• Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari
  • N. M. Kayumova




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/288
    Sana25.01.2024
    Hajmi18,65 Mb.
    #146071
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   288
    Bog'liq
    Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

    * 2 )
    kelgusida 
    sport 
    bilan'''' 
    shug’ullanish 
    uchun 
    asos 
    bo‘lib 
    xizmat 
    qiladigan 
    hayotiy 
    zarur 
    harakatlar, 
    malaka 
    va 
    ko‘mkmalarini 
    , shakllantirish 
    i
    (
    ~
    3) shaxsiy va ijtimoiy gigiyena
    ko'nikmalarini singdirish 
    V_____________________________
    J
    1) jismoniy masbqlar bilan
    shug’ullanish 
    va 
    madaniy-
    gigiyenik 
    ko‘nikmalami
    o'zlashtirish 
    bilan 
    bog’liq
    dastlabki 
    bilimlarni 
    shakllantirish
    140


    Jismoniy mashqlar bolalarning to'laqonli aqliy, axloqiy, es­
    tetik va mehnat tarbiyasiga yordam berib, ularning ma'naviy- 
    irodaviy sifatlarini (jasurlik, halollik, qat'iyat va boshqalarni] 
    rivojlantiradi.
    Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari
    Rejim (kun tartibi]. Bolalar hayotining rejimi (tartibi] - bu 
    bedor yurish, uxlash, ovqatlanish, faoliyat xilma-xil turlarining 
    har kuni muayyan izchillikda takrorlanib, oqilona almashinib 
    turishidir. Tartib rivojlanish uchun qulay sharoit ta'minlashi 
    kerak, shuning uchun u bolaning yoshi, uning salomatligi, kat­
    talar mehnatining xususiyatlari, bola tarbiyalanayotgan oila 
    turmushi va muassasaga bog'liq tarzda o'zgaradi.
    Muayyan vaqt ichida tartibning asosiy tarkibiy qismlari bir 
    maromda va doimiy bo'lishi uning ajralmas xususiyatlaridir.
    Tartibning bir maromdaligi tabiat hodisalarining maromi, 
    organizm faoliyatining maromiga asoslanadi. Bu bedor yurish 
    va uxlashning, tana haroratining o'zgarishi, nafas olish, yurak 
    urishining qisqarish maromida, ovqat hazm qilish traktining 
    ish maromida namoyon bo'ladi va hokazo.
    Oqilona tartib: 1} bedor yurish va uxlashning eng maqbul 
    nisbati asosida quriladi, bu vaqtda boshmiya qobig'i uchastka- 
    lari o'rtasidagi vazifalar qayta taqsimlanadi, olingan axborot 
    qayta ishlanadi; 2} aqliy va jismoniy ishlarning nisbati, ovqat 
    hazm qilish maromini hisobga olish asosida quriladi.
    Tartibdan chetga chiqish darhol bolaning kayfiyatida, shu 
    bilan birga uning xulq-atvorida namoyon bo'ladi.
    Tartibni tuzishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
    1. Oliy asab faoliyatining yosh xususiyatlarini.
    2. Ovqat hazm qilish sistemasi ishidagi yosh xususiyatlarini.
    3. Alohida xususiyatlar: asabiy bolalar va asab tizimi zaif 
    bo'lgan bolalar ko'proq uxlashlari kerak.
    4. Harakatga bo'lgan yosh ehtiyojlari: bir kecha kunduzda- 
    gi harakat miqdori 3 yoshli bolalarda 10-19 ming qadamni, 
    7 yoshli bolalarda 14-25 ming qadamni tashkil qiladi.
    141


    5.Yil fasli, iqlim sharoitlarini, bolalarni uyqusini tashkil 
    etishni hisobga olish lozim.
    Gigiyenik sharoitlar. Bizning jamiyatda jismoniy tarbiya 
    davlatning ona va bola to'g'risidagi g'amxo'rligiga, mehnat- 
    kashlar yashash sharoitlarining doimo yaxshilanib borishi, 
    moddiy farovonligining o'sishiga asoslanadi.
    Bolalarning jismoniy to'g'ri rivojlanishi uchun gigiyenik sha- 
    roit (bino, maydoncha, jihozlar, kiyim - bosh, poyabzal) yara­
    tish, bolalar hayotining ilmiy asoslangan rejimini (bular oqilo- 
    na ovqatlanish, harakatlarni rivojiantirish va organizmni chi­
    niqtirish tadbirlarini o'z ichiga oladi) albatta, bo'lishi zarur. 
    Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati, zaru­
    riy profilaktik va davolash ishlarini olib borishi talab etiladi.
    Bog'chada har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Guruh 
    xonalari bolalarning erkin harakat qila olishi va sof havo bilan 
    nafas olish imkonini beradigan darajada katta, yorug', quruq 
    va issiq, derazalari janubi - sharqqa qaragan bo'lishi kerak.
    Guruh xonasining balandligi 3 - 3,5 m bo'lib, har bir bolaga 
    bino sathidan 2,5 kv. m joy, taxminan 8 kub m havo to'g'ri ke­
    lishi; xona bezagi gigiyenaga xos, tez toza bo'ladigan, yoqimli, 
    yumshoq rangda bo'lishi kerak. Guruhda tartib bo'lishiga rioya 
    qilish zarur. Xonada yorug'likni to'sadigan og'ir va qalin par- 
    dalar, gilamlar, yumshoq mebellar, umuman ortiqcha narsalar 
    bo'lmasligi kerak. Hamma jihozlar ta'lim - tarbiya talabiga, bo­
    lalarning bo'yi va gavda tuzilishiga mos bo'lishi va maktabga­
    cha ta'lim vazirligi tomonidan qo'yilgan maxsus normaga ja­
    vob berishi lozim.
    Bolalarning stol-stullari ancha mustahkam va yengil tuzi- 
    lishi, sodda hamda oson yuviladigan bo'lishi kerak. Stollar 
    yorug'lik chap tomondan tushadigan qilib joylashtirilishi lozim. 
    O'yinchoq va ko'rgazmali qurollar ham gigiyenik talablarga ja­
    vob beradigan, pishiq, zararsiz rangda, tashqi ko'rinishi silliq 
    bo'lishi kerak.
    Tarbiyachi o'z guruhining gigiyenik sharoiti uchun javob- 
    gardir. Xonani bolalar sayrga, musiqa mashg'ulotiga chiqib
    142


    ketgandan keyin shamollatish, deraza fortochkalari esa yil 
    fasllaridan qat'iy nazar doimo ochiq bo'lishi kerak.
    Bog'cha maydonchasi. Har bir yosh guruhi uchun butalar bi­
    lan ajratilgan alohida maydoncha bo'lishi kerak. Maydonchada 
    bolalarning harakatlarini rivojlantirish uchun joy (tekis may­
    doncha), qum, suv, qurilish materiallari bilan o'ynaladigan 
    o'yinlar uchun joy, ijodiy o'yinlar va turli o'yinchoqlar bilan 
    o'ynaladigan o'yinlar uchun joy ajratiladi. Maydonchada ha- 
    rakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar: tirmashib chiqish uchun 
    devorchalar (uch, to'rt va olti burchakli), muvozanat saqlash 
    mashqlari uchun xoda, tepalik, sakrash, uloqtirish mashqlari 
    uchun kerakli jihozlar bo'lishi kerak. Bularning hammasi bo­
    lalarning yoshi va kuchiga mos, pishiq, mustahkam, chiroyli 
    bo'lishi zarur. Bog'cha maydonchasida bolalarning velosipedda 
    yurishlari uchun yo'laklar bo'lishi kerak.
    Yomg'ir va quyoshdan saqlanish uchun yopiq ayvonlar 
    bo'ladi. Maydoncha har doim ozoda, tartibli bo'lishi zarur. 
    Bog'cha maydonchasi skameykalar, o'ynash uchun zarur 
    bo'lgan o'yinchoqlar, qum yashiklari, har xil kema, samolyot 
    maketlari, narvonchalar bilan jihozlangan bo'ladi.
    Qishki vaqtlarda qor tepalikcha, yaxlatilgan yo'lchalar, qor 
    inshootlari qurish lozim.
    Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tush- 
    ki ovqat va kechki ovqat] osoyishta vaziyatda o'tishi kerak. Bo­
    la stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o'tirsa, uning organizmi- 
    da ovqatning yaxshi hazm bo'lishiga yordam beruvchi shart- 
    sharoit hosil bo'ladi. Yaxshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, 
    madaniy-gigiyenik malakalarni, stol atrofida o'zini to'g'ri tutib 
    o'tirish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhi- 
    mi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha 
    bo'Iishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Ba'zi bolalar 
    keragidan ortiq, ba'zilari keragidan kam ovqat yeyishlari mum­
    kin. Shuning uchun bolaga ovqat normasnni ularning yoshiga 
    qarab berish kerak. Ammo bolani taomni oxirigacha yeyishga 
    majbur etish kerak emas, majbur etish har doim ovqatdan ol-
    143


    adigan lazzatlanishni kamaytiradi, uni hazm qilishni qiyin- 
    lashtiradi, ba'zan bola ovqatdan butunlay voz kechishi mum- 
    kin. Bolaning to'g'ri ovqatlanayotganining asosiy mezoni uning 
    jismoniy jihatdan uyg'un rivojlanganligidir.
    Bolalarni ilk yoshligidan boshlab ovqatni mustaqil yeyish- 
    ga o'rgatish ularda ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijo­
    biy munosabatni uyg'otishga yordam beradi. Ikkinchi yosh- 
    ning boshidan qoshiqdan foydalanishga o'rgatish, to'rtinchi 
    yoshdan sanchqidan, beshinchi yoshda pichoqdan foydalanish 
    malakalarini tarbiyalab borish zarur. Bundan tashqari, bo­
    lalarda ovqat yeyishdan oldin qo'lini yuvish, tartibli yeb-ichish, 
    chapillatma, tovushsiz chaynash va ichish, salfetkadan foydala­
    nish, to'g'ri o'tirish, ovqat uchun tashakkur bildirish, ovqatdan 
    keyin og'izni chayqash kabi madaniy-gigiyenik malakalar ham 
    tarbiyalab boriladi.
    Ovqatlanish vaqtida bolalarga tanbeh berish, ularni koyish 
    yaramaydi. Bu bolalarning asabini buzadi, ishtahasini bo'g'adi. 
    Bir bolaga berilgan tanbeh boshqa bolalarning diqqatini tort- 
    masligi lozim. Ovqatni yaxshi yeya olmaydigan bolalarga tarbi­
    yachi yoki enaga yordam beradi.
    Bolalarda ovqatlanish bilan bog'liq bo'lgan madaniy-gigi- 
    yenik malakalarni tarbiyalash kattalardan ijobiy namuna 
    ko'rsatishni talab etadi. Madaniy-gigiyenik malakalarni qan­
    day bajarayotganliklarini tarbiyachi nazorat qilib borishi, kat­
    ta va tayyorlov yoshidagi bolalarda esa uning ahamiyatini, ba- 
    jarish usulini ongli egallab olishlariga erishishi lozim.
    Uyqu. Bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda uyqu 
    muhim ahamiyatga egadir. Uyqu miya katta yarimsharlarining 
    normal ishlashi uchun zarur bo'lgan kuch-quvvatni tiklaydi.
    Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv sistema- 
    sining, organizm charchashining oldini oluvchi asosiy vosita- 
    dir. Agar bola yomon uxlasa, uyquga to'ymasa nerv sistema- 
    si faoliyatining buzilganidan dalolat beradi. Nerv sistemasi tez 
    qo'zg'aluvchi bolalar aksariyat yomon uxlashadi. Bunday bo­
    lalarning' uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta'minlay
    144


    olmaydi. Shunda bunday bolalar kichkinagina, arzimagan shar- 
    padan ham uyg'onib ketaveradi. Bola qanchalik yomon uxlasa, 
    uning axloq normasi, o'zaro munosabati, muomalasi shuncha 
    yomonlashadi, bunday holni biz injiqlik deb tushunamiz. Yax­
    shi uyqu bolaning sog'lomligidan darak beradi.
    Bola yaxshi uxlashining asosiy sharti uning yoshiga mos 
    bo'lgan sutkalik rejimni hayotining' birinchi kunidan boshlab 
    to'g'ri tashkil etishidir. Bola tez va yaxshi uxlashi uchun kerak­
    li shart-sharoit yaratish, uyg'oqlik vaqtida faollashtiruvchi har 
    xil harakatlarni tashkil etish kerak.
    Bola yaxshi uxlashining asosiy shartlaridan biri hayotining 
    birinchi oyidan boshlab uni toza havoda uxlatishdir. Kislorodga 
    to'ygan qon butun organizmdagi nerv hujayralarining tiklani- 
    shiga yordam beradi. Toza havo bolaning nafas olishini yax- 
    shilaydi, shamollashdan saqlaydi. Jismonan nimjon va 1,5 yosh- 
    gacha bo'lgan bolalarni toza havoda uxlatish, sayr qildirish ni- 
    hoyatda zarurdir.
    Agar bola yaxshi uxlasa, tetik, quvnoq bo'lib uyg'onadi va 
    hafsala bilan kiyina boshlaydi.
    Bolalar kiyimi. Yozgi kiyim rangi ochiq, asosan, oq gazlama- 
    dan, qishki kiyim to'q rangli materialdan tikilishi lozim. Bo­
    lalarning kiyimi ularning yoshiga yarasha, yengil, qulay, qis- 
    maydigan, estetik didiga javob beradigan paxta matosidan 
    tikilishi kerak.
    Bolalarning oyoq kiyimi ham qulay, poshnasi 1, - 1,5 sm 
    bo'lishi kerak. Vaqti-vaqti bilan bolalarga qishda binoning 
    ichida, yozda maydonchada yalangoyoq, yurishga ruxsat be­
    rish kerak. Notekis joyda yalangoyoq yurish tovon yassiligini 
    yo'qotadi, bola organizmini chiniqtiradi.
    Sayr. Bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo'lishlari ular­
    ning sog'ligiga va jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy 
    ta'sir ko'rsatadi. Bolaning ochiq havoda bo'lishi natijasida qon 
    kislorodga to'yadi, temperaturaning o'zgarib turishi, havoning 
    namligi, shamol ta'siri termoregulyatsion apparatni mashq
    145


    qildiradi, organizmni chiniqtiradi. Bolaning faolligi oshadi, ha­
    rakatlari, jismoniy sifatlari takomillashadi.
    O'tkaziladigan sayrning tashkiliy jihatlari, mazmuni va 
    metodikasini tarbiyachilar puxta o'ylashlari lozim. Sayrga 
    yig'ilish ko'p vaqtni olmasligi, buning uchun bolalarni bir tar­
    tibda kiyinish va yechinishga o'rgatish kerak. Sayr rejasiga 
    atrof hayotni kuzatish, sport mashg'ulotlari, mehnat faoliya­
    ti, o'yinlar kiradi. Bolalarning turli faoliyatlarini tashkil etish 
    uchun bolalar maydonchasi pedagogik talabga javob beradigan 
    qilib jihozlangan bo'lishi kerak. Har bir guruh maydonchasida 
    turli o'yinlar o'tkazish uchun qurilish materiallari, qum, suv, 
    turli o'yinchoqlar, sirpanish uchun tepaliklar, muz maydoncha- 
    si, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash, sakrash uchun mosla- 
    malar o'rnatilgan bo'lishi kerak.
    Velosiped uchish uchun yo'l bo'lishi kerak. Bolalar 3 -4 soat 
    ochiq havoda vaqt o'tkazishlari lozim. Faqat qattiq yomg'irda, 
    kuchli shamolda, sovuq - 25° dan oshganda sayrga chiqish ke­
    rak emas.
    Harakatli o'yinlarni o'tkazish muddati mashg'ulotning maz- 
    muniga bog'liq. Hatto 15-20 daqiqalik sayrlar ham yaxshi his­
    siy, jismoniy madad beradi. Tarbiyachi bolalarning bir vaziyat- 
    da turib qolmasliklariga e'tibor berib turishi lozim. Harakat­
    li o'yinlarni tinchroq o'yinlar bilan almashtirib turish kerak. 
    Kichik guruh bolalari bilan haftasiga bir marta, katta guruh 
    bolalari bilan haftasiga 2 marta ekskursiya uyushtiriladi. Bun­
    da bolalar kattalarning mehnatini, kishilarning hayotini ku- 
    zatadilar.
    Chiniqtirish. Chiniqtirish deganda organizmning atrof- 
    muhitdagi turli tabiiy ta'sirlar (harorat, namlik, quyosh nuri 
    darajasining o'zgarishi)ga eng ko'p chidamliligi, moslashishini 
    tarbiyalash tushuniladi.
    Bolada faqat harorat, iqlim o'zgarishlariga tez ta'sir 
    bildirishgina tarkib topmasdan shu bilan birga gemoglabin 
    miqdori oshadi, ularning immun tizimi yaxshilanadi. Bolalar
    146


    turli kasalliklarga kamroq chalinadilar va ularni organizmlari 
    kasalliklarni tezda yengadi.
    Kundalik hayotda chiniqtirish tadbirlarini jismoniy mashq- 
    lar, bolaning xilma-xil faoliyati bilan bog'liq holda olib borish 
    chiniqtirish uchun ham, organizmni mustahkamlash uchun 
    ham yaxshi natija beradi.
    Madaniy-gigiyenik ko'nikmalar va odatlarni tarbiyalash. 
    Madaniy-gigiyenik ko'nikmalarga badanni ozoda tutishga, 
    to'g'ri ovqatlanishga, atrof-muhitda tartib saqlashga rioya 
    qilish va bolalarning bir-birlari bilan, kattalar bilan, o'zaro 
    madaniy munosabatlariga doir ko'nikmalar kiradi.
    Madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni shakllantirishda quyidagi 
    shartlarga e'tibor qaratish zarur:
    1. 
    Maktabgacha ta'lim muassasasi va oilada harakatlar va 
    topshiriqlarni bajarish uchun qulay vaziyatni (qulay mebel, ji- 
    hozlar) yaratish.
    2 .0 ‘zlashtirilayotgan 
    madaniy-gigiyenik 
    ko'nikmalarni 
    qat'iy belgilangan tartibda bir vaqtda bajarishga o'rgatish.
    3. Har bir bola bilan yakka tartibda ish olib borish.
    4. Bolalarning madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni o'zlash- 
    tirishlarini nazorat qilib borish.
    147


    5. 
    Bolalarning kattalarning barcha gigiyenik va madaniy ta­
    lablarini so'zsiz bajarishga o'rgatish.
    Jismoniy mashqlar va massajdan foydalanish. Jismoniy 
    mashqlar - jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga qaratilgan 
    maxsus harakatlar, harakat faoliyatining murakkab turlari- 
    dir. Jismoniy mashqlar organizmga ko'p qirrali fiziologik ta'sir 
    ko'rsatadi. U modda almashinuvini, qon aylanish jarayonlarini 
    faollashtiradi, suyaklarning o'sishiga yordam beradi,
    Massaj. Kichik bolalarni tarbiyalashda passiv gimnastika 
    turlaridan biri - massaj (uqalash) qo'llaniladi. Uqalash ta’sirida 
    qon tarkibi, asab tizimi vazifalari, shuningdek ter va muskul- 
    larning oziqlanishi yaxshilanadi, issiqlik chikishi ko'payadi, 
    muskullarning charchashi yo'qoladi.
    Bolalar bog'chasi kun tartibida xilma-xil o'yinlarga alohida 
    o'rin beriladi. Vaqtdan to'laqonli foydalanish uchun tarbiyachi 
    o'yinchoqlar va qo'llanmalarni oldindan tanlab qo'yishi, bo­
    lalarni bajarish ko'nikmalarini tarbiyalashi zarur.
    Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun keng im- 
    koniyatlar beradi. Sayr chog'ida, tabiat va ijtimoiy hodisalar ku- 
    zatiladi, bolalarning mehnat va o'yin faoliyati, sport mashqlari 
    uyushtiriladi.

    yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning ovqatlani- 
    shi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida butun ovqatlanish- 
    ni tashkil etish bolalarda taomni yeyishga ijobiy munosabat- 
    ni yaratishga qaratilgan bo'lishi kerak. Muayyan vaqtda, 3,5-
    4 soat oralig'ida bolalarga mazali tayyorlangan, chiroyli tashqi 
    ko'rinishga ega bo'lgan taomlar beriladi. Ovqatlanish uchun 
    zarur bo'lgan hamma narsa oldindan tayyorlab qo'yiladi, chun­
    ki kutish ishtahani pasaytiradi, asab tizimini qo'zg'atadi. Stol- 
    ni enaganing o'zi bezaydi, o'rta guruhdan boshlab esa bu ishda 
    navbatchi bolalar faol ishtirok etadilar. Navbatchilikning tarti­
    bi va harakatlarning xususiyatlari tarbiyachi tomonidan pux- 
    ta o'ylanadi va bolalar aniq ketma-ketlikda tushuntiriladi. Nor­
    mal ovqatlanish jarayoni uchun osoyishta vaziyat katta ahami­
    yatga ega.
    148


    3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda madaniy-gigiyenik 
    ko'nikmalarni tarbiyalash. Butun maktabgacha yosh davomi- 
    da madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni shakllantirish yuzasi­
    dan katta ishlar olib boriladi. Harakatlar muvofiqligini rivoj- 
    lantirishdagi fikrlashdagi ro'y bergan katta siljishlar bolalar­
    ning o'ziga-o'zi xizmat qilishi, navbatchilik, jamoadagi muloqot 
    davrida zarur bo'lgan xilma-xil harakatlarni uddalashi uchun 
    imkon beradi.
    4 yoshga qadam qo'ygan bolalar qo'llarini to'g'ri yuvishni 
    (qo'llarni bir-biriga ishqab sovun surish, sovunni yuvib tash- 
    lash va har bir barmoqni artish]ni, tish yuvishni (dastlab oddiy 
    xo‘1 cho'tka bilan, 4 yoshdan boshlab poroshok bilan], ovqat­
    dan keyin og'izni chayqashni, dastro'molchadan foydalanish- 
    ni, stol atrofida o'zini madaniy tutish qoidalariga rioya etish- 
    ni (qoshiqdan, sanchqidan foydalanishni, ovqatni to'kmaslikni] 
    bilishi kerak. Bolalar o'yinchoqlarga ehtiyotkorlik bilan muno­
    sabatda boTishni, ozodalik va tartib saqlashni o'rganadilar.
    5 yoshga qadam qo'ygan bolalar ancha mustaqil bo'lib qo- 
    ladilar, ular endi sovun bilan yuzlarini, bo'yinlarini, quloqla- 
    rini yuva oladilar, ancha puxtalik bilan kiyina oladilar, har bir 
    harakatni bajarish tartibini biladilar, bir-birlarining tashqi 
    ko'rinishlaridagi yoki atrofdagi nuqsonlarni seza boshlaydilar,
    6-7 yoshli bolalar o'ziga o'zi xizmat ko'rsatishga doir barcha 
    harakatlarni ancha tezroq va aniqroq bajara oladilar. Ular tez, 
    toza, kiyimlarini, polni ho'l qilmasdan yuvina olishlari, puxta 
    va tez kiyina olishlari, o'z tashqi ko'rinishlarini kuzatib borish- 
    lari kerak. Ovqatlanish ko'nikmalariga katta talablar qo'yiladi: 
    bolalar sanchqi, pichoqdan to'g'ri foydalanadilar, tartibli ovqat 
    yeydilar. O'yin burchaklarini yig'ishtirish, navbatchilik turlari 
    majburiyatlari va ko'nikmalari doirasi kengayadi, navbatchi- 
    larning vazifalari murakkablashadi.
    Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni muntazam mustahkam- 
    lab borish kerak. Tarbiyaviy ishlar tizimining o'zgarishi, mala­
    kalarni shakllantirish va ulardan foydalanishga e'tiborning 
    yo'qligi ularning tezda yo'qolishiga olib kelishi mumkin.
    149


    3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun jismoniy 
    mashqlar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borish- 
    da jismoniy mashqlar katta o'rin tutadi. 3 yoshdan 7 yoshga­
    cha bo'lgan davrda bolalar tarbiyachi rahbarligida va mustaqil 
    ravishda asosiy harakatlarni, sport mashqlarni egallagan, xil­
    ma-xil harakatli o'yinlarni o'ynashni o'rgangan bo'Iishlari ke­
    rak. Bu keng dastur ishning xilma-xil vositalari va shakllaridan 
    foydalangandagina bajarilishi mumkin.
    Har kuni bolalar bir necha bor jismoniy mashqlarni baja- 
    radilar: ertalab gigiyenik gimnastika shaklida; haftasiga ik­
    ki marta jismoniy tarbiya mashg'ulotlari tarzida bajaradi- 
    lar, ularga turli xildagi saf tortishlar, umumiy rivojlantiruvchi 
    mashqlar, asosiy harakatlar, harakatli o'yinlar kiradi. O'rta va 
    katta yoshdagi bolalar bilan o'tirib bajariladigan mashqlardan 
    jismoniy tarbiya daqiqalari, mashg'ulotlar orasida jismoniy 
    tarbiya tanaffuslari o'tkaziladi. Sayr chog'ida sport mashqlari, 
    harakatli o'yinlar uyushtiriladi, bolalarning kichik guruhlari 
    bilan ish olib boriladi. Kunduzgi uyqudan keyin saf tortishlar, 
    qayta saf tortishlar, raqs harakatlari, maroqli mashqlar baja- 
    rilib, ular chiniqtirish tadbirlari bilan qo'shib o'tkaziladi. Sayr 
    chog'ida va xonada bolalarning turli qo'llanmalar va motorli 
    o'yinchoqlar bilan mustaqil o'yinlari uyushtiriladi.
    Maktabgacha taTim bolalar muassasalarida jismoniy tarbi­
    yaning quyidagi o'ziga xos vositalaridan foydalaniladi: 1) ha­
    rakatli o'yinlar o'tkazilib, ularga eng ko'p o'rin beriladi; 2} 
    asosiy gimnastika (asosiy harakatlar, umum rivojlantiruvchi 
    va saf tortish mashqlari); 3) sport mashqlari (konkida uchish, 
    chang'ida yurish, suzish, velosipedda uchish); 4) bolalar turiz- 
    mi.
    Ko'rsatilgan vositalardan uyg'un birlikda foydalanish har 
    tomonlama jismoniy rivojlanishni ta'minlaydi.

    Download 18,65 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   288




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish