O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA
UNIVERSITETI
“MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI
“SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” KAFEDRASI
“MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
Mavzu.
Yoshlarni mehnat bozorida iqtisodiy faolligini
oshirish yo’llari
Guruh: 145-22-guruh
Bajardi:Sharofiddinov N.
Kurs ishi rahbari: KARIYEVA L.S
Topshirgan sanasi: ______________
Himoya qilgan sanasi: ___________
Baho: ___________________
TOSHKENT - 2024
MUNDARIJA
KIRISH
1-bob:MEHNAT BOZORI MOHIYATI VA SHAKILLANISHI
1.1- Mehnat bozorini tartibga solish usullari
1.2- Mehnat bozorining shakllanish shart-sharoitlari
2-bob: MEHNAT BOZORIGA YOSHLARNING MUNOSABTLARI
2.1 Mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan yoshlarni ish bilan taminlash
2.2 Uyushmagan yoshlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga
o‘qitish va ulami ishga joylashtirish
.
XULOSA VA TAKLIFLAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATIKIRISH
0 ‘zbekistonda keng ko‘lamli va chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga
oshirilmoqda. Bu islohotlaming dastlabki natijalari aholi hayoti va kundalik
turmushida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda va buning natijasida el-yurtning
ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi tobora ortib bormoqda.
Bunday ijtimoiy faollikka ijtimoiy mehnat munosabatlarini muttasil
takomillashtirib borish, mehnatni makroiqtisodiyot, tarmoq va korxonalar
miqyosida oqilona tashkil qilish, ya’ni har qanday mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan mehnat omilidan
samarali foydalanish orqali erishiladi.
Jahon taraqqiyotida rivojlanishning asosini tashkil etuvchi inson omili yetakchi
omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Uni o‘rganish natijasida esa mehnat iqtisodiyoti
ijtimoiy mehnat taqsimotining alohida yo‘nalishi sifatida shakllandi va mehnat
munosabatlarini o‘rganish alohida fanga aylandi.
≪
Mehnat iqtisodiyoti
≫
fani ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasida iqtisodiy
qonunlami o‘rganish, personal mehnatini tashkil etish, mehnat bozori, mehnat
resurslari, ish bilan bandlik va ishsizlik muammolari, mehnatga haq to‘lash hamda
mehnat samaradorligini tadqiq etishga yo‘naltirilgan. Mohiyatan olganda,
≪
mehnat
≫
va
≪
iqtisodiyot
≫
atamalarining uyg‘unlashuvi mazkur fan inson
mehnatini, uning qanchalik maqsadga muvofiqligini o‘rganishidan dalolat beradi.
Fan yordamida ish beruvchi bilan ishchi o‘rtasidagi hozirgi davr munosabatlarining
tabiati iqtisodiy jihatdan tahlil qilinadi. Chunki ish beruvchi bilan ishchi o‘rtasidagi
munosabat hayotimizdagi eng muhim fundamental munosabat hisoblanadi va
aynan mana shu jihat nafaqat iqtisodchilami, balki qonunchilikning ham asosiy
e’tiborini o‘ziga qaratadi. Zamonaviy mehnat iqtisodiyotining fundamental
asoslarini bilish 0 ‘zbekistonda va dunyoning boshqa mamlakatlarida keng
ko‘lamda yuz berayotgan ijtimoiy muammolami tushunishga hamda bu orqali
ulami hal etish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishga yo‘l ochadi.
Ijtimoiy siyosatni belgilash va uni tahlil qilishda faol ishtirok etishga layoqatli
iqtisodchi kadrlami tayyorlashda hamda bunday dasturlar ta’sirini tushunishda
≪
Mehnat iqtisodiyoti
≫
ning o‘mi katta.
|