49
1.Berilgan funksiyaning haqiqat jadvali tuzib olinadi.
2.Har bir o‘zgaruvchining inkorini hosil qilib olish uchun sxemaga invertorlar
kiritiladi.
3.Haqiqat jadvalining 1-ga teng har bir qatori uchun sxemaga
I
elementlari
kiritiladi.
4.
I
elementlarining kirishlariga jadvalning 1-ga teng qatorlariga mos
keladigan o‘zgaruvchilar ulanadi.
5.Barcha
I
elementlarining chiqishlarini,
ILI
elementining kirishlariga
ulanadi.
Ushbu ketma-ketlik bul funksiyasi (1) ifoda ko‘rinishida, ya’ni
ko‘paytmalarning-yig‘indisi shaklida keltirilgan hol uchun o‘rinlidir. Bu misolda,
bul funksiyasini
I, ILI, NE
elementlardan foydalangan holda qanday amalga
oshirish ko‘rib chiqilidi. Amaliyotda esa, odatda bir xil ventillardan foydalangan
holda, ya’ni
bir xil bazislar
asosida sxemalarni qurish amalga oshiriladi [2]. Negaki
integral sxemalarni ishlab chiqishda shunday yo‘l tutilgan. Buning ko‘p foydali
tomonlari bor. Kompyuterlarda mantiqiy sxemalarni amalga oshiruvchi integral
sxemalar –
NE-I
va
NE-ILI
bazislari
asosida ishlab chiqilgan.
Shuning uchun istalgan ko‘rinishdagi bul funksiyasini amalga oshirish
uchun, Bul algebrasining asosiy mantiqiy funksiyalari hisoblangan