II bob.Eyler formulasining turli isbotlari




Download 466,29 Kb.
bet10/16
Sana18.11.2023
Hajmi466,29 Kb.
#100822
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Diplom ishi.Rasulova N.A

II bob.Eyler formulasining turli isbotlari
2.1. Kompleks sonlar haqida tushuncha va ularning turli ko’rinishlari
Ma’lumki kvadrat tenglamalarni yechishda ba’zida ildiz ostida manfiy son hosil bo’lib qoladi, ya’ni kvadrat tenglamaning diskriminanti manfiy sondan iborat bo’ladi:

Bunda ildiz ostidan haqiqiy sonni chiqarish mumkin emas, u holda berilgan kvadrat tenglama ildizga ega emas. Shu vaqtgacha kvadrat ildiz chiqarish faqatgina musbat haqiqiy sonlar uchun aniqlanganligi o’qtirib kelingan. Manfiy haqiqiy sonlardan ildiz chiqarish ma’noga ega emas, ya’ni manfiy haqiqiy sonning kvadrat ildizi haqiqiy son bo’lmasligi mumkin.
Diskriminanti manfiy sondan iborat bo’lgan kvadrat tenglamani yechish uchun sonlar tushunchasini kengaytirish lozim bo’ladi. Bunday holda haqiqiy sonlar to’plamiga kvadrati -1 ga teng bo’lgan yangi i sonini kiritish maqsadga muvoffiq bo’ladi. Bu sonni mavhum birlik deb atash kabo’l qilingan. U holda quyidagi tenglik o’rinli bo’ladi:
i2=-1
i soni bi ko’rinishdagi ko’paytma va a+ ib yig’indini kiritish imkoniyatini beradi.
Ta’rif: a+bi ko’rinishdagi ifodaga kompleks son deyiladi. Bunda a va b ixtiyoriy haqiqiy sonlar, i- mavhum birlik.
a soni a+bi kompleks sonning haqiqiy qismi, bi ko’paytma esa mavhum qismi deb ataladi, b soni mavhum qismning koeffisiyenti deyiladi.
Masalan, 5+2i kompleks son uchun 5 soni haqiqiy qism, 2i esa mavhum qism bo’ladi, uning koeffisiyenti 2 dan iborat; 0+7i sonning haqiqiy qismi 0, mavhum qismi 7i , mavhum qismning koeffisiyenti 7 dan iborat; 6-0i sonning haqiqiy qismi 6, mavhum qismi 0i, mavhum qismning koeffisiyenti 0 dan iboratdir.
Kompleks sonlar kiritilgach algebra, nazariy fizikaning gidrodinamika, elementar zarralar nazariyasi va hokazolardagi fikrlar hamda tushunchalar soddalashdi.

Download 466,29 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 466,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II bob.Eyler formulasining turli isbotlari

Download 466,29 Kb.