• Yig’ma birliklar – spetsifikasiyalanayotgan buyum tarkibiga kiruvchi yig’ma birliklar. Detallar
  • Standart buyumlar
  • -rasm. “Yo’naltiruvchi blok”ning umumiy ko’rinish chizmasi




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/83
    Sana25.11.2023
    Hajmi8,84 Mb.
    #105189
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
     
    10.3-rasm. “Yo’naltiruvchi blok”ning umumiy ko’rinish chizmasi. 
     
     


    170 
    10.2. Spetsifikasiyalarni tuzish. 
    Spetsifikasiya asosiy konstruktorlik hujjati hisoblanib, yig’ma birlikning 
    tarkibini aniqlaydi. Standartga binoan spetsifikasiya A4 formatda, (sarlavha varaq), 
    yoki (keyingi varaqlar) bo’yicha bajariladi. Umumiy vaziyatda spetsifikasiya 
    quyidagi tartibda joylashgan bo’limlardan iborat: hujjatlar, komplekslar, yig’ma 
    birliklar, detallar, standart buyumlar, boshqa buyumlar, materiallar, komplektlar. U 
    yoki bu bo’limlarning mavjudligi buyumning tarkibini belgilaydi. Har bir 
    bo’limning nomi Nomi grafasida ko’rsatilib ingichka chiziq bilan tagiga 
    chiziladi. Har bir sarlavhadan keyin bo’sh qator, bundan tashqari har bir bo’lim 
    oxirida, qo’shimcha yozuvlar uchun, kamida birta qator tashlanadi. Qator 
    balandligi 8 mm dan kam bo’lmasligi kerak. O’quv chizmalari uchun har bir 
    bo’limning mazmuni: 
    Hujjat
    – konstruktorlik hujjatlarining asosiy tashkil 
    etuvchisi (yig’ish chizmasi va strukturaviy sxema-buyumning tarkibiy qismlarga 
    bo’linishi). 
    Yig’ma birliklar 
    – spetsifikasiyalanayotgan buyum tarkibiga kiruvchi 
    yig’ma birliklar. 
    Detallar
    – bevosita buyum tarkibiga kiruvchi detallar (ya’ni, 
    yuqorida keltirilgan yig’ma birliklar tarkibiga kirmaydigan). Yig’ma birliklar va 
    detallar, ularni belgilovchi raqamlarning oshib borishi tartibida yoziladi. 
    Standart 
    buyumlar 
    – davlat, soha va korxona (yordamchi ishlab chiqarish buyumlari uchun) 
    standartlari bo’yicha qo’llaniladigan buyumlar. Yozuvlar standartlarning har bir 
    toifasi doirasida, detallarning funksional qo’llanilishi bo’yicha (dumalash 
    podshipniklari, mahkamlash buyumlari va h.k.z.) birlashtiruvchi guruhlari 
    bo’yicha, har bir guruh doirasida, nomlari alifbo tartibida (masalan, boltlar, 
    gaykalar, vintlar, shaybalar), har bir nom doirasida standartlarning belgilari oshib 
    borishi tartibida, har bir belgi doirasida esa asosiy parametrlar yoki o’lchamlarning 
    oshib borishi tartibida (masalan diametr, uzunlik) amalga oshiriladi. 
    Materiallar

    spetsifikasiyalanayotgan buyum tarkibiga kiruvchi (ya’ni, buyum yig’ma birligi 
    tarkibiga kirmaydigan) materiallar. Ularni quyidagi tartibda yozamiz: qora 
    metallar, rangli metallar, simlar, iplar, plastmassalar va h.k.z. Har bir turi bo’yicha 
    material alifbo tartibida, har bir nom bo’yicha esa o’lcham yoki boshqa 
    parametrlarning oshib borishi bilan yoziladi. Buyumdagi miqdori konstruktor 


    171 
    tomonidan belgilana olmaydigan materiallar (masalan, bo’yoq, yelim, kavshar va 
    h.k.z.) yozilmaydi. Bunday hollarda ularning miqdorini texnolog belgilaydi, 
    ularning qo’llanilishi bo’yicha ko’rsatmalar esa, chizmada yozilgan texnik 
    talablarda beriladi. Material nomi bir qatorga sig’masa, ikkinchi qatorga ham 
    o’tiladi, lekin nomer qo’yilmaydi. “Bichim” grafasida, nomlari keltirilgan 
    hujjatlarning bichimi (formati) ko’rsatiladi. Agar hujjat bir necha varaqlarda 
    berilgan bo’sa, yulduzcha belgisi qo’yiladi. 

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. “Yo’naltiruvchi blok”ning umumiy ko’rinish chizmasi

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish