Muqobil energiya manbalari




Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/33
Sana27.10.2022
Hajmi1.63 Mb.
#28304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari
Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222
 
 
 
 
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2019 
 



Kirish 
 
So‗nggi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlarida va 
ijtimoiy sohasida energiya samaradorligini yuksaltirish va qayta 
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‗yicha 
keng ko‗lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi 
birinchi Prezidentining 2013 yil 1 martdagi ―Muqobil energiya 
manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Farmoni 
va 2015 yil 5 maydagi 2015 — 2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va 
ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan 
texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‗g‗risidagi qarori 
ijrosini ta‘minlash yuzasidan: 
Energiya samaradorligi va energiyaning qayta tiklanuvchi manbalarini 
rivojlantirish masalalari bo‗yicha Respublika komissiyasi tashkil etildi, 
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tarkibida Respublika 
komissiyasining ishchi organi sifatida energiya samaradorligini oshirish 
bo‗limi tashkil qilindi; 
Osiyo taraqqiyot banki ko‗magida O‗zbekistonda quyosh energetikasini 
rivojlantirishning ―yo‘l xaritasi‖ ishlab chiqildi; 
Namangan viloyatining Pop tumanida Koreya Respublikasining Savdo, 
sanoat va energetika vazirligi ko‗magida 2014 yilning dekabr oyida 
quvvati 130 kVt bo‗lgan quyosh fotoelektrik stansiyasi qurildi va ishga 
tushirildi, ushbu stansiya yagona elektr energetikasi tarmog‗iga ulangan va 
yiliga 234,3 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga 
ega; 
Surxondaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida yirik quyosh 
fotoelektrik stansiyalarini qurish bo‗yicha loyihalar tayyorlanmoqda; 
Jahon banki ishtirokida O‗zbekiston Respublikasining shamollar atlasi 
ishlab chiqildi, Toshkent viloyatining Bo‗stonliq tumanida quvvati 750 
kVt bo‗lgan tajribaviy shamol energoqurilmasi qurildi. 
2016 yil yakunlari bo‗yicha iqtisodiyot tarmoqlarida 2016/2017 yil 
kuz-qish mavsumida energoresurslarni tejash bo‗yicha qo‗shimcha chora-
tadbirlarni hisobga olgan holda, 1210,3 million kVt.soat elektr energiyasi 
va 991,2 million kub metr ta‘biiy gazni iqtisod qilishga erishildi, bu esa 
tarmoqlarning 2016 yildagi iste‘molining mos ravishda 5,1 va 3,6 foizini 
tashkil etadi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2015 yilda yalpi ichki 
mahsulotning energiya sig‗imi 10,8 foiz, 2016 yilda 7,2 foiz va 2017 
yilning birinchi choragida 12,7 foiz qisqarishiga erishildi. Shu bilan birga, 
hozirgi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni jadal 



rivojlantirishga to‗sqinlik qilayotgan bir qator o‗z yechimini kutayotgan 
masalalar mavjud. 
Ushbu muhim vazifalarni inobatga olib, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarori 2017 - 2021 yillarda yalpi ichki mahsulotning 
energiya sig‗imini yanada qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va 
qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanishni kengaytirishga 
yo‗naltirilgan.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan jadal foydalanish bo‗yicha 
kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish issiqlik va elektr energiyasi 
kabi energiyaning sanoat turlarini olishni ta‘minlashga yo‗naltirilgan 
bo‗lib, bu uglevodorodlarning o‗rnini bosishga va ularni yuqori likvidli 
mahsulotlar, jumladan, polimerlar, yoqilg‗ining sintetik turlarini ishlab 
chiqarishga yo‗naltirish imkonini beradi. 
Oxirgi yillarda mamlakatimizda oliy ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish 
bo‘yicha keng mashtabli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ustuvor vazifalardan 
biri kadrlar tayyorlash tizimiga jiddiy e‘tibor berish, xalqaro standartlar 
darajasida oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlashda zarur shart-
sharoitlar yaratish muhim vazifalardan sanaladi. 
O‗quv-ilmiy laboratoriya bazalarini zamonaviy o‗quv laboratoriya 
jihozlari bilan ta‘minlash oliy ta‘lim muassasalarida ilm-fanni 
rivojlantirish, nazariya va amaliyot uyg‗unligini ta‘minlash uchun muhim 
omillardan hisoblanadi.
Energetika sohasida maxsus mutahasislik fanlarini o‗qitishning ko‗p 
yillik tajribasi shuni ko‗rsatadiki, murakkab ilmiy-texnik masalalarni 
yechish kafedrada shu mutahasislik bo‗yicha energetik qurilmalar 
mavjudligida soddalashadi. Masalan, muqobil va qayta tiklanuvchi 
energetika sohasida tahsil olayotgan talabalar laboratoriya ishlarini 
bajarish vaqtida hayotga nisbatan ularning ilmiy qarashlari shakllanadi, 
abstrakt fikrlar rivojlanadi.
Bu uslubiy ko‗rsatmada ―Muqobil energiya manbalari‖ fani 
bo‗yicha vakuum trubkali kollektor, quyosh batareyalarini ketma-ket va 
parallel ulash, vismut-tellur asosidagi termoelektrik batareyalar, raqamli 
RS 180-7133(LX-101) lyuksmetri, masofaviy DT-8862 va DT-8863 
infraqizil termometr va quyosh kollektorining issiqlik unumdorligini 
aniqlash, quyosh elementi va batareyasining volt-amper va volt-vatt 
xarakteristikasini tajriba yo‗li bilan aniqlash va grafiklarni qurish aks 
etgan. 




Download 1.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish