Mustahkamlash uchun savollar.
1. Birikmalarning qanday turlarini bilasiz? Misollar keltiring.
2. Qanday birikmalar ajratib olinadigan va ajralmaydigan ulanishlar?
3. Rezba deb nimaga aytiladi?
4. Qanaqa rezba turlarini bilasiz?
5. Rezbaning asosiy parametrlari qanday?
6. Metrik rezba chizmalarda qanday ko'rsatilgan?
165
7. Ajralmaydigan qanday birikma turlarini bilasiz?
8. Yelimli va payvandlangan birikmalarning farqi nimada?
9. Ajraladigan birikmalarga misollar keltiring.
10. Qanday hollarda tishli ulanishlar ishlatiladi?
11. Ajraladigan birikmalar qanday tasvirlanadi?
10. BOB. BUYUMNING UMUMIY KO’RINISH CHIZMASINI
TAYYORLASH
10.1. Umumiy ko’rinish chizmalarini tayyorlash tartibi.
GOST 2.102-68 ga muvofiq mashina pribor, stanok va boshqa buyumlarni
ishlab chiqarish uchun konstruktorlik hujjatlari tuziladi. Bu hujjatlar loyiha va ish
hujjatlariga bo'lingan bo'lib, ular buyum va uni tashkil qiluvchi qismlarni
tayyorlash, qabul qilish, ishga tushirish va ta’mirlash kabi buyumga tegishli barcha
ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Umumiy ko’rinish chizmalariga spetsifikatsiya
bilan birga buyumlar yoki ularning qismlari yig’ma birliklarining, gidromontaj,
pnevmontaj va elektromontaj chizmalari kiradi. Umumiy ko’rinish chizmalari
buyum tarkibiga kiruvchi detallarning eskizlari yoki ish chizmalariga muvofiq
tuziladi.
Umumiy ko’rinish chizmalari quyidagilardan iborat:
a) yig’ma birlikning tasviri (ko'rinishlari, kerakli qirqim va kesimlari);
b) yig’ma birlikni kontrol qilishni ta'minlovchi ko'rsatmalar;
c) o’lchamlar, chekli chetga chiqishlar, shu bo'yicha boshqa parametr va talablar;
d) detallarni biriktirish xarakteri va usuli to'grisidagi ko'rsatmalar;
e) buyum tarkibiga kiruvchi tashkiliy qismlarining pozitsiya nomerlari;
f) buyumning asosiy xarakteristikalari;
g) gabarit, o'rnatish, ulanish va kerakli ma’lumot o’lchamlar
Umumiy ko’rinish chizmalari, odatda, yangi buyumlarni loyihalashda va
mavjud buyumlarning o'ziga qarab tuziladi. Buyumning o'ziga qarab uning
umumiy ko’rinish chizmalarini quyidagi tartibda tuzish tavsiya etiladi:
1. Buyum diqqat bilan ko'zdan kechiriladi, uning vazifasi, ishlash printsipi
va konstruktiv xususiyatlari aniqlanadi.
166
2. Buyum yig’ma birliklar va detallarga ajratiladi. Buyum tarkibiga
kiruvchi barcha detallarning shakli, elementlari, ularning bir-biri bilan o'zaro
birikish usullari aniqlanadi.
3. Buyumning tarkibiga kiruvchi yig’ma birliklar va barcha detallarning
spetsifikatsiyasi tuziladi.
4. Buyumning tarkibiga kiruvchi har bir (standart detallardan tashqari)
detalning eskizi tuziladi.
5. Buyumning asosiy va qo’shimcha tasvirlari soni, ko’rinishlari, qirqimlari
va kesimlari belgilanadi.
6. Buyumning murakkabligi va katta-kichikligiga qarab umumiy ko’rinish
chizmasining masshtabi tanlanadi.
7. O`zDSt 2.301-96 ga muvofiq varaqning formati tanlanadi, varaqning
ramka chiziqlari ingichka qilib chiziladi va asosiy yozuvga joy qoldiriladi.
8. Varaq rejalashtiriladi, har bir tasvirning simmetriya o’qlari o'tkaziladi.
9. Har bir ko'rinish qirqim va kesim, shuningdek, qo'shimcha
ko’rinishlarning joylashuvi aniqlanadi.
10. Asosiy (buyumning korpusi va shu kabi) detalning bir vaqtda hamma
tasvirlarning, so'ngra maydaroq detallarning barcha tasvirlari konturi ingichka
chiziq bilan chiziladi.
11. Chizmaning barcha qirqim va kesimlari bajariladi, hamda shtrixlanadi.
12. Chizma o'lchamlari va zarur hollarda detallarni o'tqazish usullari
qo'yiladi.
13. Chizma
kontur
chiziqlari
O`zDSt
2.303-96
ga
muvofiq
yo’g’onlashtiriladi, avval o'q, markaz va o'lcham chiziqlari, aylana va egri
chiziqlar, so’ngra asosiy tutash to'gri chiziqlar yo’g’onlashtiriladi
14. Detallarning pozitsiya nomerlari qo’yiladi.
15. Chizmaning asosiy yozuvi va spetsifikatsiyasi to'lg’aziladi. Zarur
hollarda texnik shartlar yozib qo’yiladi.
Umumiy ko’rinish chizmasidagi har bir detal o'zining barcha tasvirlaridagi
qirqim va kesimlarida bir tomonga qaratib shtrixlanishi kerak. Buyumning
167
harakatlanuvchi qismlarining eng chetki vaziyatlari (klapan, dasta, shpindel,
porshen va shunga o'xshash) yig’ish chimalarida ingichka shtrix-punktir chiziqlar
bilan chizib ko'rsatilishi kerak. Buyumning o’ziga qarab umumiy ko’rinish
chizmasini tuzishni 10.1-10..3-rasmlarda berilgan ”Yo`naltiruvchi blok” misolida
ko'rish mumkin.
10.1-rasm. Mavjud buyum -“Yo’naltiruvchi blok” va uni detallarga ajratish.
168
169
10.2-rasm. “Yo’naltiruvchi blok” detallarining eskizlari.
|