishini takomillashtirishni ta’minlash;
- ishsizlar uchun haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish;
- ishsizlami o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.Mehnat
bozorining shakllanishi uchun iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy
shartsharoitlar majud bo'lishi kerak.
Mehnat bozorining iqtisodiy shart-sharoitlari quyidagilarga asoslanadi:
- iqtisodiy erkinlik asosida
ishlab chiqarish vositalariga, shu jumladan, yerga
xususiy mulk huquqi qo‘yilgan iqtisodiyotning erkinlashtirilishi;
- mehnat qilish erkinligi, ya’ni har bir shaxs uchun qaerda, qachon va qaysi ish
bilan mashg‘ul bo‘lish imkoniyati; mehnat qilish erkinligi, majburiy mehnatning
taqiqlanishi (milliy qonunchilikda belgilab qo‘yilgan holatlar istisno qilingan
holda);
- tadbikorlik faoliyatining erkinligi; bunda har bir shaxsga o‘z shaxsiy biznesini
ochish yoki boshqalar bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
imkoniyati kafolatlangan bo‘lishi kerak.
Mehnat bozorining ijtimoiy shart-sharoitlari jamiyatda
ijtimoiy tengsizlik
majudligini nazarda tutadi va mehnat bozorida raqobatdosh bo£lmaganlaming
(xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar, katta yoshdagilar), shuningdek, ishsizlaming
ijtimoiy himoya qilinishi kafolatlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lishiga asoslanadi.
Mehnat bozorining subyektlari yollanma xodimlar va ularning vakolatli
tashkilotlari (kasaba uyushmalari), ish beruvchilar va ulaming uyushmalari
(Savdosanoat palatasi) va davlatdan iboratdir. Subyektlar ijtimoiy mehnat
munosabatlarini tartibga solishda ijtimoiy sheriklar hisoblanadi.
0‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, belgilangan
yoshga yetgan (16 yosh) hamdar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan
0‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, chet el fuqarolari va fiiqaroligi
bo‘lmagan shaxslar yollanma xodimlar sifatida mehnatga
oid munosabatlaming
subyektlari bo'lishi mumkin.Korxonalardagi kasaba uyushmalari va ulaming saylab
qo'yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar
xodimlar manfaatlarini ifoda etishi va himoya qilishi mumkin.
Quyidagilar ish beruvchi bo‘la oladilar:
1) korxonalar, shu jumladan, ulaming alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari
timsolida;2) mulkdoming o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar;
3) o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda
tutilganhollarda;
4) 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Ish beruvchilar jam oat birlashmalariga birlashishga haqlidirlar.