• Material S on i Izoh
  • MC.GI.007.000.YC Yig’ish Chizmasi
  • Yig’ma birliklar
  • Korpus Cho’yan 1
  • Gayka M6 Po’lat “Izoh”
  • “Zona”
  • “Soni”
  • Muhandislik va kompyuter grafikasi




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/83
    Sana25.11.2023
    Hajmi8,84 Mb.
    #105189
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83
    Bi
    c
    h
    im
     
    Z
    on
    a
     
    Vaz
    iy
    a

     
    Belgisi 
     
    Nomi 
     
    Material 
    S
    on

     
    Izoh 
     
     
     
     
     
    Hujjatlar 
     
     
     
    A3 
     
     
    MC.GI.007.000.YC 
    Yig’ish Chizmasi 
     
     
     
     
     
     
     
    Komplekslar 
     
     
     
     
     
     
     
    Yig’ma birliklar 
     
     
     
     
     
     
     
    Detallar 
     
     
     
    A3 
     

    MC.GI.007.001 
    Korpus 
    Cho’yan 

     
     
     
     
     
    Standart buyumlar 
     
     
     
     
     

     
    Gayka M6 
    Po’lat 
     
     
    “Izoh” grafasida esa barcha bichimlar, oshib borish tartibida (agar bichimlar 
    turlicha bo’lsa) sanab o’tiladi. Qo’shimcha bichim qo’llanilganda ham shunday 
    qilinadi. Chizmasi berilmagan detallar uchun “Chizmasiz” deb yoziladi. “Zona” – 
    grafasida buyumning tashkiliy qismi vaziyat raqami joylashgan zona (chizma 
    maydoni zonalarga ajratilganda) belgisi ko’rsatiladi. “Vaziyat” – grafasida 
    buyumning tashkiliy qismi vaziyat raqami spetsifikasiyda yozilish tartibi bo’yicha 
    ko’rsatiladi. “Hujjat” bo’limi uchun bu grafa to’ldirilmaydi. “Hujjat” bo’limining 
    “Nomi”- grafasida yoziladigan hujjatlarning nomi, “Yig’ma birliklar” va 
    “Detallar” bo’limlarida asosiy konstruktorlik hujjatlarining nomi ko’rsatiladi. 
    Standart buyumlar” va “Materiallar” bo’limlarida nomi va standartlarga 
    muv`ofiq belgilanishi, “Soni” grafasida esa buyum soni yoziladi. 
     
     
     


    172 
    10.3. Yig’ma birlikni detallarga ajratib chizish. 
    Buyumni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash jarayonida uni 
    tashkil etuvchi detallarni tayyorlash, almashtirish va ta’mirlashga to’g’ri keladi. 
    Bunday hollarda uning umumiy ko’rinish chizmasidan yig’ma birlikni detallarga 
    ajratib ularning ish chizmalarini tayyorlash kerak bo’ladi. Agar detalning ish 
    chizmasi uning mavjud eskiziga muvofiq bajarilsa, eskizni masshtabga rioya 
    qilmay chizilganligini nazarda tutish lozim. Odatda, buyum tarkibiga kiruvchi 
    barcha detallar uchun ish chizmalari bajariladi. Bunday chizmalarga muvofiq har 
    bir detal ishlab chiqariladi, yig’ish yo'li bilan ulardan uzel, mexanizm va 
    mashinalar, ya'ni buyumlar tayyorlanadi. Barcha sanoat tarmoqlarida ishlab 
    chiqariladigan har bir detal uchun alohida ish chizmalari GOST 2.109- 73 da 
    belgilangan qoidalarga muvofiq tuziladi. Ish chizmalari eskizdan farq qilib, ular 
    chizma asboblari yordamida, belgilangan ma'lum masshtablarda kattalashtirib, 
    haqiqiy o'lchamda yoki kichiklashtirib chizilgan bo’ladi. Detallarning ish 
    chizmalari asosiy konstruktorlik hujjati bo’lib, ularda detallarni yasash uchun zarur 
    bo’lgan hamma o’lchamlar va ma'lumotlar ko’rsatilgan bo’ladi. Ish chizmalarini 
    tuzish uchun detallarning eng ko’p uchraydigan elementlarini, yuzalarining g’adir-
    budirlik belgilarini, o’lcham va chetga chiqishlarni (dopusk), texnik talablarning 
    mazmuni, materiallarning belgilanishlarini, o’lcham asboblarini va usularini, 
    shuningdek, o’lcham qo’yishlarni va mashina detallarining eskizi hamda ish 
    chizmalarini tuzishini va boshqa ma'lumotlarni bilish zarur. Ishlab chiqarishda har 
    bir detal harflar va arab raqamlaridan iborat buyum indeksi va olti xonali sonlar 
    bilan belgilanadi. Masalan, paxta tolalarini chigitdan ajratish mashinasi arralarini 
    kesuvchi shtampning staninasiga ShP 06.01.0001 belgi qo'yilgan bo'lsin. Bunda 
    ShP 06 shtampning indeks belgisi, 01- shtamp tarkibiga kiruvchi yig’ma birlikning 
    belgisi, 0001- esa 01- yiq’ma birlikdagi birinchi detal -staninaning belgisidir. 
    Tuzilishi sodda bo'lgan detallarning ish chizmalarini faqat bitta ko'rinishda 
    tasvirlash mumkin. Bunday hollarda detalning qalinligi yoki uzunligi yozib 
    qo'yiladi. Sortli po'lat prokatlardan to'gri burchak ostida va aylana bo'ylab (list 
    ko'rinishidagi materiallar uchun) qirqib tayyorlanadigan va keyinchalik ishlov 


    173 
    berilmaydigan detallarning ish chizmalari tuzilmaydi. Shuningdek, sotib olinib, 
    qo'shimcha ishlov berilmaydigan va konstruksiyasi murakkab bo'lmagan yog’och 
    detallarga ham ish chizmalari tuzilmaydi. Bukish va egish usuli bilan ishlanadigan 
    detallarning ish chizmalari ularning tuzilishi va o'lchamlari haqida aniq, tasavvur 
    bera olmasa, bunday detallarning to'la yoki qisman yoyilmasi chiziladi. Yoyilma 
    tasvirining ustiga “Yoyilma” so'zi yozib qo'yiladi. Yoyilmalar asosiy tutash chiziq 
    yo’g’onligida bajarilib, ularda ish chizmalarida ko'rsatishning iloji bo’lmagan 
    o’lchamlar qo'yiladi (10.4-rasm, a). Zarur bo'lgan hollarda yoyilma tasvirida 
    bukish chiziqlari ingichka tutash chiziq bilan chiziladi va chiqarish chizig’ining 
    tokchasiga “Bukish chizigi” so’zi yozib qo’yiladi (10.4-rasm, b). Chizmaning 
    yaqqolligini buzmasdan detal ko'rinishida uning yoyilmasini joylashtirishga ruxsat 
    etiladi. Bunday hollarda yoyilma ikki nuqtali ingichka shtrix-punktir chiziq bilan 
    tasvirlanadi va “Yoyilma” so'zi yozib ko'rsatilmaydi. Deformatsiyalanuvchi 
    elementlari bor detallarning ish chizmalarida ularning erkin vaziyati asosiy tutash 
    chiziq bilan, ushbu elementning boshlang’ich vaziyatidan o'zgargan holati esa 
    ingichka shtrix-punktir chiziq bilan tasvirlanadi va bunday holatni aniqlovchi 
    o’lchamlar qo’yiladi (10.4-rasm, c
    Detallar tolasi ma'lum yo'nalishdagi (yog’och, qog’oz, metall lentasi, prokat 
    va boshqa) materiallardan ishlangan bo'lsa, zarur hollarda ish chizmalarida 
    prokatning yoki tolaning yo'nalishi ikki yoqli strelka bilan ko'rsatiladi va tegishli 
    izoq beriladi (10.4-rasm, d). Qatlamli (tekstolit, fibra va shunga o'xshash) 
    materiallardan yasaladigan detallarning bunday qatlamlarining joylashishi texnik 
    talablarda ko’rsatiladi (10.4-rasm, e). O’ng va teskari tomonli (charm, texnik 
    matolar, 
    klyonka 
    va 
    boshqa) 
    materiallardan 
    tayyorlangan 
    detallarning 
    chizmalarida, zarur hollarda chiqarish chizig’ining tokchasiga “O’ng tomoni” so’zi 
    yozib qo’yiladi (10.4-rasm, f).


    174 

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish