Muammoli ta'lim darajalari hamda muammoli òqitishning shakllari




Download 193,5 Kb.
bet7/10
Sana13.05.2024
Hajmi193,5 Kb.
#229273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
gulhayo muammoli ta\'lim manba

2.2. Muammoli ta'lim darajalari hamda muammoli òqitishning shakllari.
Muammoli ta’limning asosiy g‘oyasi bilimlarni ta’lim oluvlarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo‘yicha o‘quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
Muammoli o‘qitishning uchta asosiy shakli mavjud:
O'quv materialini muammoli bayon etish – ma’ruzaviy mashg‘ulotlarda monolog tarzda, seminar mashg‘ulotlarida esa dialog tarzda olib boriladi. O‘qituvchi ma’ruza paytida o‘quv materialini bayon etayotganida muammoli masalalar tuzadi va ularni o‘zi yechadi, o‘quvchilar esa yechimlarni izlash jarayoniga faqat xayolan qo‘shiladilar. Masalan, «O‘simliklar hayoti haqida» mavzusidagi ma’ruzaning boshida «Nega ildiz va tana qarama-qarshi tomonlarga o‘sadi?» degan muammo qo‘yiladi, ammo ma’ruzachi tayyor javobni bermaydi, u fanning bu haqiqatga qanday yetib kelgani, bu hodisa sabablari haqidagi farazlarni tekshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriblar haqida hikoya qiladi.Qisman izlanish faoliyati tajribalar laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli seminarlar, evristik suhbatlar davomida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi muammoli savollar tizimini tuzadi, bu savollarga javoblar olingan bilimlar bazasiga tayanadi, ammo ular oldingi bilimlarda mavjud emas, ya’ni savollar talabalarga intellektual qiyinchiliklar tug‘diradi va maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy izlanishga undaydi. O‘qituvchi imkoni boricha «boshqacha javoblar» yo‘naltiruvchi savollarni tayyorlab qo‘yishi lozim, u o‘quvchilar javoblarigi tayanib, yakuniy xulosa qiladi. Qisman izlanish usuli, 3 va 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (foydalanish, ijod) va bilimlarni 3 va 4-darajasini bilim-ko‘nikma, bilim-transformatsiya (qayta shakllanish) ta’minlaydi. An’anaviy tushuntirish va reproduktiv o‘qitishga esa, bilim-tanishi va bilim-nusxa shakllanadi, xolos. Mustaqil tadqiqot faoliyatida talabalar mustaqil ravishda muammoni ifoda etadilar va uni yechadilar (kurs yoki bitiruv ishlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida) va o‘qituvchi nazorati bilan yakunlanadi, bu esa 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (ijod) va 4-darajali eng samarali, mustahkam bilimni (bilim-qayta shakllanish) egallashni ta’minlaydi.
Muammoli metodning mohiyati mashg‘ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo‘lib uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat» «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko‘rinishi hisoblanib o‘zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi uni bartaraf etish yangi bilimlar usullar va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi. Agar o‘quvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab topish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa shubhasiz muammoli vaziyat yechimini
o‘stirishda katta ahamiyatga ega.
Muammoli ta’limning bosh maqsadi – ta’lim oluvchilarning muammoni to‘liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o‘rgatishdan iborat. Bunday darslarda ko‘zlangan maqsad o‘quv jarayonini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, mustaqilligini rivojlantirish, o‘qitishning eng samarali shakl va metodlaridan foydalanishdir.
Muammoli ta’limning asosida amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj.Dyui g‘oyalari yotadi. U 1894 yilda Chikago shahrida o‘qitish asosini rejasi emas, balki o‘yinlar va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba maktabini tashkil qilgan. Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan buyon shakllanib kelgan. Jumladan, qadimgi Gretsiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan.
Muammoli o‘qitishni o‘rganish XX asrning 60 yillarida boshlangan. Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazardan muammoli o‘qitish g‘oyasi va prinsiplari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Muammoli ta’lim - ta’lim oluvchining muammoli taqdim etilgan ta’lim mazmuni bilan faol o‘zaro bog‘lanishini tashkil etadi. Bu jarayonda ta’lim oluvchi ilmiy bilimlarning ob’ektiv zidliklari va ularning yechimlariga yaqinlashadi, fikrlash va bilimlarni ijodiy o‘zlashtirishga o‘rganadi.
Muammoli ta’lim texnologiyasining maqsadlari:10
  • ta’lim oluvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish;


  • bilimlar mustahkamligini oshirish;


  • mustaqil faoliyat yo‘llarini o‘zlashtirish;


  • izlanishga qaratilgan ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish;


  • bilish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish.


  • Muammoli o‘qitish texnologiyasida pedagogik jarayon samaradorligi omillari:


  • o‘quv materialiningmuammoli shaklda berilishi;


  • ta’lim oluvchilarning faolligi;


  • ta’limni hayot, o‘yin, mehnat bilan bog‘liqligi.


Muammoli ta’limning asosiy g‘oyasi bilimlarni ta’lim oluvlarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo‘yicha o‘quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.


O‘zbekistonda muammoli ta’limni qo‘llash bo‘yicha bir necha asrlar davomida ta’lim muassasalarida Suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida ta’lim oluvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda chiroyli nutq tarkib toptirilgan. Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qo‘llaniladi. Bunda ta’lim oluvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o‘qituvchining ta’lim oluvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto‘g‘ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo‘liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi. Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin:11
  • Savol-javoblar orqali ta’lim oluvchining bilim darajasi va fikrlash qobilyatini umumiy tarzda aniqlash;


  • O‘rganilayotgan mavzuning mazmunini ta’lim oluvchi qiziqishlariga muvofiqlashtirish. Bu asosan ta’lim oluvchining qiziqish va qobilyatlariga mos bo‘lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi.


  • Ta’lim oluvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag‘batlantirish usullaridan foydalaniladi;


  • O‘qituvchi o‘zini bilmaydigan kishidek tutib savollar berib boradi;


  • Ta’lim oluvchini to‘g‘ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, so‘zlashga jalb qilish;


  • Ta’lim oluvchining hato fikrlarini aniqlab borish.


  • Ta’lim oluvchining hato fikrlariga nisbatan to‘g‘ri fikrni o‘qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tutuntirish orqali ta’lim oluvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va ta’lim oluvchini o‘z hatolarini o‘zi tuzatishiga yo‘naltiriladi




Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bo‘lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o‘qituvchining o‘z sohasi bo‘yicha keng bilimga va ijodiy fikrlash qobilyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishigini talab etadi. O‘quv materialini muammoli bayon qilish shunday tuziladiki, bunda o‘qituvchining o‘zi muammo qo‘yadi, o‘zi uni hal etadi, ta’lim oluvchilarga muammoni hal etish namunasini ko‘rsatadi. U ta’lim oluvchilar tafakkurini turli usullar bilan faollashtiradi, ular ham muammoning qanday hal etilishini kuzatib boradilar. O‘qituvchi ta’lim oluvchini muammoni hal etishning ishtirokchisiga aylantirgan holda muammoli bayon qilish eng ko‘p samara keltiradi. Bunda o‘qituvchi fikr yuritishni faollashtirishning tajribalar o‘tkazish, videofilmlar, virtual lavhalarni namoyish qilish, masalalar qo‘yish hamda ta’lim oluvchilarning tajriba boshlanishidan oldin turli taxminlarni aytishlari singari vositalardan foydalanadi. Shu tarzda ta’lim oluvchilarning tajribaga jiddiy e’tiborini jalb qilishga, ularni fikr yuritish faoliyatiyaga, tajriba ma’lumotlarini umumlashtirishga, xulosalarni ta’riflashga jalb etishga erishiladi. Ammo ta’lim oluvchilar o‘qituvchi muammoni hal etish sari qanday yo‘l bilan borayotganligini faqat kuzatib tursalar, ilmiy fikr yuritish metodini egallay olmaydilar. Ta’lim oluvchilarning o‘zlarini izlanish faoliyatiga asta-sekin jalb etish ana shu maqsadga xizmat qiladi. Muammoli ta’limda qisman izlanma va evristik qidiruv metodlarini qo‘llash mumkin bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi ta’lim oluvchilar oldiga qator izchil va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan savollar majmuini qo‘yadi. Ta’lim oluvchilar ularga javob berganda qandaydir shakllarni aytadilar. Aytganlari to‘g‘ri ekanligini mustaqil isbotlashga harakat qiladilar. Shu bilan birga yangi bilimlarni o‘zlashtirishda mustaqil ravishda oldinga siljishni amalga oshiradilar. Agar evristik suhbatda bunday tahminlar yangi mavzuning faqatgina biror qismiga aloqador bo‘lsa, muammoli – qidiruv suhbatda ta’lim oluvchilar muammoli vaziyatning butun bir tizimini yechadilar.Ta’limning muammoli – qidiruv metodlarida ko‘rgazmali ko‘rsatmalar esda saqlashni faollashtirish maqsadida emas, balki darsda muammoli vaziyatni yaratadigan eksperimental masalalarni qo‘yish uchun ishlatiladi. Ammo shuni nazarda tutish kerakki, muammoli o‘qitish ta’lim jarayoniga asta-sekin, ta’lim oluvchilarni muammoli bayon qilish jarayonida va qisman izlanma faoliyatidan foydalanish jarayonida tayyorlash yo‘li bilan kiritilishi kerak. Butun o‘quv materialini muammoli yo‘l bilan o‘rganish mumkin deb o‘ylash yaramaydi. O‘quv materialining ko‘p qismi o‘qituvchining oddiy bayon yordamida, ta’lim oluvchilarning darslik va boshqa ma’lum metodlar orqali materilni mustaqil o‘rganishi yordamida ham o‘rganib kelindi va o‘rganiladi. Muammoli o‘qitishda o‘qituvchi aniq o‘quv maqsadlariga yo‘naltirilgan savollar va topshiriqlar ishlab chiqadi. Muammoli savollarni hal etishda yoki topshiriqlarni bajarishda o‘quvchilarning aniq maqsadga yo‘naltirilgan harakatiga turtki beradi va jarayonni nazorat qiladi. O‘quvchi esa o‘z ta’limining faol qatnashchisi bo‘lib qoladi. Muammoli o‘qitishning mohiyatishundaki ta’lim oluvchilar o‘zlari muammoni mustaqil yechishlari kerak. Shu sababli ham o‘quv materiallari va topshiriqlar tizimi shunday tuzilishi kerakki ular asosan mustaqil fikr yuritishga va o‘rganishga qaratilishi lozim.
Muammoli vaziyatlarni yaratish metodikasi
Muammoli ta’limni amaliyotda qo‘llash asosiy masalalardan biri o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq muammoli vaziyatni yaratishdan iborat. Muammoli vaziyat o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan fanlarni o‘qitishdagi mantiqiy ketma-ketlikka o‘xshaydi. Ketma-ketlik prinsipi shundan iboratki, bunda ta’limning darajasi jihatdan yuqori xar bir bosqichida o‘qitish mazmunini aniqlashda avvalgi bosqichlarda o'zlashtirilgan bilimlar, ya’ni ta’lim hisobga olinadi. Xuddi shu kabi, agar vaziyatdagi yangi bilim avvalgi bilim bilan bog‘langan bo‘lsa, u muammoli vaziyat deb hisoblanadi. Muammoli o‘qitishda avval vaziyatli masala yoki topshiriqlar paydo bo‘ladi, shundan sung o‘quv muammosi shakllantiriladi. O‘quv muammosining asosiy belgilari: noma’lumlikning mavjudligi, bu noma’lumlikni topish yangi bilimlarning shakllanishiga olib keladi; noma’lumlikni topish maksadida (xotirasi, o‘quv va ilmiy-texnik adabiyotlardan) izlash uchun talabalarda ma’lum darajada bilimlar zaxirasi bo‘lishi lozim. Keyin talabalar muammoni yechish usulini qidiradi, buning uchun turli takliflarni bildiradi, bildirilgan tanqidiy va mustaqil fikrlarni taxlil etish, umumlashtirish asosida ulardan bittasi tug‘ri, deb topilib, gipoteza tarzida qabul qilinadi va isbotlanadi. Izlash muammoning yechimini tekshirish bilan tugallanadi. Muammoli vaziyat hosil qilish ta’lim oluvchilar faol aqliy faoliyatining zarur shartidir. Ta’lim oluvchi oldiga muayn vazifa qo‘yilgan, bu vazifa unda qiziqish uyg‘otadi va u bu vazifani hal qilishga urinadi, ammo o‘z bilimlari hamda tajribasining yetarli darajada to‘la va chuqur emasligini payqaydi, ya’ni muayyan qiyinchilikka duch keladi. Ta’lim oluvchida hosil bo‘lgan vaziyatdan chiqish yo‘lini topishdek ichki ehtiyoj paydo bo‘ladi, qiyinchilikni his etish paydo bo‘lgan sharoitni tahlil qilishga va qo‘yilgan masalani echish yo‘llarini izlashga undaydi. SHunday qilib, bilish lozim bo‘lgan va amaliy vazifalar bilan ta’lim oluvchilarning bilimlari darajasi orasida ziddiyat hosil bo‘ladi, bu ziddiyat yuzaga kelgan qiyinchilikni bartaraf etishga qaratilgan intensiv fikrlash faoliyatini uyg‘otadi. Muammoli vaziyatni hal etish asosida tashkil qilingan o‘quv jarayoni pedagogikada muammoli o‘qitish deb ataladi. Muammoli o‘qitish vaqtida hamma vaqt masala (muammo) qo‘yiladi va hal qilinadi. Bu muammo savol, topshiriq, masala tarzida beriladi.
Muammoli vaziyatlar yaratishda pedagogika fani ishlab chiqqan hamda amalda tekshirib ko‘rilgan quyidagi qoidalarga amal qilishi zarur. Bilim va harakatlarning ma’lum darajada murakkab tizimini muammoli o‘zlashtirishni ta’minlash uchun muammoli vaziyatlar yaratishda muayyan muammoga rioya qilish kerak:
  • murakkab topshiriqni ancha mayda, xususiy topshiriqlarga bo‘lish zarur; ba’zi hollarda asosiy masala bir necha dars yoki, hatto, butun boshli mavzu doirasida yagona bo‘ladi va xususiy vazifalar sifatida echiladi;


  • har bir muammoli vaziyatda bitta noma’lum elementni (xossa, nisbat, harakat qonuniyati yoki uni bajarish shartini va shu kabilarni) izlanuvchi element sifatida belgilab olish lozim;


  • har xil muammoli vaziyatlar uchun xos bo‘lgan didaktik funksiyalarni farq qilish kerak: mavzuni o‘rganish boshida hosil qilinadigan birinchi muammoli vaziyat ta’lim oluvchilarda o‘rganilayotgan umumiy qonuniyatni o‘zlashtirish uchun ehtiyoj uyg‘otishi darkor; shundan keyingi aniq muammoli vaziyatlar tizimining hammasi shu asosiy masalani ochishga xizmat qiladi;


  • muammoli vaziyatlar sharoitida o‘qituvchi bayon etadigan o‘quv materialini va ta’lim oluvchilar mustaqil o‘zlashtiradigan materialni aniqlashga differensiallangan tarzda yondoshish kerak; bir darsning o‘zida, odatda, ikkala tipdagi materialdan foydalaniladi.


  • Muammoli vaziyat yaratish usullari:


  • o‘qituvchi ta’lim oluvchilarda dars mavzusi bilan bog‘liq ziddiyatli holatni


  • tushuntiradi va uni yechish yo‘lini topishni taklif qiladi;


  • bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;


  • Muammoli vaziyatlarni hal etish darajalari:


  • o‘qituvchi muammoni qo‘yadi va o‘zi yechadi;


  • o‘qituvchi muammoni qo‘yadi va uning yechimini ta’lim oluvchilar bilan


  • birgalikda topadi;


  • ta’lim oluvchilarning o‘zlari muammoni qo‘yadilar va uning yechimini


  • topadilar.


  • Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar:


  • muammoni turli nuqtai-nazardan o‘rganish, tahlil qilish;


  • solishtirish, umumlashtirish; faktlarni aniqlash va qiyoslash;


  • vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish;


  • ta’lim oluvchilarning o‘zlari aniq savollar qo‘yishi va boshqalar.




Muammolar nazariy yoki amaliy yo‘nalishda bo‘ladi. Darsda hosil qilinadigan muammoli vaziyat hamda ta’lim oluvchilarga hal etish taklif etiladigan muammoga qo‘yiladigan eng asosiy talab – ta’lim oluvchilarning qiziqishini oshiradigan, eng kamida esa ta’lim oluvchilarda qiziqish hosil qiladigan bo‘lishi kerakligidan iborat. Aks holda ko‘zda tutilgan natijaga erishish imkoni bo‘lmaydi. Muammo ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga hamda intelektual imkoniyatlariga mos bo‘lishi shart. Hosil bo‘lgan muammoli vaziyatni yechish uchun topshiriqlar yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ta’lim oluvchilarning muammoli vaziyatni tushunishlari - uning kelib chiqishi sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog‘liqligini idrok qila olishlari natijasida hosil bo‘ladi. Bunday tushuna olish esa ta’lim oluvchilarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi. Talabalarni hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish, boshqachasiga aytganda, hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillari ta’limida ko‘plab kuchli innovatsion jarayonlarni boshlab bergan strategiyalardan biri hisoblanadi. Hamkorlik pedagogikasi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi ko‘rinishlaridan bo‘lib, uning asosida Baxtin – Beblerning madaniyat konsepsiyasi yotadi. Ushbu konsepsiyaga asos qilib inson ongi uchun dialogning yoppaligi va yalpiligi xususiyati olingan. Bu haqda V.S. Bibler shunday deb yozgan edi (1930-yillar): “Dialogik munosabat universal hodisadir. Dialog inson nutqida va qandaydir ma’no hamda ahamiyatga ega holida uning hayotida kechib o‘tadigan barcha munosabatlarda ishtirok etadi. Qayerdaki anglash boshlanar ekan, o‘sha yerda dialog boshlanadi”. Ma’lumki, aksariyat didaktik tizimlar asosida yaratilgan pedagogik texnologiyalarda tushuntirish asosiy metod hisoblanadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasida, shu jumladan, hamkorlik pedagogikasida esa: tushunish va o‘zaro tushunish asosiy metod deb qabul qilinadi. V.S. Bibler bu ikki metod to‘g‘risida mana bunday fikrni ilgari suradi: tushuntirish, bu – bitta sub’ekt, ya’ni monolog; tushunish, bu – ikkita sub’ekt, ikkita ong, bir-birini tushunish, ya’ni dialogdir. Tushuntirish – hamisha yuqoridan qarashlik, fikrni o‘tkazmoqlik. Tushunish bu – bir-birini tushunish yo‘lidagi muloqot, hamkorlik, tenglik. Hamkorlik pedagogikasining fundamental g‘oyasi tushuntirishdan tushunishga, monologdan dialogga, ijtimoiy nazoratdan rivojlanishga, boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tib borishdan iborat. Bunda pedagog zimmasidagi vazifa “o‘quv materiali”ni bildirishga emas, balki ijod bilan shug‘ullanish uchun o‘quvchilarni muloqotga, bir-birini tushunishga safarbar etishdan iborat. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida o‘quvchi faoliyatining asosiy usuli bo‘lib ijod qilish va tadqiqiy izlanish hisoblanadi. Lekin ijodiy masalalar va turmush muammolari qarshisida undagi ruhiy, jismoniy va aqliy imkoniyatlar ancha zaif holda bo‘ladi. Talabaga pedagogik dalda berish uni qo‘llab-quvvatlab turish lozim bo‘ladi.
Qo‘llab-quvvatlash o‘qituvchining talaba shaxsiga nisbatan insonparvarona pozitsiyasini ifodalaydi. Bu yerda tabiiy ravishda o‘qituvchining talabada u izlayotgan yordam va himoyani ko‘proq o‘z o‘qituvchisidan topishi mumkinligiga ishonch hosil qilishi, talabaning himoyaga muhtojligini tushunishi va uning bolalik yoki o‘smirlik hayoti, salomatligi, kayfiyati va rivojlanishida o‘zining shaxsan javobgarligini anglashi – o‘qituvchining insonparvarligi pozitsiyasi hisoblanadi. Hamkorlik pedagogikasi ta’limoti asoslari xorijiy davlatlar pedagog olimlaridan J.J. Russo, Ya.Korchak, K.Rojers, E.Bern, Rossiya va boshqa davlatlar pedagog olimlaridan K.D.Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, S.T.Shatskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, Sh.Amonashvililarning asarlarida keng yoritilgan va ular yaratgan pedagogik maktablar hayotida jiddiy sinovlardan o‘tib, o‘zinining porloq istiqbolga egaligini isbot etib kelmoqda.
Hamkorlik pedagogikasining rivojlanib borishi to‘rtta asosiy yo‘nalishga ega:
1. Ta’lim oluvchi shaxsiga insonparvarona munosabat.
2. Faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi didaktik majmua.
3. Tarbiya konsepsiyasi.
4. Atrof-muhitni pedagoglashtirish.

Download 193,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 193,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muammoli ta'lim darajalari hamda muammoli òqitishning shakllari

Download 193,5 Kb.