-jadval Birlamchi va ikkilamchi mehnat bozorlarining asosiy xususiyatlari




Download 324,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana22.05.2024
Hajmi324,79 Kb.
#250175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
kurs ishi pdf

2.4-jadval Birlamchi va ikkilamchi mehnat bozorlarining asosiy xususiyatlari 
Birlamch
i mehnat bozori nufuzli ish turlaridan shakllanadi. Ulardagi mustaqil 
ish joylari oliy ma’lumotga ega xodimlar, ma’muriy-boshqaruv personali, yuqori 
malakali mutaxassislar tomonidan, yordamchi ish joylari esa o‘rta malakali va 
texnik xodimlar tomonidan egallanadi.
Ikkilamchi 
mehnat bozorlari yuqori malaka 
va maxsus tayyorgarlik talab 
etilmaydigan ish joylaridan iborat bo‘ladi. Bu ish joylari malakali ishchilar, xizmat 
ko‘rsatadigan va quyi kategoriyali xodimlarga mo‘ljallangan.Birlamchi mehnat 
bozorida mehnatga haq to‘lash darajasi, ish tartibi, mehnat sharoitlari, ish bilan 
barqaror ta’minlanish, ijtimoiy himoyalanish, pirovard natija uchun mas’uliyat, 
xizmat vazifasi bo‘yicha ko‘tarilish, ishlab chiqarishni boshqarishda ishtirok etish 
imkoniyatlari ikkilamchi mehnat bozoridagiga nisbatan sifat jihatidan yuqori 
darajada bo‘ladi. 
Mehnat bozorida yollanma xodim bilan ish beruvchining maqsad, manfaat va 
ehtiyojlarini bevosita kelishtirishga erishiladi (3.4-rasm).Bu esa mehnat bozorida 
erkin va sog‘lom raqobat bo‘lishini taqozo etadi.Ana shunday erkin va sog‘lom 
mehnat bozorida yollanma xodimlar o‘zlari uchun manfaatli bo‘lgan ish joylarini 
egallash uchun raqobatlasha oladilar. 
Shu bilan birga, mehnat bozorida ish joylarini taklif qilayotgan ish beruvchilar ham 
ko‘p bo‘lishi shart. Ana shunday holatdagina munosib ish joylariga ega bo‘lish 
uchun faqat yollanma xodimlar o‘zaro raqobatlashibgina qolmay,ish beruvchilar 
ham yuqori malakali xodimlami yollash uchun raqobatlashaoladilar. Ish 
beruvchilaming mehnat bozorida raqobat ustunligiga erishishlarining asosiy 
vositasi xodimlami rag‘batlantirish takliflaridir. Ushbu vositalar faqat ish haqining 
o‘zinigina emas, shuningdek, mukofotlar, imtiyozlar, ijtimoiy maqom, inson 
kapitaliga investitsiyalar, xavfsizlik kafolatlari, ish tartibi, mehnat sharoitlari va 
boshqa qulayliklami qamrab olishi kerak. 
0 ‘zini o‘zi ish bilan ta’minlash, o‘zi va oila a’zolari uchun ish joyi yaratish 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy tadbikorlik, kasanachilik uchun 
xos. Texnikaning rivojlanishi, yangi texnologiyalaming joriy etilishi ishlab 
chiqarishda shaxsiy mehnat faoliyati doirasini kengaytirib yubordi. Bu esa ishlab 
chiqarish vositalariga ega bo‘lmagan, faqat o‘z shaxsiy mehnati eltuvchisi bo‘lgan 
yollanma mehnatdan foydalanish ko‘lamlarini keskin oshirdi. Shuning 
uchunpostindustial jamiyat iqtisodiyotida ish kuchini erkin yollash va ishdan 
bo‘shatish- korxonaning tovar va xizmatlar bozoridagi raqobatdoshligining 
asosidir. 
Agar qonun ish beruvchining bu huquqini cheklaydigan bo‘lsa, u kam samarali 
xodimlami ishdan bo‘shatib, ulaming o‘miga mehnat unumdorligi yuqori ish 
kuchini yollash erkinligiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari ana shunday 


vaziyatlarda xodimning o‘zi ham yuqori unum bilan mehnat qilish, buning uchun 
o‘zining malakasini oshirish motivatsiyasini yo‘qotadi. 

Download 324,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 324,79 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval Birlamchi va ikkilamchi mehnat bozorlarining asosiy xususiyatlari

Download 324,79 Kb.
Pdf ko'rish