Quyosh kollektorlarining ish jarayoni




Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/33
Sana27.10.2022
Hajmi1.63 Mb.
#28304
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari
Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222
Quyosh kollektorlarining ish jarayoni 
Quyosh suv isitish qurilmasi quyosh kollektori, issiqlik almashingich 
kontur va issiqlik akkumulyatori (suvli bak) dan tashkil topgan. Quyosh 
kollektori orqali issiqlik tashuvchi (suyuqlik, propilenglikol,) sirkulyatsion 
harakat qiladi. Quyosh kollektorida issiqlik tashuvchi quyosh energiyasi 
hisobiga qiziydi va o‗z issiqligini bak-akkumulyatorda o‗rnatilgan issiqlik 
almashingich orqali suvga beradi. Bak-akkumulyatorda issiq suv u 
foydalangunga qadar saqlanadi, shuning uchun u yaxshi issiqlik 
izolyatsiyatsiga ega bo‗lishi zarur. Quyosh kollektori joylashgan birinchi 
konturda issiqlik tashuvchining tabiiy va majburiy sirkulyatsiyasi bo‗lishi 


54 
mumkin. Bak-akkumulyatorda elektr isitgich-dubler o‗rnatilishi mumkin. 
Bak-akkumulyatorda normadan past darajada suv harorati tushib ketganda 
(bulutli ob-havo sharoitlarida, quyosh shu‘lalanishi soatining qish 
mavsumida kamayib ketishi) isitgich-dubler avtomatik ravishda qo‗shilib 
suvni berilgan haroratgacha qizdiradi. 
Quyosh uskunasining asosiy konstruktiv elementi kollektor bo‗lib, 
unda quyosh energiyasini ushlab qolish, uni issiqlikka almashtirish va 
suvni havoni yoki biror-bir boshqa issiqlik tashuvchini qizdirish amalga 
oshiriladi. Quyosh kollektorlarining ikki turi farqlanadi, yassi va 
fokuslovchi. Yassi kollektorlarda quyosh energiyasi konsentratsiyasiz 
yutiladi, fokuslovchida esa – konsentratsiya bilan, ya‘ni kelayotgan 
radiatsiya oqimini zichligining oshishi bilan past xaroratli gelio 
uskunalardagi kollektorlarning eng keng tarqalgan turi quyosh 
energiyasining yassi kollektori (QEK) hisoblanadi. Uning ishlashi «issiq 
yashik» prinsipiga asoslangan bo‗lib, uni yopiq avtomobil saloni quyoshda 
qizishini esga olsak tasavvur qilish oson bo‗lib, u unga shaffof oyna 
yuzalari orqaliquyosh nurlariga o‗ziga xos qopqon vazifasini o‗taydi. 
Yassi QEK tayyorlash uchun, avvalo, qizdirilayotgan issiqlik tashuvchi 
harakatlanishi uchun quvur yoki kanallarni bir qatori bilan ishonchli 
aloqaga ega nur yutuvchi yuza zarur. Yassi nur yutuvchi yuza va issiqlik 
tashuvchi quvurlar (kanallar) yig‗indisi konstruktiv yakka element-
absorberni hosil qiladi. Quyosh energiyasini yaxshi yutilishi uchun 
absorberning yuqorigi yuzasi qora rangga bo‗yalishi kerak va maxsus 
yutuvchi qoplamaga ega fazoga issiqlik yo‗qotishlarining pasayishiga 
absorberning pastki yuzasini yopib turuvchi issiqlik gezolyatsiyasidan, 
shuningdek, absorbyerdan yuqorida undan ma‘lum masofada joylashuvchi 
yorug‗lik shaffof izolyasiyasidan foydalanish yo‗li bilan erishiladi. Barcha 
shaffof izolyasiya zichlashuvi shisha bilan qoplanadi (1-rasm). 
Shunday qilib umumiy ko‗rinishi 2-rasmda ko‗rsatilgan suyuqlikni 
qizdiruvchi yassi kollektor hosil bo‗ladi. 
Yassi QEKning boshqa turdagi kollektorlarga nisbatan prinsipial 
afzalliklariga uning to‗g‗ri (nurli) va shuningdek sochma quyosh 
energiyasini ushlab qolish qobilyatini va buni natijasida – quyosh ortidan 
kuzatish zaruratisiz uni statsionar o‗rnatish imkoniyati kiradi. 
Quyosh energiyasining yassi kollektori absorberi, odatda yuqori issiqlik 
o‗tkazuvchanlikka ega metaldan, xususan, po‗lat, alyuminiy va xatto 
misdan tayyorlanadi. 
Shaffof izolyasiya bir yoki ikki qavat shisha yoki polimer plenkasi 
ko‗rinishida bo‗ladi. Shishaning tashqi qavati va polimer plenkaning ichki 


55 
qavatidan kombinatsiya ishlatilishi mumkin. Issiqlik tashuvchining 
pastqizdirish harorati holatida (30
0
C gacha) kollektor umuman shaffof 
izolyasiyaga ega bo‗lmasligi mumkin. Kollektor korpusi ruxlangan temir, 
alyuminiy, yog‗och, plastmassadan tayyorlanishi mumkin. Issiqlik 
izolyasiya sifatida turli materiallar qo‗llanilishi mumkin: mineral paxta, 
penopoliuretan va x.k. 
Keng tarqalgan suyuqlikli yassi quyosh kollektori (1-rasm) issiqlik 
tashuvchi sirkulyatsiyasi uchun maxsus issiqlik yutuvchi metall list va 
unga biriktirilgan kanallar (absorber) dan tashkil topadi. Quyosh issiqlik 
nurlanishini yutuvchi absorberning yuqori qismida (bir qancha oraliqda) 
selektiv shaffof shisha qoplamasi bo‗ladi. Konstruksiya xamma qismi 
korpusga biriktirilib pastki va yon tomondan issiqlik izolyasion material 
bilan ta‘minlanadi. 
1-rasm. Yassi quyosh kollektorining konstruktiv tuzilishi 
1 – quyosh nuri; 2 – oynali qobiq; 3 – korpus; 4 – issiqlik qabul qilgich 
yuzasi (absorber); 5 – issiqlik izolyatori; 6 – mahkamlagich; 7 – xususiy 
to‗lqin uzunligi.
Bunday 
quyosh 
kollektorining 
ish 
jarayoni 
selektiv 
shisha 
qoplamasining xossalariga bog‗liq bo‗lib qisqa to‗lqinli quyosh nurlarini 
o‗tqazish va qizigan yuzadan (absorber) nurlanayotgan uzunto‗lqinli 
radiatsiyani ushlab qolishga asoslangan bo‗lib sodir bo‗layotgan hodisa 
―parnik effekti‖ deb nomlanadi. Bunday quyosh nurlanishini selektiv 
o‗tqazish natijasida absorber qizib uzun to‗lqinli nurlanishni chiqara 
boshlaydi. Shisha qoplamasining uzun to‗lqinli nurlanishni ushlab turish 
hisobiga 
shisha-absorber o‗rtasidagi fazoda haroratning sezilarli 
ko‗tarilishi ro‗y beradi. Shishaning nur o‗tqazish xossasining 


56 
yaxshilanishiga shisha yuzasini teksturalash, tarkibida temir materialini 
kamaytirish yordam beradi, uzun to‗lqinli nurlanishni ushlab turishga esa 
qo‗shimcha ravishda shishaga qilingan selektiv qoplamalar ko‗mak beradi.
2-rasm. Yassi quyosh kollektorining umumiy ko‗rinishi 
Odatda absorber paneli yuqori issiqlik o‗tkazuvchanlikka ega 
materiallar (mis, alyuminiy) dan tayyorlanadi yoki qora rangga bo‗yaladi, 
shuningdek yuqori quyosh energiyasini yutilish koeffitsiyentiga ega qora 
material bilan qoplanadi. 
Agar issiqlik tashuvchi absorber bilan kontaktda bo‗lsa, unda u bu 
energiyani oladi. Quyosh kollektori chiqish qismidagi foydali energiya 3 ta 
parametrga bog‗liq: kollektor yuza tekisligidagi tushayotgan quyosh 
nurlanishi oqim zichligi (quyosh radiatsiyasi) 
, kollektorga kirish 
qismida issiqlik tashuvchining o‗rtacha harorati T
in.
va atrof-muhit harorati 
T
a.

Vaqt bo‗yicha kollektorning yuza birligidan olinadigan foydali
energiya quyidagi ifodadan topiladi (Vt). 
⌊ 

 
(1) 
Bu yerda A-kollektorning maydoni (m
2
); 
-kollektordan issiqlik 
uzatish koeffitsiyenti 
- kollektor yuza tekisligidagi tushayotgan quyosh 
nurlanishi oqim zichligi (quyosh radiatsiyasi) Vt/m
2

-quyosh 
nurlanishiga nisbatan shaffof qoplamaning o‗tkazish koeffitsiyenti

quyosh nurlanishiga nisbatan shaffof qoplamaning yutish koeffitsiyenti, 


57 
- kollektorda to‗liq issiqlik yuqotilishi koeffitsiyenti, bu koeffitsiyent 
shamol tezligiga, shaffof qoplamalar soniga va izolyatsion materiallarning 
xossasiga bog‗liq. 
Soddalashtirilgan varianti: 
(2) 
Bu yerda 
- issiqlik tashuvchining solishtirma massa sarfi (
), 

issiqlik 
tashuvchining 
issiqlik 
sig‗imi 
. Mos ravishda 
geliokollektorning FIK quyidagi formuladan aniqlanadi: 

 
 
 
 
 
(3) 
Issiq suv ta‘minoti uchun iste‘mol quvvati quyidagicha aniqlanadi: 

 
 
(4) 
 

Download 1.63 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish