koordinatasini aniqlash mumkin bo‘ Isa, noaniqlik prinsipiga ko‘ ra,
ulaming impulslari aniq qiymatga ega bo‘ la olmaydi. T o ‘ qnashuv
jarayonidan so‘ ng, bu elektronlarning harakatini ifodalovchi to‘ lqin
paketlari o ‘ zaro bir-birini qoplaydi va zarrachalaming ajratishni
imkoniyati bo‘ lmaydi. Demak, elektronlar vaziyatini ma'lum vaqt
momentida qayd etib, ulami tartib raqamlari bilan belgilab olinsa ham,
keyingi vaqt momentida ulami bir biridan ajrata olmaymiz. Shuning
uchun, klassik fizikaga qaraganda kvant mexanikasida zarrachalaming
fizikaviy xossalari jihatdan
bir xilligi ancha chuqur va kengroq
ma’ noga ega. Kvant mexanikasi doirasida, zarrachalami bir-biridan
umuman farq qilib bo'lmaydi, ular nafaqat bir xildir, balki ular bir-
biriga mutlaqo aynan o ‘ xshashdir.
Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelinadi: kvant mexanikasida bir
xil zarrachalami farq qilib bo‘ lmaslik prinsipi bir xil zarrchalardan
tashkil topgan sistemalar bilan ish ko‘ rayotganda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bu prinsipga asosan, bir xil zarrachalardan tashkil topgan
sistemalarda shunday holatlar mavjud b o la oladiki, ikkita aynan
o ‘ xshash zarrachalar o ‘ rin almashgan vaqtda, bu holatlar o ‘ zgarmay
qoladi. Ikkita zarrachadan tashkil topgan sistemani yana bir bor qarab
chiqaylik. Yuqorida qayd etilganidek, bu zarrachalar aynan o ‘ xshash
bo‘ lganligi sababli, zarrachalaming o ‘ rin almashtirishdan hosil boigan
yangi holat fizikaviy jihatdan avvalgisiga to la ekvivalent boiishi
kerak. Ixtiyoriy vaqt momentida sistemaning holati