tenglama sohasidagi izlanishlar Dirakni 1928-yilda o‘zining mashhur
tenglamasini vujudga keltirishga olib kelgan. Kleyn - Gordon
tenglamasining to‘g‘ri talqinini 1934- yilda Pauli va Vayskopflar
ikkilamchi kvantlash metodi asosida berishgan. Ular
(r, /) va
j(r./)
kattaliklarga
(elementar
zaryadga
ko‘paytirgandan
keyin)
zarrachalaming mos ravishda zaryadi va toki zichliklari sifatida
qarashni taklif etganlar.
Kleyn-Gordon tenglamasini talqin qilishda yana bir qiyinchilik
bor u ham bo'lsa, kvant mexanikasida qabul qilingan sababiyat
prinsipining buzilishidir. Bu prinsip bo‘yicha to‘lqin funksiyasining
boshlang‘ich momentdagi qiymati sistemaning keyingi ixtiyoriy
vaqtdagi holatini aniqlaydi. Kleyn-Gordon tenglamasi vaqt bo‘yieha
ikkinchi tartibli tenglama bo‘lgani uchun boshlang'ich momentda
faqatgina