|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 68/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.59
yordamida quritish va qattiq minerallardan ajratish jarayoni va shu orqali iqtisodiy samaradorlikning
oshirilishining aniq hisobi keltirilgan.
Kalit so’z: kullilik, namlik, quyi yonish issiqligi, samaradorlik, ko’mir, kaloriya
Kirish. Issiqlik elektr stansiya (IES) larida va kichik quvvatli qozonxonalarda past kaloriyali
ko’mirni yoqish bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Yani yonish issiqligining pasayishi,
uglerod oksidining ortishi, kul tarkibi atrof-muhitga zarar etkazishi mumkin bo'lgan zarrachalarning
ko’payishi, qozon yuzalarida va boshqa jihozlarda karroziyaning hosil bolishi, issiqlik
o'tkazuvchanlikning pasayishi, texnik xizmat ko'rsatish va to’xtash vaqtining ko'payishi, yoqilg'ini
tashish yetkazishda muammolarning ortishi va asosiysi samaradorlikning keskin kamayishi kabi bir
qancha salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu masalalarni hal qilish uchun mavhum qaynash qatlamli
quritish va minerallardan ajratish qurilmasidan foydalanildi [1].
Qurilmaning yordamidа tadqiqotlar o’tkazishda Angren B2 markali ko'mirining tarkibiy
tuzilishi, stansiyada yoqilg’ini yonishga tayyorlash jarayoni va quritish, qattiq minerallardan ajratish
qurilmalarining ishlash prinsiplari o’rganildi.
1-jadval
Quyida Angren B2 markali ko’mirining asosiy hossalari keltirilgan
Ko’rsatkichlarning nomi
Belgilanishi
Qiymati
Yiriklik sinfi ko’rsatkichi orqali ko’mirning markalanishi, mm
2БР
300
Quruq kulsiz holatdagi yuqori yonish issiqligi, МDJ/kg
Q
y
28,54
Ishchi holatdagi quyi yonish issiqligi, МDJ/kg
Qi
d
9.2
Kullilik, o’rtacha, %
A
y
40 %
Ishchi holatda umumiy namlikning o’rtacha massaviy ulishi %
W
28 %
Oltingugurt miqdori, quruq holat, %
S
q
0,40
Uglerod miqdori, quruq, kulsiz holat, %
C
y
70,44
|
| |