Mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan yoshlarni




Download 324,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana22.05.2024
Hajmi324,79 Kb.
#250175
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kurs ishi pdf

2.1 Mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan yoshlarni 
ish bilan ta’minlash 
Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida 15 yoshdan 24 yoshgacha boigan 
yoshlar soni bir milliarddan oshib ketgan. Ular yer yuzi aholisining 20,0 % dan 
ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Yoshlaming 85,0 % rivojlangan mamlakatlarda 
istiqomat qiladi. Insoniyatning butun tarixi davomida hozirgi avlodning o‘qimishli 
ekanligi tan olinsa-da, 113 million nafar boia maktabga bormaydi. Zamonaviy 
dunyoda 130 million o‘smirning savodsiz ekani tan olinadi. 
Malum bliishicha, Yevropada 25 yoshgacha boigan 5 milliondan ortiq 
ishsiz mavjud. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yoshlar, asosan, norasmiy shaklda 
ishlaydi. Yoshlar kam miqdordagi ish haqiga boisa-da, ishlashga rozi boiadi. 
Iqtisodchilaming fikricha, yoshlar qanchalik ko‘p noqonuniy mehnat bilan band 
boiar ekan, mamlakat shunchalik iqtisodiyoti qiyin ahvolda qolaveradi. Jahondagi 
ishsizlik muammosi xavfli holat ekani tan olinadi. Bu nafaqat iqtisod uchun, balki 


ijtimoiy hayotda ham fojealarga sabab boiadi. 
AQShdagi yoshlar orasida esa giyohvandlar, jinoyatchilar, ishsizlar, irqchilar 
soni ortib borayotganidan xavotirlar pay do boidi. Center for American Progress 
tadqiqot tashkiloti xulosalariga ko‘ra, ayni damda 10 milliondan ortiq 
yoshamerikalik ish topishga qiynalmoqda ekan. Yoshlar orasidagi global ishsizlik 
13,1 % ni tashkil qiladi. Bu kattalaro‘rtasidagi ko‘rsatkichdan uch barobar ko‘p 
ekanini ko‘rsatib turibdi. 
Xalqaro Mehnat tashkiloti hisobotiga ko‘ra, Yaqin Sharq va Shimoliy 
Afrika,shuningdek, Lotin Amerikasi, Karib xavfzasi va Janubiy Yevropada bu 
boradagi ko‘rsatkich ancha yuqori ekani aytiladi. Kuzatuvchilarning fikricha, 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda istiqomat qilayotgan yoshlar global 
inqirozning asosiy jabrdiydasiga aylanishdi. Vaziyatni tahlil qilgan Iqtisodiy 
Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti bu holatni yoshlar o‘rtasidagi inqiroz deb 
atadi.Inqirozning yana bir sababi, rivojlangan davlatlarda ish beruvchilar 
yoshikattalami emas, balki yoshlarni ishdan bo‘shatishni afzal ko‘rishadi. 
Yoshlar o‘rtasida ishsizlar soni bo‘yicha Afrika qitasi yetakchilik qiladi. 
Liberiya, Malavi va Togoda 25 yoshgacha boigan yoshlaming 70,0 % dan 
ko‘prog‘i ishsizlikni o‘ziga kasb qilib olgan. Bu kabi muammoni iqtisodi taraqqiy 
etgan Xitoy va Hindiston ham bartaraf eta olmayapti. To‘g‘ri, bu ikki 
mamlakatdagivaziyatni Afrika va Lotin Amerikasi bilan taqqoslab boimaydi. 
Yoshlar o'rtasida yana bir illat paydo bo‘lgan. XXI asr - ilm-fan va texnika, 
taraqqiyot asri. Zamonaviy dunyoni kompyuter, mobil telefoni, nanotexnologiya 
mahsulotlarisiz tassawur qilib boimaydi. Ayni shu boisdan ham yoshlarning 
dunyoqarashi tubdan o‘zgarib ketd.. 
Bugungi yoshlar o‘z vaqtini mansab pillapoyalaridan ko‘tarilishni o‘ylab 
emas, balki bekorga sarflayotgandek boimoqda. Ular kunlarini Intemetning 
ijtimoiy tarmoqlarida, virtiual olamdao‘tkazishni afzal ko‘rishmoqda. Internetga 
mubtalo boiish XXI asrning bedavo kasalligidir. Real hayotdan virtual makonga 
o‘tayotganlar ko‘payib borayotgani tashvishli hoi, albatta. 
Yoshlar - bizning kelajagimiz. Agar mamlakatda yoshlar bilan bogiiq 
muammolar bor ekan, u mamlakatning kelajagi yo‘q. Kechagi va bugungi kun 
bilan emas, balki ertangi kun uchun ham yashash kerak. Buning uchun kelajak 
avlod borasida qayg‘urish lozim. Ularga barcha imkoniyatlami yaratib berish zarur. 
0 ‘zbekistonda ham yoshlami ish bilan ta’minlash masalasi eng dolzarb 
vazifalardan biri boiib qolmoqda. Bugungi kunda yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari 
ochish, ular halol mehnat qilib, daromad topishi yoiida ko‘p ishlar qilinmoqda. 
Xalqaro mehnat tashkilotining «Yoshlar o‘rtasida ishsizlik - 2017» 
ma’ruzasidata’kidlanishicha, hozirgi vaqtda dunyoda 15-24 yoshdagi yigit-qizlar 
o‘rtasida ishsizlik darajasi 12,0 % ni tashkil qiladi. 2017-yilda kurrayi 
zaminimizdagi 70 mln dan ko‘proq yigit-qiz ish topa olmagan. Bu ko‘rsatkich 
2016-yilga nisbatan kamaygan boisa ham, bugungi kunda jahon bo‘yicha jami 
ishsizlaming 35,0 % ni yoshlar tashkil etadi. Bu esa dunyo bo‘yicha ishsizlikning 
o‘rtacha darajasidanbdeyarli uch baravar ko‘pligini anglatadi. 
Shu bilan birga, yoshlar mehnat bozorida raqobatdosh boimaganliklarisababli juda 
kam ish haqiga ham ishlashga rozi boiadi. Xalqaro mehnat tashkiloti 


dunyodagi yosh ishchilaming 39,0 % (160 mln kishidan ko‘prog‘i) kambag‘allik 
darajasida kuniga atigi 3,1 AQSh dollari hisobiga kun kechirayotganliklarini qayd 
etdi. Shuning uchun 0 ‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatida ushbu masalaga 
alohida e’tibor beriladi. Xususan, yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy 
yo‘nalishlarida quyidagilar belgilab qo‘yilgan: 
- yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; 
- yoshlarni ishga joylashtirish va ularning ish bilan bandligi uchun shartsharoitlar 
yaratish; 
- yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish. 
Davlat yoshlar o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy taiim muassasasini 
bitirganidan keyin ulaming ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar 
ko‘radi, yigit-qizlaming mehnat sohasida yoshga doir o‘ziga xosliklami inobatga 
olgan holda, ularga imtiyozlar berish va ishni taiim bilan qo‘shib olib borish 
uchun shart-sharoitlar yaratadi. Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab 
quwatlash maqsadida ularga tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida imtiyozli 
kreditlar beriladi. Ularni tadbirkorlik faoliyati asoslari bo‘yicha o‘qitish, ta’lim 
muassasalari va bish beruvchilar o‘rtasida hamkorlikni shartnoma asosida 
rivojlantirish, tegishlibimtiyozlar va afzalliklar belgilashga yo‘naltirilgan yoshlar 
tadbirkorligini qollabquwatlash dasturlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. 
Mamlakatdagi mehnat organlari esa: 
- yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va 
boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; 
- yoshlarning ish bilan bandligi darajasini tizimli asosda tahlil qiladi, ulaming 
o‘ziga mos keladigan ish bilan bandligini ta’minlashda ishtirok etadi; 
- yoshlarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha innovatsion tizimni 
tashkil etadi; 
- yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa 
organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.Fuqarolaming o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari ham tegishli hududda joylashgan 
korxona, muassasa va tashkilotlarda yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlashga 
ko‘maklashadi. Yoshlarning samarali ish bilan bandligini ta’minlash va ular 
orasida ishsizlik darajasini kamaytirish mexanizmi ijtimoiy-iqtisodiy 
mexanizmlaming eng asosiylaridan hisoblanadi. Uning samarali faoliyat olib 
borishi quyidagi choratadbirlami bajarishni talab etadi: 
- hududiy yoshlar mehnat bozoridagi o‘ziga xos, xususiy muammolarni 
yechishda mahalliy boshqamv organlari rolini kuchaytirish; 
- yoshlar o‘rtasida yuqori ishsizlik darajasi kuzatilgan hududlarda davlat 
byudjeti hamda byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlar hisobidan hududda ijtimoiy 
iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish; 
- monoiqtisodiy tuzulmaga ega aholi punktlari, shahar va sanoati rivojlangan 
hududlarda yoshlarning ommaviy ishsizligining salbiy asoratlarini bartaraf etish; 
- yosh xodimlami ommaviy ishdan bo‘shatilishlarining oldini olish, yoshlar 
uchun mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish va yangilarini yaratish, yangi progressiv 
ishlab chiqarish tuzilmalari uchun yosh kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni 
istiqbolli rejalashtirish; 


- iqtisodiy jihatdan nochor korxonalar yosh ishchilarining mehnat huquqlarini 
ta’minlash, ish joyini yo‘qotgan yoshlarni samarali qoilab-quwatlash; 
- malaka oshirish hamda ijtimoiy himoyalash maqsadida kerakli boigan 
infratuzilmaga ega yirik «yoshlar qurilishlari»ni tashkil etish. 
Ma’lumki, yoshlik har bir inson hayotining o‘ziga xos davri boiganligi uchun, 
yoshlar mehnat bozorining tarixiy yaxlitligi haqida so‘z yuritish mumkin, chunki 
dunyo aholisining barcha avlodlari yoshlik bosqichidan o‘tgan. Bundan tashqari, 
sinfiy jamiyat yuzaga kelgan davrdan boshlab mehnat bozorida mulkdorlar 
tomonidan ijtimoiylashish jarayonini boshdan kechirayotgan va bo‘ sh ish joylarini 
toidirish fazilatlari yoshlaming fazilatlariga mos keluvchi ishchi kuchi talab 
etilgan ish joylariga da’vogar boia oladigan ishchi kuchi taklif qilingan.

Download 324,79 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 324,79 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan yoshlarni

Download 324,79 Kb.
Pdf ko'rish