• Lakmus Fenolftalein Metil zarg‘aldog‘i
  • Rangi o‘zgarmaydi Aluminiy nitrat Qizaradi
  • Ko‘karadi To‘q qizil Sariq
  • Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar suvda eritilganda,eritma muhiti ishqoriy bo‘ladi.
  • Tuzlar bilan suv orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir.
  • Muharrir: B. G`aybullayev. Uychi tumani xtmfmt va te bo`limi uslubchisi




    Download 0.77 Mb.
    bet6/7
    Sana27.07.2021
    Hajmi0.77 Mb.
    #16145
    1   2   3   4   5   6   7
    Ayrim tuzlarning s

    uvdagi eritmasini indikatorlarga munosabati

    Tuzlarning eritmalari

    Tuz eritmalarining indikatorlarga ta’siri

     

    Lakmus

    Fenolftalein

    Metil zarg‘aldog‘i

    Kaliy nitrat

    Rangi o‘zgarmaydi

    Rangi o‘zgarmaydi

    Rangi o‘zgarmaydi

    Aluminiy nitrat

    Qizaradi

    Rangi o‘zgarmaydi

    Pushti

    Natriy karbonat

    Ko‘karadi

    To‘q qizil

    Sariq

    "Ion almashinish reaksiyalari" mavzusida siz elektrolit eritmalari orasidagi reaksiyalarni oxirigacha borishi sababi, eritmadagi ionlarni o‘zaro birikib dissotsiatsiyalanmaydigan moddalar hosil qilishida ekanligidaligini bilib olgansiz.

    23-jadvaldagi o‘zgarishlarning sabablarini ko‘rib chiqamiz.

    1. Kaliy nitrat tuzining suvdagi eritmasi indikatorlar rangini o‘zgartirmaydi:

    KNO3 +H2O ↔ K++ NO3 + H2O

    (H2O ↔ H+ + OH)

    K+ ioni suvning dissotsiatsiyalanishidan oz bo‘lsa-da OH- ioni bilan KOH ni hosil qiladi. KOH kuchli elektrolit, ionlarga batamom ajragan bo‘ladi:  KOH ↔ K+ + OH.   NO3 ionini H+ ioni bilan birikishidan hosil bo‘lgan HNO3 ham kuchli elektrolit, u ham ionlarga ajrab ketadi: HNO3↔ H++ NO3

    Demak, kuchli asos va kuchli kislotalardan hosil bo‘lgan tuzlarning eritmalari muhiti neytral bo‘ladi. Ya’ni bunday tuzlar gidrolizlanmaydi.

    2. Aluminiy nitrat tuzi kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuz. Bunday tuzlar gidrolizlanadi. Aluminiy nitrat tuzining gidrolizlanganini indikator­lar rangini o‘zgartirganligidan bilish mumkin:

    Suvning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘layotgan OH-  ionlari Al3+ ioniga birikib dissotsiatsiyalanmaydgan ion AlOH2+ ni hosil qiladi. Natijada eritmada H+ ionlari ortiqcha bo‘lib qoladi. Eritmada H+ ionlarining ortiqcha bo‘lib qolishi muhitni kislotali qilib qo‘yadi.

    Bu jarayonda Al3+ ioni AlOH2+ ioniga, AlOH2+ ioni esa yana bitta OH- ionini biriktirib Al(OH)2 ioniga aylanadi. Jarayon davom etib Al(OH)3 ni hosil qilmasligiga sabab eritmada yig‘ilib borayotgan H+ ionlari suvni dissotsiatsiyalanishini to‘xtatib qo‘yadi.



      jarayonni oxirigacha olib borish uchun H+ ionlarini yo‘qotib turish kerak.

    ◙  Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlarning suvdagi eritmasining muhiti kislotali bo‘ladi.



    3. Natriy karbonat tuzi kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan. Bunday tuzlarning suvli eritmalarida ham kimyoviy jarayon sodir bo‘ladi. 23-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, indikatorlar rangining o‘zgarishidan muhitni ishqoriy ekanligini bilamiz.



    Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar suvda eritilganda:



    Kuchsiz kislota anioni suvning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan H+ ionini biriktirib dissotsiatsiyalanmaydigan ionini hosil qiladi.  ioni navbatdagi H+ ionini biriktirib H2CO3 ni hosil qilishi kerak. Ammo bu jarayon sodir bo‘lmaydi (H2CO3 → H2O + CO2). Buning sababi eritmadagi OH- ionlari suvning navbatdagi molekulasining dissotsiatsiyalanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Gidroliz jarayonini oxirigacha davom ettirish uchun eritmadagi ortiqcha OH- ionlarini yo‘qotib turish kerak.

    ◙ Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar suvda eritilganda,eritma muhiti ishqoriy bo‘ladi.




    4. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar to‘liq gidrolizga uchrab kuchsiz asos va kuchsiz kislota hosil qiladi:

    Al2S3 + 6H2O → 2Al(OH)3↓ + 3H2S↑

    Eritmaning muhiti esa hosil bo‘lgan asos bilan kislotaning nisbiy kuchi bilan belgilanadi. Demak, hosil bo‘lgan asos kuchliroq bo‘lsa kuchsiz ishqoriy, kislota kuchliroq bo‘lsa kuchsiz kislotali bo‘ladi, hosil bo‘lgan asos va kislotaning kuchi teng bo‘lganda neytral muhitda bo‘ladi.

    ◙  Tuzlar bilan suv orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir.



    ◙    Tuzning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi.

    Ko’rsatilgan ana shu ma`lumotlar asosida guruhlarga topshiriqlar beriladi. O’quvchilar topshiriqlarni bajarishda quyidagi jadvaldan foydalanib bajaradilar.




    Download 0.77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muharrir: B. G`aybullayev. Uychi tumani xtmfmt va te bo`limi uslubchisi

    Download 0.77 Mb.