• (1.3- rasm) Tartibga solish yo‘nalishlari bo‘yicha usullar bevosita mehnat bozoriga ta’sir
  • -rasm . Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish tizimi




    Download 324,79 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/13
    Sana22.05.2024
    Hajmi324,79 Kb.
    #250175
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    kurs ishi pdf

    1.2-rasm . Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish tizimi 
    Davlat tomonidan bilvosita usullaming qo‘llanishi mehnat bozorini tartibga soli 
    shda ish bilan bandlikning tarmoq va hududiy tuzilmalarini shakllantirishda katta 
    rol o‘ynaydi. Jumladan, moliyaviy rag‘batlantirish va davlat kapital mablag‘lari 
    yordamida shakllantirilgan mablag‘lar ayrim tarmoqlar yoki mintaqalar uchun 
    qulay shart-sharoit yaratadi. Bunda ba’zi hollarda iqtisodiy o‘sish sur’ati past 
    bo‘lgan mintaqa yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlar, boshqa hollarda mintaqa yoki 
    tarmoq ichida ijobiy siljishlarga olib keladigan tarmoqlar yoki ishlab chiqarish 
    turlarini rivojlantirish qo‘llab-quwatlanadi va yordam ko‘rsatiladi. Bu esa ana shu 
    mintaqa va tarmoqlarda ish bilan bandlik darajasi ortishini rag‘batlantiradi. 
    Tartibga solish yo‘nalishlari bo‘yicha usullar bevosita mehnat bozoriga ta’sir 
    (1.3- rasm) Tartibga solish yo‘nalishlari bo‘yicha usullar bevosita mehnat 
    bozoriga ta’sir 
    ko'rsatuvchi (masalan, qonunchilik) yoki unga bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi (fiskal, 
    ijtimoiy, pul siyosati; daromadlami, narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish 
    yoki tashqi iqtisodiy tartibga solish orqali tartibga solish siyosati) usullarga 
    ajratilad. Tartibga solish ko‘lamlari bo‘yicha usullar xalqaro, milliy, mintaqaviy 
    yoki 
    ichki mehnat bozorlarini tartibga solishga yo'naltiriladi. Ko‘pgina usullar (masalan, 
    qonunchilik usullari) bir yola mehnat bozorining bir necha turlarini tartibga soladi. 
    Milliy, mintaqaviy va ichki mehnat bozorlarida tartibga solishning tashkiliy 
    institutsional usullari ham keng qo‘llanadi. 
    Tartibga solish vositalari tahlil etilayotgan mexanizmning eng muhim tarkibiy 
    qismlari hisoblanadi. Tartibga solish vositalari sifatida davlat mehnat bozorini 
    tartibga solishda foydalanadigan iqtisodiy tizim elementlari yoki elementlar 
    jamlanmasi tushuniladi. 
    Mehnat bozorini tartibga solish vositalari, asosan, davlat qo‘lidadir. Mehnat 
    bozorini tartibga solishning asosiy vositalari sifatida xodimlar eng kam ish haqini 
    tartibga solish, byudjet-soliqyo‘li bilan tartibga solish, davlat daromad vaxarajatlari 
    hamda fuqarolar daromadlarini tartibga solish, davlat dasturlari xizmat qiladi. 
    Davlatning mehnat bozoriga ta’sir ko‘rsatish vositalaridan biri byudjet-soliq yo‘li 
    bilan tartibga solishdir. Ushbu usul mehnat bozori subyektlari faoliyatiga ta’sir 


    ko‘rsatishdakeng qo‘llaniladi. 
    Davlatning soliqlaryordamida tartibga solishida soliq tizimini tanlash, soliq 
    stavkalari, shuningdek, soliq imtiyozlari turlari va miqdorlari hal qiluvchi rol 
    o‘ynaydi. Davlat tomonidan tartibga solishda soliq mehnat bozorida davlat 
    xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy manbayi hamda tartibga solish vositasi 
    hisoblanadi. Shu sababli davlat byudjet organlarining vazifasi birgina soliq 
    olinadigan manbalami soliqqa tortishgina emas, balki mehnat bozori subyektlariga 
    ta’sir ko‘rsatishning nozik mexanizmini yaratish hamdir. Soliq yukini iqtisodiy 
    faollikni rag‘batlantirish omili sifatida kamaytirish o‘z chegaralariga ega. Tarkib 
    topgan byudjet xarajatlari darajasini saqlab turish zarurati sharoitida soliq yukini 
    kamaytirish byudjet taqchilligining ortishini anglatadi. 
    Davlatning mehnat bozorini tartibga solish vositasi sifatida byudjetning xo‘jalik 
    maqsadlariga ajratilgan xarajatlari dan ham foydalaniladi. Ular korxonalarga ishlab 
    chiqarish quwatlarini oshirish maqsadida kreditlar ajratish va subsidiyalar berish 
    shakllarida namoyon bo‘ladi. Mazkur vositadan, asosan, iqtisodiyotning davlat 
    sektorida foydalaniladi, chunki davlat kapital qo‘yilmalari bevosita shu sektorga 
    yo‘naltiriladi. 
    Bozor konyukturasi yomonlashib, capital qo'yilmalar kamaygan sharoitda davlat 
    sektoriga investitsiyalami ko‘paytirish mumkin. Shu tariqa davlat ishlab chiqarish 
    hajmining kamayishi hamda ishsizlik darajasining oshishini bartaraf etishga 
    samarali ta’sir ko‘rsata oladi. 
    Mehnat bozorini tartibga solishning yana bir vositasi davlat dasturlaridir. Davlat 
    iqtisodiy dasturlari mehnat bozoridagi bir qator muammolami hal etishda yetarli 
    darajada samaralidir. Odatda, dasturlar mehnat bozorini ko‘zlangan yo‘nalishda 
    ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlaydi. Ular davlatning tartibga solish 
    barcha usullaridan foydalanishi hamda ayrim davlat organlarining tartibga solish 
    tadbirlari jarayonida bir-biriga zidlik va nomuvofiqlikka barham berish imkonini 
    beradi. 
    Davlat daromadlari ham mehnat bozorini tartibga solishning muhim vositasi 
    hisoblanadi. Daromad qanchalik ko‘p boisa, davlat mehnat bozoriga yo‘naltirilgan 
    dasturlarga hamda iqtisodiyotning davlat sektoriga shuncha ko‘p mablag1 ajratilib, 
    ish joylari sonini ko‘paytirishga imkon yaratiladi. Biroq, mehnat xizmatiga talab 
    bilan uning taklifi o‘rtasidagi nisbat ish haqi miqdori haddan darajada ortishiga 
    olib kelmasligi kerak. Ish kuchiga talab va uning taklifi mehnat bozoridagi ish 
    kuchining bahosiga bog‘liqdir. Mehnat bozori ijtimoiy yo‘naltirilgan holda tartibga 
    solinadigan ko‘pgina mamlakatlarda teng ish haqi siyosati yuritiladi. Uning 
    mohiyati xodim yuqori rentabelli yoki past rentabelli korxonada mehnat qilishidan 
    qat’i nazar teng mehnatga teng ish haqi to‘lash prinsipini amalga oshirishga 
    asoslangan. 
    Mehnat bozorini tartibga solishning yana bir vositasi ijtimoiy nafaqalar to‘lash 
    hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini qo'Ilab-quwatlash uchun 
    ajratilgan davlat xarajatlaridir. Davlat tomonidan mehnat bozorini tartibga 
    solishning ushbu vositasi samaradorligi muayyan darajada chegaralangan. 
    Davlat tomonidan mehnat bozorini tartibga solishning mustaqil sohasi 


    iqtisodiyotning davlat sektori hisoblanadi. Davlat bu sektorda yetishmayotgan ish 
    o‘rinlarini (ish kuchi ortiqcha bo‘lgan mintaqalarda) tashkil etishi yoki zarurat 
    tug'ilsa, ularni qisqartirishi, ish haqi miqdorini ko‘tarishi yoki kamaytirishi, bu 
    bilan mintaqa yoki tarmoqdagi o‘rtacha ish haqiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
    Mehnat bozorida davlatning amalga oshiradigan siyosatlaridan yana biri ijtimoiy 
    himoya siyosatidir. Unga ko‘ra, davlat mehnat bozorida raqobatbardosh boimagan 
    va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslami ishga joylashtirish bo‘yicha chora 
    tadbirlami ko‘zda tutadi. Ya’ni, aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish 
    maqsadida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, 
    ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga 
    qodir bo‘lmagan shaxslami ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam 
    miqdori belgilanadi. 
    «Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng 
    sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslami ishga joylashtirish uchun 
    ish joylarining eng kam miqdorini belgilash tartibi to‘g ‘risida»gi Nizomga 
    muvofiq fuqarolaming ushbu toifasiga quyidagilar kiradi: 
    - o‘n to‘rt yoshga toimagan va nogiron farzandlari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar 
    hamda ko‘p bolali ota-onalar; 
    - ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar (ta’lim muassasasini tamomlagandan 
    keyin bir yil davomida); 
    - 0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy 
    xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘ shinlaridan 
    bo‘shatilganlar; 
    - nogiron va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar; 
    - jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy 
    yo'sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar. 
    Nogironlar uchun ish o‘rinlarining eng kam miqdori xodimlaming ro‘yxatdagi 
    o‘rtacha soni kamida 34 kishini, tashkil etadigan korxonalar uchun, ijtimoiy 
    himoyaga muhtoj shaxslaming boshqa toifalari uchun esa ish o‘rinlarining eng kam 
    miqdori xodimlaming ro‘yxatdagi o‘rtacha soni 100 va undan ortiq kishini 
    tashkilm etadigan korxonalarda belgilanadi.Nogironlar uchun barpo etiladigan yoki 
    ajratiladigan ish joylarining eng kam 
    miqdori xodimlaming ro‘yxatdagi o‘rtacha sonining kamida 3,0 % miqdorida 
    belgilanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslaming boshqa toifalari uchun 
    korxonalar tomonidan yaratiladigan yoki ajratiladigan ish o‘rinlarining eng kam 
    soni korxonalaming salohiyati va ulaming moliyaviy ahvolidan kelib chiqib 
    belgilanadi. 
    Bunda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun, nogironlardan tashqari, 
    yaratiladigan (ajratiladigan) ish o‘rinlari soni xodimlaming ro‘yxatdagi o‘rtacha 
    sonining 4,0 % gacha belgilanadi. 
    Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar ko‘rsatilgan toifalarining xarakterli talablariga 
    muvofiq keluvchi mehnat sharoitlarini ta’minlovchi ish joyi ijtimoiy himoyaga 
    muhtoj shaxslar uchun barpo etilgan (ajratilgan yoki band qilib qo‘yilgan) ish joyi 
    hisoblanadi, ya’ni: 
    - nogironlar uchun - salomatligi va mehnat faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan 


    belgilangan aksariyat ko‘rsatkichlar hisobga olingan holda xodimga mehnat 
    operatsiyalarini to‘siqsiz bajarish imkonini bemvchi ish joylari; 
    - kasb-xunar ta’limiga ega bo‘lmagan yoshlar uchun (ular umumta’lim 
    muassasalarini tamomlaganlaridan keyin bir yil davomida) shogirdlik ish joylari 
    yoki maxsus kasb-xunar tayyorgarligini talab qilmaydigan ish joylari; 
    - o‘rta maxsus va kasb-xunar ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar, 
    shuningdek, xarbiy xizmat qo‘shinlaridan bo‘shatilgan shaxslar uchun (ular o‘quv 
    yurtlarini tamomlaganlari yoki bo‘shatilganlaridan keyin bir yil davomida) 
    ulaming kasb-hunar tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari; 
    - yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar hamda ko‘p bolali ota-onalar uchun ular farzandlarini 
    tarbiyalash va mehnat majburiyatlarini bajarishni birga qo‘shib olib borish 
    imkonini beruvchi o‘zgaruvchan jadvalli ish joylari; 
    - jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy 
    yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun maxsus malakani talab 
    qilmaydigan har qanday ish.

    Download 324,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 324,79 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm . Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish tizimi

    Download 324,79 Kb.
    Pdf ko'rish